O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə17/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Abu Bakr Roziy

Ilk oʻrta asr Sharqi fanining eng yirik namoyandalaridan biri Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy (865-925 yy.) oʻsha davr fanining barcha sohalariga oid 180 dan ortiq asarlari bi­lan jahon fanini yuqori bosqichga koʻtargan olimlardan hisoblanadi. U yoshligidan adabiyot va musiqa bilan shugʻullangan, keyinchalik Roziy falsafa, matematika, geografiya, astronomiya va kimyo fanlarini oʻrgangan. Yoshi ancha katta boʻlib qolgandan keyin tabobat bilan ham shugʻullangan. Kimyo tarixida birinchi marta Roziy moddalarni uch qismga boʻladi: - mineral moddalar, oʻsimlik moddalari, hayvonot moddalari.


U kimyo fanida birinchi marta kimyoviy jarayonlarni tezlashtirish va reaksiyaga kirishgan moddalarni ularning dastlabki holatiga qaytarish mumkinligini isbotladi. Dastlab kimyoviy asbob-uskunalardan: kolba, piyola, kimyoviy idishlar, qisqich, stakan, egov, voronka, hovoncha, suv va qum hammomlari, isitish pechlari, sochli va toʻqima filtrlar, qayta kristallash uchun shisha idishlar haqida „Alkimyoga oid 12 kitob“ asarida maʻlumot yozib qoldirgan. Atomistik nazariya bilan Aristotelning birlamchi materiya haqidagi taʻlimotini birlashtirgan kishi ham Roziydir. Uning fikricha, atomlar maʻlum oʻlchamlarga ega, oʻzgarmas va ular orasidagi boʻshliqlardan iboratdir.
Bagʻdodga ilm orttirish uchun kelganida asta-sekin tabobatga boʻlgan qiziqish orta boradi va uni oʻrganib oʻz zamonasining Jolinusi boʻlib yetishadi. Roziy Bagʻdod poytaxt kasalxonasiga mudir qilib tayinlangan.
Beruniyning yozishicha, Roziy oʻzidan keyin tabobatga oid 56 ta, tabiiyotga oid 93 ta, kimyoga oid 22 ta, falsafaga oid 17 ta, matematika va astronomiyaga oid 10 ta, mantiqqa oid 7 ta, asarlarning sharhi va qisqartmasiga oid 7 ta, ilohiyotga oid 14 ta, metafizikaga oid 6 ta, dahriylikka oid 2 ta va boshqa fanlarga oid 10 ta - hammasi boʻlib 184 ta asar yozib qoldirgan.
Hozirgi vaqtda Beruniy va Roziyning falsafiy va ilmiy-uslubiy nuqtai-nazarlarining yaqinligi uzil-kesil isbotlangan. Masalan, Beruniy „Farmakognoziya“ (Kitob as-Saydana) nomli asarida koʻrsatishicha, Roziyning "Kitob al-hoviy", "Kitob al-saydana", „Kitob al-abdol“, „Kitob al-agʻziya“, „At-Tibb al-mulukiy“ va „Al-Kutib al-isno ahara“ nomli asarlariga eng ishonarli va eʻtiborli birinchi manba sifatida tayangan, hamda ulardan iqtibos qilgan.15
Uning „Sirlar kitobi“ nomli kimyoga bagʻishlangan asaridagi fikriga qaraganda, falsafa, mantiq va boshqa aniq fanlardan chuqur bilimga ega boʻlgan buxorolik olim Muhammad ibn Yunus uning yaqin doʻsti va sevimli shogirdi boʻlgan. Roziy kimyoga bagʻishlangan asarlarini ham asosan shu shogirdiga atab yozgan.
Roziy hayoti va ijodini oʻrganish va uni xotirlash borasida oʻtgan asrda bir qancha kongress va yubileylar oʻtkazildi. Jumladan, 1913-yili Londonda Roziyga bagʻishlangan xalqaro tibbiyot kongressi, 1932-yili Parijda uning 1000 yillik yubileyi oʻtkazildi. 1965-yilga kelib jahon jamoatchiligi Roziy tugʻilgan kunning 1100 yilligini keng nishonladi. Eron, Pokistonda va Oʻzbekistonda olimlar Roziy hayoti va ijodini aks ettuvchi bir qator risola va maqolalar yozdilar.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin