O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə7/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Yunon atomistikasi. Atom tushunchasining paydo boʻlishi.

Dastlabki falsafiy taʻlimotlar modda haqida dualistik tushuncha bilan cheklangan edi, masalan, dunyoning boshlanishi ikki xil moddalarning (oydin va qorongʻu) oʻzaro taʻsiridir deb tushunishgan. Eramizgacha III asrda Xitoy olimlari dastlabki materiya ikkiga ajraladi deb oʻrgatishar edi: In - oy bilan taqqoslandi, Yan - quyosh bilan taqqoslandi. Ulardan 5 element tarkib topgan deb hisoblanar: suv, olov, yogʻoch, yer, metall va ularning har biri bir sayyora bilan nisbatlanardi.4


Eramizning I asrida yashagan Qadimgi Rimlik harbiy Gay Pliniy II “Tabiiy tarixi” qomusiy asarida sovun olish, matolarni boʻyash, oʻsimliklardan non, uzumdan vino, pivo va sirka olish, shisha olish usullarini bayon qilgan. Atir-upa, dorilar tayyorlash Qadimgi Yunoniston vrachlari Gippokrat (eramizgacha 460-377 y.) va Teofrast (372-277 y.) ishlarida aniq yoritilgan. Demak, kimyodan qadimgi xalqlar keng foydalangan ekan, uning nazariy asoslarini Qadimgi Yunonistondan izlash kerak.
Qadimgi Yunonistonda fan va madaniyat sohasida erishilgan daraja insoniyatni lol qoldirgan. Qadimgi yunon olimlarining (eramizdan oldingi V-VI asrlar) fikrlari oʻz davridan bir necha yuz yil ilgarilab ketgan. Dastlabki materiya haqidagi tushuncha qadimiy Gretsiyada (Yunoniston) shakllandi. Yunon faylasuflari element, atom va kimyoviy birikma haqidagi tushunchalarni kashf etdilar. Eramizdan oldin yashagan Fales Miletskiy (640-546-yy.), Anaksimandr (610-546-yy.), Anaksimen (585-525-yy.), Geraklit (540-475- yy.), Pifagor (532-497-yy.), Anaksagor (500-428-yy.), Empedokl (490-430- yy.) larning ishlari fan taraqqiyotidagi dastlabki tushunchalar edi. Bu olimlarni moddalar­ning olinish usuli, ularning amaliy ishlatilishi emas, balki nega bu mod­dalarning xossalari boshqa moddalardan farq qiladi, degan savolga javob qidira boshladilar, yaʻni boshqacha qilib aytsak, bugungi kimyoviy nazariyaning dastlabki elementlarini qidirishga tushdilar.5
Falesning fikricha, bizni oʻrab olgan borliqning dastlab­ki asosini tashkil etuvchi element - modda –suv borki, qolgan barcha jismlar shundan hosil boʻladi va suvsiz hayot boʻlmasligini eʻtirof etadi. Qadimgi yunonlar vakuum boʻlishi mumkinligini inkor etishar, Yer bilan osmon orasida boʻshliqning havo bilan bandligini hisobga olib, suv va yerdan boshqa barcha joy havo bilan toʻlgan deb tasavvur qilishardi. Anaksimenning fikricha koinotni tashkil qiluvchi modda bu havo boʻlib, koinot markaziga yaqinlashgan sayin uning zichligi ortadi va siqilishi natijasida moddaning boshqa koʻrinishi - suv va yerni hosil qiladi. Efes shahrida yashagan boshqa qadimgi yunon faylasufi Geraklit agar koinot doimo oʻzgarib turish xususiyatiga ega boʻlsa, unda materiya asosini unga oʻxshagan shunday xossali substansiya - olov tashkil qiladi deb hisoblaydi.



Eramizdan avval 529-yilda Samos orolida yashagan Pifagor Janubiy Italiyaga koʻchib oʻtadi va oʻzining falsafiy maktabini yaratadi. Pifagor qarashlarining tarafdorlaridan biri faylasuf Empedokl (490-430-yy.) oʻz ustozi bilan materiya asosini qanday element tashkil etishi haqida bosh qotirishadi, ammo ioniyaliklarning fikrlariga hech qoʻshilmaydilar. Ular materiya asosi nega birgina element boʻlishi kerak, deb hisoblagan Empedokl yer olam materiya elementlaridan biri va uning asosini birgina jism emas, balki dunyodagi barcha borliqning asosini Geraklitning olovi, Anaksimenning havosi, Falesning suvi va yer, jami toʻrt unsur tashkil etadi, degan xulosa chiqaradi. Bu 4 unsur insonni oʻrab olgan predmetlarga turlicha sifat berib turar ekan.
Qadimgi Hindistondagi ayrim falsafa maktablari (eramizdan oldingi I asr) moddaning birinchi boʻlinmas zarrachalari borligini emas, balki ularning bir-biri bilan birikib yangi zarrachalar hosil qilish xususiyatini ham tan olishgan.
Materiyaning boʻlinishi haqidagi savol yunon faylasuflari qiziqishlarining ikkinchi muhim tomoni edi. Keyinchalik ana shu tasavvurlar zaminida “Yunon atomizmi” deb atalgan taʻlimot shakllandi. Ioniyalik Levkipp (eramizgacha 500-440 yy.) birinchilardan boʻlib mayda boʻlaklangan zarrachalarni yanada kichikroq qismga ajratish maʻlum chegaradan keyin toʻxtaydi, degan xulosaga keldi. Uning shogirdi Demokrit (470-360-yy.) ustozining bu fikrini rivojlantirdi va cheksiz boʻlaklarga boʻlingan mitti zarrachani “atomos” - "boʻlaklarga boʻlinmaydigan" soʻzini qoʻlladi. Uning fikricha, bizni qamrab olgan dunyo cheksiz boʻshliqda harakatlanuvchi atomlarning birikishi va parchalanishi natijasidir. Taʻm, rang, issiqlik va sovuqlik kabi xossalar faqat inson sezgi organlariga taʻsir etuvchi shartli hodisadir deydi. Materiya kichik zarrachalardan iborat boʻlib, uning boʻlinish chegarasi bor degan taʻlimot bugungi kunda atomistika nazariyasi deb aytiladi. Demokritning fikricha, har qanday elementlar atomlari shakli va kattaligi bilan farq qiladi, shuning uchun ham ularning xossalari bir-biriga oʻxshamaydi. Biz koʻradigan va his qiladigan real moddalar turli element atomlarining birlashishi mahsulidir. Bu birikmalar tabiatini oʻzgartirish yoʻli bilan bir aniq moddani ikkinchisiga aylantirish mumkin.6



Qadimgi Yunon faylasufi Aristotel (384-322-yy.) demokritcha taʻlimotni bayon qilib, barcha hodisalar sababi atomlardagi muayyan farqdadir. Bu farqlar shakl, tartib va holatda boʻladi degan tushunchani ilgari surdi. Aristotel oʻzining „Metafizika“ asarida borliq mavjudotni tashkil etuvchi toʻrt unsur-stixiyalar material substansiya emas, balki xarakterli xossalarini namoyon qiluvchi (issiqlik, sovuqlik, quruqlik va namlikni) belgi deb hisoblaydi. Qarama-qarshi xil xossalarni namoyon qiluvchi element-stixiyalar birika olmaydi: issiqlik va sovuqlikni, namlik va quruqlikni birlashtirib boʻlmaydi. Aristotelning fikricha, elementlar bir-biriga oʻta oladi, hatto ularni biriktirib, murakkabroq jism va birikmalarni olish mumkin:


Dastlabki materiya + issiqlik va quruqlik = olov;
Dastlabki materiya + sovuqlik va quruqlik = yer;
Dastlabki materiya + issiqlik va namlik = havo;
Dastlabki materiya + sovuqlik va namlik va suv.
Issiq Olov Quruq
Yer, (tuproq)
Nam Sovuq

Aristotel mexanik va chin aralashmalar borligini ajratdi. Mexanik aralashmalarda komponentlar mustaqil, alohida boʻlsa, chin aralashmalarda moddalar qoʻshilib, murakkab bir jinsli birikmaga aylanadi, unda dastlabki moddalar qolmaydi. Bu aralashmani faqat olov buzishi mumkin deydi. Aristotelning fikricha, kimyoviy birikma –“miksis” - bir jinsli gomogen va yaxlit sifatga egadir. Aristotel fikrini tushuntirgan masalaning mohiyati quyidagichadir: ayrim harf va boʻgʻnlardan soʻz tarkib topganidek murakkab moddalar ham ayrim elementlardan hosil boʻladi. Olov, havo, suv va tuproq bu real modda boʻlmasdan birlamchi butun materiyaning turli toʻrt holati yoki shakli- deydi Aristotel.


Boshqa yunon faylasufi Epikur (342-270-yy.) Demokritning mexanistik atom nazariyasini tanqid qiladi. U atomlar maʻlum shakllarga ega boʻlib, ular juda katta zichlikka ega, aynan massa va kattalik bilan farqlanadi va bir-biri bilan kichkina oʻsimtalari orqali birikadi deb hisoblaydi. “Atomlar shakli, ogʻirligi va shu shakli belgilaydigan xossalaridan tashqari boshqa xil xossalari bilan bizning sezgi organlarimizga taʻsir etmaydi”,- deb yozadi Epikur. Uning fikricha, atomlar toʻgʻri chiziqli harakatidan ogʻishi mumkin va bu toʻqnashuvlar natijasida yangi agregatlar hosil qiladi.
Demokrit va Epikur taʻlimoti davomchilari keyingi asrlarda ham bor edilar. Masalan, eramizgacha I asrda yashagan rimlik shoir va donishmand Tit Lukretsiy Kar (95-55 yy.) 6 kitobdan iborat “Buyumlarning tabiati” (De Rerum Natura) nomli didaktik poemasida Epikurning atomistik taʻlimotini bayon qiladi. Bu mashhur poema 1473- yilda chop etilgan va 1486 -yilda ikkinchi marta nashr qilindi. XVII-XVIII asrlarda atomistik nazariyaning qayta yaratilishiga bu kitob kuchli taʻsir etdi, chunki Demokrit va Epikurning asarlari yoʻqolib ketgan va ulardan ayrim parchalargina saqlangandi.




Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin