O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


 Yalpi ichki maxsulot tushunchasi va uni hisoblash usullari



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

2.2. Yalpi ichki maxsulot tushunchasi va uni hisoblash usullari 
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi 
milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot ko‗rsatkichlaridan baravar 
foydalanib kelindi. Har ikkala agregat ko‗rsatkich ham mamlakatdagi 


20 
iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi 
migrasiyasi mavjudligi sababli ular o‗zaro farq qilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo‗llaydigan 
deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki maxsulot ko‗rsatkichi asosiy 
makroiqtisodiy ko‗rsatkich sifatida tan olindi.
Ko‗pgina iqtisodiy adabiyotlarda 
[
YaIMga ishlab chiqarilishida 
qo‗llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat‘iy nazar, 
mamlakatning jug‗rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va 
xizmatlarning bozor baholari yigindisi
]
 
deb ta‘rif berib kelingan.
2.1-jadval 
YaIM ning iqtisodiyot tarmoqlari buyicha tarkibi(foiz hisobida) 
YaIM jami 
2000 
2005 
2010 
2015 
2016 
2017 
2018 
100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 
Tarmoqlardagi yalpi 
qo‗shilgan qiymat 
87,5 
89,4 
90,8 
90,4 
90,8 
88,5 
88,8 
Mahsulotlarga sof 
soliqlar 
12,5 
10,6 
9,2 
9,6 
9,2 
11,5 
11,2 
2. Tarmoqlardagi yalpi 
qo‗shilgan qiymat 
100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 
Qishloq, o‗rmon va baliq 
xo‗jaligi 
34,4 
29,5 
19,8 
34,1 
34,0 
34,0 
32,4 
Sanoat(qo‗rilishni 
qo‗shgan holda) 
23,1 
29,1 
33,3 
26,2 
26,6 
27,9 
32,0 
Sanoat 
16,2 
23,7 
26,7 
20,2 
20,6 
22,2 
26,3 
Qurilish 
6,9 
5,4 
6,6 
6,0 
6,0 
5,7 
5,7 
Xizmatlar 
42,5 
41,4 
46,9 
39,7 
39,4 
38,1 
35,6 
Savdo, yashash va 
ovqatlanish boyicha 
xizmatlar 
12,3 
9,8 
10,6 
8,5 
8,5 
8,0 
7,3 
Tashish, saqlash, axborot 
va aloqa 
8,8 
11,8 
12,9 
10,0 
9,6 
9,5 
8,3 
Boshqa xizmat turlari 
21,4 
19,8 
23,8 
21,2 
21,3 
20,6 
20,0 


21 
1993 yilda qabul qilingan BMT MXTning yangi talqiniga ko‗ra 
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi. 
Yangicha talqiniga ko‗ra: 
YaIM - 
mamlakat rezidentlari tomonidan ma‘lum muddat 
davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor 
baholarininng umumiy yig‗indisidan iborat. 
YaIM ning «ichki‘ deb atalishiga sabab uning mamlakat 
rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident faqatgina mamlakatning 
yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik 
shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o‗sha 
mamlakat rezidenti deb qaraladi.
Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat‘iy nazar, mazkur 
mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega 
bo‗lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shugullanadigan, yoki mamlakat 
hududida bir yildan ortik yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar( 
korxonalar, uy xo‗jaliklari) rezident hisoblanishadi. 
Elchixonalar 
va 
harbiy 
bazalar 
o‗zlari tegishli bo‗lgan 
mamlakatlarning iqtisodiy makoni bo‗lib qolaveradilar. Aynan shu jihat 
YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jug‗rofiy hudud o‗rtasidagi farq deb 
qaraladi.
YaIM uch xil usul bilan hisoblanadi: 
1) ishlab chiqarish usuli; 
2) xarajatlar usuli; 
3) daromadlar usuli. 
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko‗rsatkichi hajmi 
statistik xatolar istisno etilganda o‗zaro teng bo‗lishi lozim. Shu bilan 
birga har uchala usul bilan YaIM ko‗rsatkichni hisoblashda o‗ziga xos 
talablarga amal qilinishi talab etiladi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin