O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarixi kafe «O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi»


- seminar mashg’ulot : Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati



Yüklə 155,22 Kb.
səhifə6/13
tarix22.10.2023
ölçüsü155,22 Kb.
#159964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
portal.guldu.uz-«O’ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI» fanidan SEMINAR ISHLANMA

5- seminar mashg’ulot : Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati.
Ajratilgan vaqt 6 s
Asosiy savollar:
1. Amir Temur va temuriylar davridagi madaniyat va san’at taraqqiyotinig omillari
2. Me’morchilik va shaharsozlik.
3. Temuriylar davrida tasviriy san’at va uning turlari rivoji.
4. Badiiy hunarmandchilik va uning turli shakllari.
5. Temuriylar davrida ilm-fan taraqqiyoti
6. Temuriylar davrida adabiyot taraqqiyoti
7. XIV-XV asrlardagi ma’naviy-madaniy rivojlanishda Naqshbandiylikning ahamiyati
8. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi madaniy yuksalishning ahamiyati.


Mеtodik tavsiyalar: Ushbu mavzuni yoritishda Amir Temur va temuriylar davri madaniyati va san’atining taraqqiyot omillari tahlil qilinishi, bu davrdagi me’morchilik va shahrsozlikning, tasviriy san’atning, badiiy hunarmandchilik va ilm-fan va adabiyot taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari ochib berilishi lozim. XIV-XV asrlardagi ma’naviy-madaniy rivojlanishda Naqshbandiylikning ahamiyatiga baho berish zarur.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro`yxati:

  1. Абдуллаев Н. Санъат тарихи. 1-жилд.- Т.: Ўқитувчи, 1987.

  2. Зоҳидов П. Меъмор олами. –Т.: Қомус, 1996.

  3. Ойдинов Н. Ўзбекистон тасвирий санъати тарихидан лавҳалар. –Т.: Ўқитувчи, 1997.

  4. Пугаченкова Г.А. Среднеазиатские минатюры. –Т.: Шарқ, 1994.

  5. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. История искусства Узбекистана. –М.,1985.

  6. Хайруллаев М. Ўрта Осиёда илк Уйғониш даври маданияти. – Т.: 1994.



Seminarda qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:
NAFIS ARRA
Mazkur metod yordamida talabalar o’rganiladigan material bo’yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo’lishi, jamoa bilan ishlash malakasini oshirishi, axborot almashish hamda jamoa bo’lib qaror qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Qo’llash usuli:
Guruhda o’rganiladigan material nomi doskaga yoziladi va qanday savollarga javob topilishi lozim ekanligi tushutiriladi.



O’rganiladigan material





O’quvchilar 5-6 guruhga bo’linadi





Boshlang’ich guruh
Har bir guruhga o’rganiladigan material bo’yicha mavzu berish




Mavzuni o’rganish va muhokama qilish





Yangi ekspertlar guruhini tuzish





Har bir mavzu mazmunini o’rganish





Materialga oid muammoli vaziyatni berish





Muammoli vaziyatni muhokama qilish va to’g’ri yechimni topish



Ekspress test

Guruh talabalari 5-6 kichik guruhlarga (boshlang’ich guruh) bo’linadi va har bir guruh o’rganiladigan material bo’yicha alohida mavvzularni oladi. Har bir guruh o’rganiladigan mavzu bo’yicha, oldindan tayyorlangan, kerakli materiallar jamlanmasi bilan ta’minlanadi.


Boshlang’ich guruhlar 10-12 minut davomida taqdim qilingan materialni o’rganadi va muhokama qiladi. Natijada o’ziga berilgan mavzuni yaxshi biladigan 5-6 guruh ekspertlariga ega bo’linadi. Keyingi etapda har bir guruhdagi qatnashchiga ma’lum tartib raqami beriladi va tartib raqamlari bir xil bo’lgan talabalardan yangi (ekspertlar) guruhlari tuziladi.
15-20 minut davomida yangi ekspertlar guruhinining har bir a’zosi oldingi guruhga berilgan mavzu mazmunini tushuntirib beradi. Natijada umumiy mavzuni yaxlitligi bo’yicha o’zlashtirish ta’minlanadi.
Ekspertlar guruhining har bir a’zosi olingan axborotni ma’lum bir vaziyatda qo’llay olishini ta’minlash uchun mavzu bo’yicha biror muammoli vaziyat guruhlarga beriladi va har bir guruh ushbu muammoni to’g’ri yechimini topishi lozim. Muammo har bir ekspert guruhida muhokamadan o’tgach, guruhlarning sardorlari muammo bilan butun jamoani tanishtiradi va uning yechimini ko’rsatib beradi. Dars oxirida talabalar bilimini tekshirib ko’rish va baholash uchun o’rganilgan material bo’yicha ekspress test o’tkaziladi.



Yüklə 155,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin