O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə11/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Alkimyo dаvri
Аristоtеlning elеmеntlаr o`zgаrishi hаqidаgi g`оyalаri mеtаllаrning trаnsmutаtsiyasi hаqidаgi ming yillik tаdqiqоtlаrnint "nаzаriy" dаsturi-gа аylаndi. Erаmizdаn оldingi II аsrdа аlkimyo pаydо bo`ldi, Аlеksаndriya аkаdеmiyasidа "ilоhiy mo``jizаli sаn`аt" vоsitаsidа nоdir mеtаllаrning bir-birigа o`tishlаri o`rgаtilаr edi. "Elеmеntlаrnint" o`zаrо аylаnishi hаqidаgi tа`limоt simоb vа uning birikmаlаrini o`rgаnish оqibаtidа pаy­dо bo`ldi. Buyuk Аristоtеl simоbni suyuq kumush dеb аtаrdi. "Hydrargerum" - "kumush suv" dеgаni. Оltin, kumush, mis kаbi elеmеntlаr simоb bilаn аmаlgаmа hоsil qilishini ulаrning rаngi, zichligi o`zgаrishlаrini mе­tаllаrning bir-birigа o`tishi dеb hisоblаydi.
Yunon -Misr alkimyosi

Alkimyo davri eramizning III-IV asrlarida yuzaga kelib XVI asrgacha hukmronlik qildi. Alkimyo kimyo fanining oʻtmishdoshi emas, balki, oʻrta asr madaniyatining oʻziga xos hodisasidir. Uning manbalarini yana Misrdan, “kohinlarning muqaddas sanʻati” rivoj topgan Iskandariya shahridan izlash kerak.9


Ilgari Arabiston yarim orolida tashqi dunyodan uzilgan holda yashab kelgan arablar Islom dini quvvati bilan Gʻarbiy Osiyo va Shimoliy Afrikani zabt qildilar. Eramizning 641-yilida Misrga hujum qildilar va tezda uni toʻliq egalladilar. Soʻng eronshohlar yurti ham bosib olindi va buyuk arab imperiyasi vujudga keldi. Ular kohinlarning «ilohiy sanʻati» usullarini oʻzlashtirib oldilar va har narsaga oʻz aralashuvini anglatadigan “al” qoʻshimchasini kiritdilar. Arab alkimyosi davri (XIII-XII asr) da oltingugurt va simobdan asl metallar hosil qilish nazariyasi paydo boʻldi; bu nazariyaga koʻra shu moddalarni “takomillashgan” nisbatda olish va maxsus “eliksir” yordamida “dono qush uyi”, yaʻni pechda qizdirish zarur edi. Alkimyogarlarning maqsadi istalgan metalni oltinga aylantirish qudratiga ega boʻlgan, “falsafa toshi” deb ataluvchi suyuqlikni ajratishdan iborat boʻlgan.
Arablar 670-yilda Xristian dunyosining eng yirik shahri Konstantinopolni oʻz flotlari bilan qamal qilishganda ularning kemalari suv bilan oʻchmaydigan kimyoviy aralashma bilan yoqib yuborildi va ular khemeianing birinchi amaliy oqibatini oʻz terilarida sinab koʻrishdi. Bundan xulosa chiqarib oʻzini oʻnglab olgan arablar keyingi besh asr davomida alkimyoni oʻz nazoratlariga olishdi.
VII-VIII asrlarda Yaqin Sharq mamlakatlarining (Suriya, Meso­potamiya) Damashq, Bagʻdod, Kordovada arab alkimyogarlari ishlaydigan ilmiy markazlar paydo boʻldi.
Alkimyogarlar asosan Arastu tasavvurlariga asoslangan edilar. Ular Arastuning toʻrt elementi qatoriga yana uch elementni qoʻshdilar; shunday qilib elementlar soni 7 ta boʻldi: 1) havo; 2) olov; 3) suv; 4) tuproq; 5) oltingugurt (u “yonuvchanlik” xossasini oʻzida mujassam qilar edi); 6) simob (“metallik” xossasini mujassam qilardi) va 7) tuz (bu eruvchanlik xossasini oʻzida mujassam qilardi).
Aristotelning elementlar oʻzgarishi haqidagi gʻoyalari metallarning transmutatsiyasi haqidagi ming yillik tadqiqotlarning “nazariy” dasturiga aylandi. Aleksandriya akademiyasida “ilohiy moʻjizali sanʻat” vositasida nodir metallarning bir-biriga oʻtishlari oʻrgatilar edi. "Elementlarning" oʻzaro aylanishi haqidagi taʻlimot simob va uning birikmalarini oʻrganish oqibatida paydo boʻldi. Buyuk Aristotel simobni suyuq kumush deb atardi. “Hydrargirum”ʻ – “kumush suv” degani. Oltin, kumush, mis kabi elementlar simob bilan amalgama hosil qilishini ularning rangi, zichligi oʻzgarishlarini metallarning bir-biriga oʻtishi deb hisoblaydi.10
Iskandar Zulqarnaynning oʻlimidan (Aleksandr Makedonskiy, eramizgacha 323-yil) soʻng u tuzgan juda katta imperiya parchalanib ketdi, ammo yunonliklarning Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga hali ham kuchli taʻsiri bor edi. Yana bir necha asrlar davomida bu oʻlkalarda madaniyat va ilmning oʻzaro qoʻshilishi va bir-birini boyitishi davom etib turdi. Misrda Iskandarning harbiy qoʻmondonlaridan biri Ptolomey-Soter hokimiyatni qoʻlga oldi va Aleksandriya shahrida "Museyon" ilm va musiqa oʻchogʻini tashkil etib, uning kutubxonasiga juda koʻp adabiyotlarni yigʻib keldi. Bu paytda misrliklar amaliy kimyo fanini yaxshi oʻzlashtirishgan boʻlsa ham, uni alohida bilim sohasiga ajratishmadi. Misrliklarning amaliy kimyo sohasidagi bilim darajasidan hayratlangan yunonliklar ularning tajribalarini oʻrganishdi va misrliklar kimyo fani xudosi Oziris deb hisoblashsa, yunonlar uni oʻzlarining xudolari Germes bilan baravarlashtirdilar. Oʻz navbatida bu xil taqlidlar, aralashtirishlar fanning rivojiga salbiy taʻsir qildi. Oddiy insonlar kimyogarlarni sehrgar, jodugar va xavfli bilimlar sohibi deb hisoblar edilar va ulardan qoʻrqishardi. Jamiyat oldidagi oʻzlarining sirli mavqelarini bilgan khemeia namoyondalari borgan sari oʻzlarining yozuvlarini sirli va oddiy xalq tushunmaydagan har xil simvol va belgilardan foydalanishardi. Kohinlar oʻz faoliyatiga diniy tus berib, kimyoni astrologiya bilan bogʻlaganlar. Oʻsha vaqtda maʻlum boʻlgan 7 ta metalni sayyoralar bilan moyillikda boʻladi deb oʻz alkimyoviy simvollari bilan ifodalagan.
1-Jalval

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin