O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


XVI-XVI asrlarda texnik kimyo



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə29/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

XVI-XVI asrlarda texnik kimyo

Metallurgiya va yatrokimyoning rivojlanishi bilan birga uygʻonish davrining yana bir muhim belgisi texnik kimyoning paydo boʻlishi edi. Bu davrda kimyoviy reaktivlar hunarmandlarning oʻzlari tomonidan oz miqdorda tayyorlanar yoki bir qismini chetdan olishardi, ammo reaktivlarning tozaligi, sifati, metrologik standartlari haqida hali hech kim oʻylamasdi.


Insoniyatning bunday ehtiyojlari XVI asr oʻrtalarida koʻzga koʻringan ishlab chiqarish mutaxasislari va bir qator texnik kimyogarlarning yetishib chiqishiga olib keldi. Fransua Bernar Palissi (1510-1589-yy.) yoshligida soda va shisha ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. Uni 1539-yildan boshlab keramika va chinni idishlar, ular uchun boʻyoqlar va sir berish aralashmalari (angob yoki glazur) tayyorlash qiziqtirdi. Palissi 1580-yilda “Kulolchilik sanʻati, uning foydasi, emallar va olov haqida” asarini eʻlon qidli. Boʻyoqlar va sir beruvchi eritmalar tarkibiga mis, qalay, qoʻrgʻoshin, temir, surma oksidlari, soda, qum, potash kirishini aytsa ham, ularning aniq retseptlarini sir saqlagan va oʻzi bilan olib ketgan.25
XVII asrning yana bir mashhur kimyogar-texnologi Iogann Rudolf Glauber (1604-1668-yy.) maʻlumoti boʻyicha vrach, yatrokimyo tarafdori edi. Oʻzining “Yangi falsafiy pechlar” asarida oʻzi ixtiro qilgan laboratoriya va sanoat pechlari, isitish apparatlarining konstruksion tuzilishlarini keltiradi. Kimyoda uning eng muhim ishlaridan biri toza va yuqori konsentrasiyadagi xlorid va nitrat kislotalari ishlab chiqarish boʻldi. Kislotalarni sof holda ajratib olgan olim retortadagi qoldiqda eʻtiborini qaratdi. Bu tuz kuchli surgi dori xossalarini koʻrsatgani uchun uni “ajoyib tuz” (Sal mirabile Na2SO*H2O) deb atadi (hozirda Glauber tuzi). Ayrim shifobaxsh preparatlar olish retseptini ishlab chiqqan olim bu sohani spigirik farmakopeya deb atadi (spigiriya - yunoncha birikish va ajratish sanʻati degani). Bu davrda kimyoviy ish­lab chiqarish korxonalari Yevropada rivojlandi. Uning hunarmandchilik asosidan manufaktura shakliga oʻtishi sanoatning keskin yuksalishi bilan uzviy ravishda bogʻliq edi. Oʻz navbatida bu taraqqiyot kimyo sanoatining metallurgiya, selitralar, porox, shisha, potash, boʻyoqlar ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirib yubordi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin