O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Kimyoning hozirgi zamon davri



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə10/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

5. Kimyoning hozirgi zamon davri. Bu davr XIX asrning 60-yillaridan boshlanib hozirgi kunlarga qadar davom etmoqda. Bu davrni “kimyoningʻ oltin davri” deb atash mumkin. Bu vaqt ichida kimyoviy elementlarning davriy sistemasi, stereokimyo nazariyasi, atom tuzilishi nazariyasi yaratildi, kimyoviy bogʻlanish va valentlikning haqiqiy maʻnolari yoritildi, kimyo bilan tabiiy fanlar chegarasidagi sohalar (masalan, fizik kimyo, biokimyo, geokimyo, bioanorganik kimyo, bioorganik kimyo, kosmokimyo, yadrokimyo va hokazolar) vujudga keldi, sintetik kimyo katta muvaffaqiyatlarga erishdi, anorganik va organik modda tushunchalari orasidagi keskin chegara yoʻqolib, materiyaga toʻgʻri falsafiy taʻrif berildi.


Ellinizm davrida kimyo

Kimyo tabiiy fan boʻlib, oʻz rivojlanish bosqichlarida boshqa tabiiy fanlar, ayniqsa, fizika yutuqlariga tayanadi. Har qanday tabiiy fanlar kabi kimyoviy fanlar ham ikki bosqichda rivojlanadi. Avval ilmiy tadqiqotlar, ayrim yangiliklarni qayd qilishdan iborat, keyin ular tahlil qilinadi.


Dastlab kimyo Misrda paydo boʻlgan va asosan boylik orttirish uchun xizmat qilgan. Ellinizm gullagan davrda kimyo Yunonistonda ham rivojlandi. Eron davlatida ham kimyodan ancha xabardor boʻlishgan. Buni izohlash uchun bu ikki mamlakat orasidagi urushda ularning har qaysisi oʻzi ishlab chiqqan vositalardan foydalanganligini qayd etishimiz kifoyadir. Amaliy kimyo Uzoq Sharqda, Hindistonda ham maʻlum boʻlib, Misr va Yunonistondagidek rivojlangan edi. Xitoyda esa porox va organik boʻyoq ishlab chiqarish yutuqlari ularni oʻsha davr taraqqiyotining birinchi qatorlariga olib chiqqan edi.8
Qadimiy yunonliklar falsafasi shakllanishi va rivojlanishining bosh omillaridan biri shuki, ular metallardan tashqari boshqa kimyoviy birikma, boʻyoqlardan foydalanishgan, mumiyolash ishlarini puxta oʻzlashtirganlar. “Khemeia - qadimgi Misr (Kham) nomlaridan biri”- deb hisoblashadi ayrim nazariyotchilarimiz va uning maʻnosi "misrcha sanʻat” soʻzini anglatadi. Ammo hozirgi zamonda ximiya soʻzining kelib chiqishini boshqacha talqin qiladilar: bu soʻz yunoncha oʻsimlik shirasi va Khemeia soʻzi bu sharbat ajratib olish sanʻati maʻnosini anglatadi, ayrim holda metallarni suyuqlantirish sanʻati tushunchasi ham shu soʻz bilan bogʻlanadi. Har nima boʻlganda ham bu soʻzning maʻnosi hozirgi “ximiya” - bizning kimyo soʻzimizni tushuntiradi.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin