1-MAʻRUZA. KIRISH. KIMYO TARIXINING ALKIMYO DAVRI.
YUNON -MISR ALKIMYOSI
Oʻquv mashgʻulotining maqsadi: talabalarga kimyo tarixini oʻrganish bosqichlari, uning davr va davrlargacha ajratilishi, amaliy kimyoning vujudga kelishi haqida maʻlumotlar berish, atom haqida dastlabki nazariy tushunchalarning Yunon falsafa maktabida paydo boʻlishi, qadimgi yunon olimlari (Fales, Anaksimen, Ferokid, Empedokl) ning matеriya tuzilishi toʻgʻrisidagi fikrlarini tahlil qilish hamda alkimyo davri (IV –XVI asr), alkimyogarlar oldiga qoʻyilgan 3 ta vazifa hamda Yunon-Misr alkimyogarlarning faoliyat toʻgʻrisida malaka va koʻnikmalar hosil qilish.
Kalit soʻzlar: Kimyo tarixi fani, Misr, Xitoy, Assiriya, Hindiston bronzasi, Yunon falsafa maktabi, Ellinizm davri, siviizatsiya, kinovar. simob-oltingugurt nazariyasi, qadimiy yetti metall va belgilari, materiya, materiya elementlari, atom, molekula, miksis- kimyoviy birikma, hydrargirum-suyuq kumush (simob), alkimyo, donishmandlik tarozisi (oʻlchamlari).
REJA: Kimyo tarixini oʻrganishga boʻlgan urinishlar.
Insoniyat rivojlanish tarixini tosh, yangi tosh (neolit), mis, bronza, temir davrlariga boʻlinishi.
Yunon atomistikasi.Atom tushunchasining paydo boʻlishi.
Amaliy kimyoning vujudga kelishi.
Kimyo tarixini oʻrganish bosqichlari.
Kimyo tarixining davr va davrlargacha ajratilishi.
Kimyo va sivilizatsiya. Kimyoning predmeti.
Metallar va pista koʻmiri, olov- mehnatning universal vositasi sifatida. Moddalarni issiqlik taʻsirisiz oʻzgartirish.
Kulolchilik, shisha pishirish va unga kerak boʻlgan xom-ashyolar.
Ellinizm davrida kimyo.Kimyo hunar va moʻjiza yaratuvchi soha sifatida.
Alkimyoning kelib chiqishi va oʻziga xos tomonlari.