O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


XX asr kimyosining eng muhim beshinchi belgisi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə77/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

XX asr kimyosining eng muhim beshinchi belgisi - uning boshqa tabiiy fanlar bilan hamkorligidir - bir qator dolzarb va yangi kashfiyotlar bir necha fan chegarasida olinmoqda va ularning toʻgʻriligi oʻz isbotini topayapti. Buning mohiyatini tushunish uchun fizikaviy kimyo fani va vazifalarini toʻgʻri tasavvur etishimiz lozim. Fizik kimyo fanlarning birinchi yirik gibridlanish jarayonin aks etuvchi aniq fan hisoblanadi. Bizning davrimizda fizik kimyodan boshqacharoq kimyoviy fizika yoʻnalishi ham eʻtirof etiladi. Bu alohida fan yutuqlari 1930-yili nemis olimi E. Arnold (1884-1950-yy.) tomonidan eʻtirof etildi. Hozirgi davrda fizik kimyo va kimyoviy fizika oʻzaro ancha qoʻshilib ketdi. XX asrning ilmiy taraqqiyotida, shuningdek kimyoda ham alohida fanlarning integrallanishi kuchaydi. (biokimyo, geokimyo, ularning yangi gibridi biogeokimyo, kosmik kimyo va hokazo).
XX asr kimyosining oltinchi asosiy belgisi - integrallanish bilan birga kimyo fanining usullari va tadqiqot obyektlariga koʻra uning differensillanishi ham kuchaydi.


Kimyoviy toza moddalarning sunʻiy olinish usullari

XX asr boshida (1900-yil) M. Plank kvant nazariyasiga asos soladi, energiya kvantlari haqida tushuncha kiritdi. Ipatyev V.N. (1867-1952-yy.) geterogen kataliz jarayonida yuqori bosimni (400-500 va undan katta atmo­sfera bosimi) qoʻlladi, 1901 yilda V.F. Ostvald (1853-1932- yy.) Gamburgda kataliz haqida maʻruza bilan chiqib, katalizatorning vazifasini aniq izohlab berdi. 1902-yilga kelib ingliz fizigi E. Rezerford (1871-1937-yy.) va ingliz radiokimyogari F. Soddi (1877-1956-yy.) radioaktiv parchalanish nazariyasining asosiy mohiyatini ochib berdilar. Yangi radioaktivlik taʻlimining mevasi - radioaktiv element Radiy-224 (Toriy-X) ni kashf etdilar, radon-220 va radon-222 radioaktiv gazlarning kimyoviy inertligini isbotladilar. 1902-yili nemis olimi Ostvald ammiakni katalitik oksidlab nitrat kislota olish usulini yaratdi va kimyoviy termo­dinamika, kinetika, kataliz tushunchalarini uzviy bogʻlik ekanligini isbotladi. Shu yili fransuz P. Sabatye (1854-1941-yy.) katalizni is gazi va vodorod aralashmasi (sintez gaz)dan metan sintezini amalga oshirdi va J.B. Sandersen (1856-1937-yy.) bilan hamkorlikda nodir metallar oʻrniga Ni, Co, Cu, Fe kabi metallarni katalizator sifatida qoʻllashni yoʻlga qoʻydilar. Sovet kimyogar-texnologi akad. P.P. Fedotyev (1864-1934-yy.) mineral moddalar olish texnologiyasi, texnik elektrokimyo va elektrometallugiya sohalarida faol ish olib bordi, Solve usulida ammiak-soda jarayonining fizik-kimyoviy nazariyasiga asos soldi. 1911-yilda kriolit suyuqlanmasidan elektrolitik usulda alyuminiy ishlab chiqarishning fizikaviy kimyosini asosladi. Xlor ishlab chiqarish bilan shugʻullandi. 1924-yilda kumush buyumlarning elektrolitik rafinasiyasini asosladi.


1934-yili italyan fizigi E. Fermi betta-parchalanish nazariyasini yaratdi. Shu yili fransuz fizigi Iren Jolio-Kyuri (1897-1956-yy., radio-kimyogar va jamoat arbobi, P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri qizi) eri Fre­derik Jolio-Kyuri (1900-1958-yy.) bilan hamkorlikda sunʻiy radioaktivlik hodisasini kashf etdilar. Er-xotin hamkorlikda atom yadrosi fizikasini oʻrganishgan, poloniy, samariy va boshqa shu kabi elementlarning radioaktivligini oʻrganishgan. Ularning aniqlashicha, alyuminiy α-zarrachalar bilan bombardimon qilinganda, yaʻni nurlantirilganda radioaktiv fosfor hosil boʻladi. Olimlar bu jarayonni amalda bajarib isbotladilar:




Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin