O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə110/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Jami:

16 soat




Seminar mashgʻulotlarida nazariy bilimlar mavzuga oid muammolarni hal qilish orqali mustahkamlanadi. Bunda fan tarixida muhim oʻrin tutgan shaxslarni va ularnig kimyo sohasidagi ishlarini, kimyoviy ishlab chiqarish (qogʻoz, chinni, shisha, metallurgiya, boʻyoqlar, portlovchi moddalar va h.k.) ning yoʻlga qoʻyilishi tarixi va ahamiyatini bilishi va kompetensiyalarni hosil qilishda muhim rol oʻynaydi.
Seminar mashgʻulotlariga talabalar mustaqil holda asosiy darslik, maʻruza materiallari va belgilangan qoʻllanmalardan foydalanib, tayyorgarlik koʻrishlari lozim. Talabalar maʻruza mashgʻulotlarida olgan bilim va kompetensiyalarini ayni mavzuga oid referat, taqdimot va bahs-munozaralar bilan mustahkamlaydilar hamda yanada boyitadilar. Bunga jamoa boʻlib mashq qilish va mustaqil ishlash yoʻli bilan erishiladi.


2.3. Taʻlim texnologiyalari va metodlari:

Taʻlim texnologiyalari va metodlari taʻlim beruvchi va taʻlim oluvchining muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan yoʻllar yigʻindisi. Ularni qoʻllash obyektlari:



  • maʻruzalar;

  • interfaol keys-stadilar;

  • seminar mashgʻulotlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlarni qilish;

  • jamoa boʻlib ishlash va himoya qilish uchun mavzular.

Maʻruza va seminar mashgʻulotlarida modulli, shaxsga yoʻnaltirilgan va muammoli taʻlim texnologiyalari qoʻllaniladi.
3. MUSTAQIL TAʻLIM VA MUSTAQIL ISHLAR

Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy koʻnikmalarni hosil qilish uchun mustaqil taʻlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar


Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • Fanning dolzarb muammolari boʻyicha individual topshiriqlardan referatlar tayyorlash va maʻruza qilish;

  • Seminar mashgʻulotlariga oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarda berilgan tavsiyalar, koʻrsatmalar va individual topshiriqlarni bajargan holda fanni oʻzlashtirish;

  • Darslik, oʻquv qoʻllanma va tarqatma materiallar boʻyicha fan boblari va mavzularini oʻrganish;

  • Maxsus adabiyotlar boʻyicha fan boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash.

Talabalarning mustaqil taʻlimi har bir modul boʻyicha oʻqituvchi rahbarligidagi talaba mustaqil ishi (OʻRTMI) va mustaqil tarzda (TMI) quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin