3.Xalqaro savdo va uning xususiyatlari. 1. Iqtisodiy resurslaming harakatchanligi mamlakatlar o‘rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o‘tishi mumkin. Mamlakatlar o‘rtasidagi til va madaniy to‘siqlardan740
tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o‘rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo‘yadi. Soliq qonun- chiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlari- dagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to'siqlar real kapitalning milliy chegara orqali migratsiyasini cheklaydi.
3.Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o‘rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchilik- lar tug‘diradi.
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo‘lib, bu ichki savdoga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo‘yicha sezilarli farqlanadi.Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar o‘rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bogiiq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, materiallar, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan boisa, bugungi kun- ga kelib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalaming salmog‘i sezilarli darajada o‘sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlar- ning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasi- ning 10 foiziga qadar yetdi. Shuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko‘rinishdagi tovar biijalari, auksionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko‘rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlaming quyidagi shakllari ham keng qollanmoqda:
1) barter - tovarlami to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlaming qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat oichovi vazifasi orqali baholab olinadi;
eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlami xarid qilish;
texnikaning yangi modellarim sotishda eskirgan modellami sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko‘ra,
texnologik asbob-uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko‘rinishidagi) bo‘yicha to‘lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor. mahsulotlami yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;
bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quwatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo‘shimcha xomashyo yetkazib berish orqali to‘lash;
kliring operatsiyalari, ya’ni o‘zaro talab va majburiyatlami hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid - 55 foiz, kompensatsion bitimlar - 9 foiz, kliring operatsiyalari 8 foizni tashkil etadi.Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqamvchilami tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlaming savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlikberish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Proteksionizmning klassik va zamonaviy ko‘rinishlari farqlanadi. Klassik yoki qattiq proteksionizm siyosatining nazariy asosini merkantilizm tashkil etib, uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:- tovarlar importini cheklash;
- eksportni har tomonlama qo‘llab-quwatlash;
- chetdan keluvchi tovarlarga yuqori boj to‘lovlari o‘matish orqali milliy ishlab chiqarishni himoyalash;
- tovarlaming ma’Ium turlari bilan savdo qilishga davlat monopo- liyasining o'rnatilishi va h.k.
Zamonaviy proteksionizmning ham asosiy maqsadi ichki bozorda milliy ishlab chiqamvchilar uchun nisbatan qulay sharoitlar yaratish hamda ulami xorijiy ishlab chiqamvchilar raqobatidan himoyalash hisoblanadi, biroq uning usul va vositalari o‘zining mos- lashuvchanligi bilan klassik proteksionizmdan farq qiladi.Qiyosiy xarajatlar nazariyasiga ko‘ra erkin savdo tufayli, jahon xo‘jaligi resurslami samarali joylashtirishga va moddiy farovonlikning yuqori darajasiga erishishi mumkin.
Proteksionizm, ya’ni erkin savdo yo‘lidagi to‘siqlar xalqaro ixtisoslashuvdan olinadigan nafni kamaytiradi yoki yo‘qqa chiqaradi. Erkin savdo yo'lida juda ko‘p to‘siqlar mavjud bo‘ladi. Ulaming asosiylari quyidagilar:
boj to‘lovlari. Boj to‘lovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig‘ida import qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlaming maksimal hajmi o‘matiladi;
tarifsiz to‘siqlar. Tarifsiz to‘siqlar tarkibiga litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qo‘yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi;
eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo to‘siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari o‘zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.
Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o‘zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini rivojlantirishi, o‘zlarining resurslari unumdorligini oshirishi va shu orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmini ko‘paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlarga ixtisoslashi- shi va ulaming o‘zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo‘lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin.
Shu o‘rinda mamlakatlar nima uchun savdosotiq qiladi, degan savol tug‘iladi. Birinchidan, iqtisodiy resurslar dunyo mamlakatlari o‘rtasida juda notekis taqsimlanadi: mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanishi keskin farqlanadi. Ikkinchidan, har xil tovarlami samarali ishlab chiqarish har xil texnologiya yoki resurslar uyg‘unlashuvini talab qiladi. Bu ikki holatning xalqaro savdoga ta’sirini oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yaponiya ko‘p va yaxshi tayyorlangan ishchi kuchiga ega, malakali mehnat ortiqcha bo‘lganligi sababli arzon turadi. Shu sababli, Yaponiya tayyorlash uchun ko‘p miqdorda malakali mehnat talab qilinadigan turli-tuman mehnat sig‘imli tovarlami samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya esa aksincha, juda keng maydonlariga ega bo‘lgan holda yetarli boimagan miqdorda inson resurslari va kapitalga ega.Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to‘siqlarini kiritishdan oladigan foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo‘qotish hisoblanadi.
Erkin savdo (fritrederlik) siyosati proteksionizm siyosatining aksi boiib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan.
Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o‘sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchayti- rishga xizmat qiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon boiadi.
Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit- moliyaviy usullar yordamida uni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.
Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy usullariga quyidagilami kiritish mumkin:
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ко‘rsatish uchun maxsus boiinmalami tashkil etish;
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok yetishi;
- tashqi savdo uchun malakali kadrlami tayyorlashga ko‘maklashuv;
- xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etishda yordam ко‘rsatish;
- milliy kompaniyalami diplomatik jihatdan qo‘llab-quwatlash
Eksportni rag‘batlantirishning kredit-moliyaviy usullari quy-idagilardan iborat:
- eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash;
- eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar berilishini rag‘batlantirish;
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug‘urtalash;
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq toiashdan ozod etish va h.k.
Mamlakatimizda ishlab chiqaruvi korxonalaming eksport salohiyatini yanada oshirishni rag‘batlantirish ko‘lami yanada oshirildi. Shu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil-26-martda- gi “Eksport qiluvchi korxonalami rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlami eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731-sonli Qarori qabul qilinib, unga muvofiq mikrofirma va kichik korxonalarga sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlar-ning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, laboratoriya testlari va sinovlarini o‘tkazish komplekslarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar uchun yangi texnologik uskunalar- ni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish huquqi berildi.Importni tartibga solish, asosan, uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to‘siq sifatida bojxona bojlarini keltirish mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirishda eksport salohiyatidan samarali foydalanishning strategik yo‘nalishi sifatida O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2017-yildagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlanishi va kengayishini ta’minlashga doir «Yo‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilami nazarda tutilmoqda:
- O‘zbekiston korxonalarining mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorga eksport qilishni kuchaytirib borish;
- O‘zbekistonga investitsiyalami, ilg‘or texnologiyalami, sayyoh- lar oqimini, shuningdek, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklami jalb etish;
- Respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini oshirish, tashqi savdo yuk tashish ishlari uchun qulay sharoitlami shakllantirish;- ta’lim, fan va texnika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish.