Abu Rayhon Beruniy
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy oʻrta asrning eng buyuk olimlaridan biridir. Beruniy fizika, matematika va tabiiy-tarixiy fanlarni egallagan buyuk qomusiy dargʻa va Xorazmning koʻzga koʻringan siyosiy arboblaridan biri ham boʻlgan. Xorazm tilidan tashqari sugʻdiy, fors, yunon, hind, suryoniy, qadimgi yahudiy tillarini bilar edi. Beruniyni ustozi Abu Nasr Mansur ibn Iroq Yevklid geometriyasi va Ptolomeyning astronomik taʻlimoti bilan tanishtiradi. Juda yosh boʻlishiga qaramasdan Oʻrta Osiyoda birinchi globus yaratdi. Kuzatishlar uchun oʻzi astronomik asboblar ixtiro etgan.
Geograf Klavdiy Ptolemey (90-168-yy.) oʻzining „Geografiyaga qoʻllanma“ kitobining 12 qismida meridianlar, parallellar va aholi punktlarini koʻrsatuvchi globus tayyorlash qoʻllanmasini beradi. Ammo bu qoʻllanmaga muvofiq biror kishining globus yasagani haqida maʻlumot saqlanmagan. Adabiyotlarda qayd qilinishicha, birinchi ilmiy globus 1492-yili ritsar Martin Bexaym tomonidan yasalgan deb eʻtirof etiladi. „Geodeziya“ asarida esa dastlabki globus Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharqda Beruniy tomonidan yasalgani isbotlandi.
Togʻ choʻqqisidan koʻrinadigan gorizont chizigʻini kuzatish yoʻli bilan Beruniy ungacha va undan keyin hech kim erishmagan aniqlikda Yer qitʻasi oʻlchamlarini topgan, 10 kattalikdagi Yer meridiani aylanasining uzunligini Beruniy 110624 metr deb hisoblagan. Zamonaviy astronomik va geografik oʻlchashlar natijasida bu kattalik 111,1 km ekanligi isbotlanganini eʻtiborga olsak, Beruniy bor-yoʻgi 476 metrga adashganining guvohi boʻlamiz.16
1010-yili Beruniyni Abu Abbos Maʻmun II ibn Maʻmun (997-1017-yy.) Urganchga “Maʻmun akademiyasi” ilmiy markaziga taklif qiladi. Bu akademiyaga oʻsha zamonning olim, shoir va faylasuflarini toʻplaydi, lekin “Maʻmun akademiyasi” 1017-yilgacha oʻzining faoliyatini davom etdi, holos. Bu davrda olim kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida eng murakkab kuzatish va tajribalar oʻtkazish imkoniga ega boʻldi va “Mineralogiya” kitobining yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Abu Rayhon Beruniy ham simob metall emas, balki “metallar onasi” deb hisoblaydi, oʻzining qomusiy “Mineralogiya” (1048-yil) asarida metallar guruhida simobni oltindan oldinga qoʻyadi va ularning zichligini juda katta mahorat bilan aniqlab chiqadi.
Beruniy Urganchda yashagan davrida Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan. Bizgacha faqat 18 tasi yetib kelgan bu xatlarlarda fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan va suvning esa muzlash paytida kengayishi, nurning qaytishi va sinishi kabi masalalar ustida ikki olim tortishishadi. javoblarning mazmunidan Aristotelning aql bilan his qilish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy oʻzining kuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qoʻyadi, Ibn Sino esa Aristotelni himoya qiladi.
1030-yili Beruniy Hindiston nomli mashhur eng yirik asari “Tahqiq mo-l-Dind min maʻqula masboʻla fil-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sigʻadigan va aqlga sigʻmaydigan taʻlimotlarini aniqlash”) ni yaratdi. U Hindiston asarini yozish uchun sanskrit tilini oʻrgangan va Hindiston shimolidagi Nandia qalʻasida yashab, hind madaniyati, adabiyoti va mashhur olimlari bilan yaqindan tanishgan. Akademik V.R. Rozen: “Sharq va Gʻarbning qadimgi va Oʻrta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yoʻq”- deb yozgan edi.
Beruniyning “qimmatbaho toshlarni bilib olishga oid maʻlumotlar kitobi” (“Kitob ul-jamohir fi maʻrifat ul-javohir”), yaʻni Gʻarbda mashhur “Mineralogiya” asaridir.17 Bu kitob 1048-yili Gʻaznada yozilgan, birinchi marta qimmatbaho toshlarning solishtirma ogʻirligini aniqlagan. Buning uchun etalon (yaʻni “kutb”) sifatida oltin andoza qilib olingan. Beruniy astronomiyaga oid maxsus asari “Masʻud qonuni” (“Al-Qonun al-Masʻudiy”) ni oʻz himoyachisi Sulton Maʻsudga bagʻishlaydi. “Al-qonun al-Masʻudiy” asari matematika va astronomiyaga oid Beruniygacha yozilgan barcha kitoblar izini oʻchirib yubordi”, - deb yozadi tarixchi Yoqut al-Hamaviy.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |