Buyuk Sharq va Markaziy Osiyoda mutafakkir va faylasuf olimlarning
namoyondalari va ularning kimyo sohasidagi ishlari
Kimyo fani rivojida Sharq allomalarining qoʻshgan ijodiy hissasi ilmiy-uslubiy va tarixiy manbalarda kam yoritilgan va kimyo taʻlim yoʻnalishi talabalarini oʻz ajdodlari bilan faxrlanish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi imkoniyat-lari kimyo oʻqituvchilari tomonidan toʻliq foydalanilmasdan qolmoqda..
Shu sababli ushbu mavzuda mashhur Sharq allomalarining hayoti va kimyo faniga qoʻshgan ijodiy hissalari yoki ularning kimyo faniga boʻlgan munosabatlarini ochib berishga harkat qilingan.
Jobir ibn Xayyom
Tus shahrida tugʻilgan arab alkimyogari Jobir ibn Xayyom (721-815-yy.) matematika, tabobat, kimyo fanlari bilan ham shugʻullangan. Uning eng buyuk asarlari faqatgina 1927-1929-yillardagina arab qoʻlyozmalari orasidan tasodifan topilgan. Bu alloma Yevropa adabiyotlarida Geber nomi bilan mashhur boʻlib, Aristotelning toʻrt unsur-stixiyalar haqidagi taʻlimotiga asoslangan holda simob-oltingugurtning barcha elementlar asosi degan “nazariyani” yaratdi, bu davrda ayrim noaniqliklarga ham yoʻl qoʻyilib “Yetmishlar kitobi” asossiz ravishda Jobirga nisbat berildi.13 Uning asarlarida oddiy haydash, quruq haydash, eritmalar tayyorlash, qayta kristallash, nitrat kislota, kumush nitrati, novshadil, sulema olish, metallarni suyuqlantirish kabi kimyoviy amallarni aniq bayon qilgan. Jobirning fikricha, yer qaʻrida ikki xildagi bugʻlanish mavjud:
a) Suvning bugʻlanishidan keladigan (nam) bugʻdan simob bunyod boʻladi,
b) Yerning oʻz moddasidan koʻtariladigan quruq tutun oltingugurtni hosil qiladi.
Oltingugurt - metallar otasi, Simob - metallar onasi.
Ular yer qaʻrida birikib turli noasl metallarni hosil qiladi, faqat oltin va kumush oltingugurt va simobning yetuk nisbatda birikishidan nihoyatda toza holda olinadi, ularni yer qaʻrida olish juda qiyin. Shuning uchun ham sof oltin olish uchun uning hosil boʻlishini “tezlashtiruvchi” birikma qoʻshilishi kerak. Qadimgi tushunchalarga qaraganda bu modda quruq kukun holida boʻladi. Yunon faylasuflari bu moddani xerion, arablar a1-iksir deb atashgan boʻlsa, u nihoyat, yevropaliklar tilida eliksir degan shaklga aylandi. Yevropada bu birikmaning nomini falsafiy tosh deb ham aytishardi. Juda koʻp metall buyumlarning sirtini oltin bilan qoplashda (oltin suvi yurgizish) uning simob bilan hosil qilgan amalgamasi ishlatiladi. Olib borilgan ishlar koʻlami Jobirning simob va oltingugurt xossalarini juda yaxshi boʻlganidan darak beradi. Metallarning kelib chiqishi nazariyasiga koʻra simob va oltingugurt alohida element deb hisoblanmasdi.
Sharqda va Gʻarbda yashab ijod qilgan barcha alkimyogarlar Jobirni oʻz ustozlari deb tan olishardi. Arab va Oʻrta Osiyo olimlarining ishlarida simob va oltingugurtning “ota-onalik” nisbatiga koʻra oʻsha paytdagi maʻlum 7 metallni hosil qilish mumkin deb hisoblashgan va shuni amalga oshirish uchun urinishgan.
Kindiy
Abu Yusuf bin Isoq al-Kindiy (800-870 yy.) mashhur arab faylasuf, matematik, astronom va tabibi. Kindiy birinchi arab Aristotelchilaridan boʻlib, Sharq peripatetizmi (aristotelizm) asoschisi hisoblanadi. Aristotel, Yevklid, Ptolemey kabi qadimgi yunon faylasuflarining asarlariga 40 dan ortiqroq risola va sharhlar yozgan, Kindiy qarashlari oʻsha davrdagi ilgʻor oqim - muʻtaziliylar taʻlimoti bilan uzviy bogʻliq. Kindiy fikricha olam yaratuvchisi Olloh boʻlib u azaliy va tanho, lekin tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan. Materiya oʻz navbatida tuproq, olov, suv va havodan iborat. Kindiy materiya, shakl, fazo, vaqt va harakatdan iborat beshta substansiyani eʻtirof etgan. Bilish nazariyasi va logika (mantiq) da ilgʻor materialistik fikrlarni ilgari surgan. Alkimyoni tanqid qilgan olimlarning eng birinchisi ham Kindiy hisoblanadi. Ammo Abu Bakr Roziy uning fikrlariga qarshi chiqadi va kamchiliklarini koʻrsatish uchun maxsus risola yozadi. Kindiyning asarlari oʻrta asrlardayoq gʻarbiy Yevropada tarjima qilingan va keng shuhrat qozongan.
Dostları ilə paylaş: |