Ushbu mustaqil ish shakllariga oʻqituvchi tomonidan hech qanday koʻrsatma berilmaydi va baholanmaydi, balki talabaning oʻzi qiziqishlaridan kelib chiqib ularni amalga oshiradi. Fanni oʻqitishda quyidagi TMI shakllari qoʻllaniladi.
Talabaning mustaqil ish mashgʻulotlari hajmi
T.r.
TMI shakllari
Soat
Research. Talabalar Internetdan va boshqa manbalardan mustaqil ravishda maʻlumot izlashadi va tarqatma materiallarni oʻrganishadi. Har bir maʻruza boʻyicha kamida 2 soat shugʻullanish maqsadga muvofiq.
15
Forum. Talabalar fan mashgʻulotlari boʻyicha topshiriqlarni bajarish mobaynida masofaviy taʻlim platformasida oʻzaro muloqot qilishadi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy taʻlim platformasida qayd qilib boriladi.
10
FAQ (koʻp beriladigan savollar forumi). Talaba oʻz muammosi boʻyicha maslahat olish uchun masofaviy taʻlim platformasida maslahat tizimiga (glossariyga) yoki oʻqituvchiga murojaat qiladi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy taʻlim platformasida qayd qilib boriladi.
15
Test. Talaba har bir modul yakunida oʻz bilimlarini mustahkamlash uchun masofaviy taʻlim platformasidagi oʻrgatuvchi testlarni ishlaydi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy taʻlim platformasida qayd qilib boriladi.