O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Metallurgiya va metallarga ishlov berish



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə28/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Metallurgiya va metallarga ishlov berish

Oʻrta asrlarga kelib metall ishlab chiqarish texnologiyasi va maʻdanlar haqidagi bilim darajasi juda kam oʻzgardi. Yevropa va Osiyo davlatlarida temir hali ham eskicha usullar bilan qazib olinar edi. Bu davrda mis va boshqa rangli metallar ishlab chiqarish haqida juda kam maʻlumot saqlangan. XIII asrdan boshlab Yevropaliklar (Ispaniya, Saksoniya va boshqalar) kumushni polimetallik maʻdanlardan qoʻrgʻoshin yordamida ajratib olishardi. Kumushdan tashqari oltin, qoʻrgʻoshin, qalay, vismut, surma, mishyak oz miqdorda ishlab chiqarilar, asta-sekin metallarga qayta ishlov berila boshlandi. Usta-hunarmandlarga nisbatan ilm va keng texnologik imkoniyatlarga ega boʻlgan metallurglar, temirchilar nafaqat boy amaliy tajribalari bilan, balki konchilik maktablarida olgan nazariy bilimlari bilan ham ancha ustun edilar. Natijada Uygʻonish davri konchilari, metallurg va metall quyish ustalari metallarni ajratib olish, ularga ishlov berish borasida XV asrda va ayniqsa XVI asr davomida texnologik jarayonlar toʻliq bayon etilgan risolalar yozishdi.


Uygʻonish davrining birinchi yirik texnologiya va metallurgiya nazariyotchisi Vannochcho Biringuchcho (1480-1539-yy.) 1540-yilda “Pirotexniya” asarini chop etdi. “Pirotexniya” 10 ta kitobdan iborat boʻlib, unda har xil metallurgik jarayonlar va bosqichlar, ishlatiladigan kimyoviy reaktivlarning toʻliq tavsifi keltirilgan. Kitobda har xil elementlar, maʻdanlar va birikmalarning parametrlarini izohlashda olim taxminiy emas, balki amaliyotchilar va shaxsan oʻzining tajribada orttirgan aniq maʻlumotlaridan foydalanadi. 1529-yili Florensiyada uzunligi 6,7 m va ogʻirligi 6 t keladigan ulkan toʻp quydi. 24
Biringuchcho birinchi boʻlib metallar ochiq havoda kuydirilganda (kalsinatsiyalash, yani ohakka aylantirish) ogʻirligi ortishini aniqladi. Metallarning qizdirilganda oksidlanib ogʻirligining ortishini tushuntirish uchun Biringuchcho tajribalaridan toʻgʻri xulosa chiqarish uchun olimlarga hali uzoq 200 yil chamasi vaqt kerak boʻldi.
Yana bir nemis olimi va vrachi Georgius (Bayer) Agrikola (1494-1555-yy.) togʻ-konchilik metallurgiya jarayonlarini takomillashtirish, maʻdanlarni tahlil qilish va tavsiflashda oʻz hissasini qoʻshdi. Maʻdanshunoslik, togʻ-konchilik ishlari va metallurgiya texnologik jarayonlarini puxta oʻzlashtirgan olim hayotining soʻnggi yillarida “Metallar haqida 12 kitob” (“De re metallika libri XII”) asarini 1556-yilda nashr ettirdi. Agrikola asari sodda va ravon tilda yozilgan boʻlib, boshqa alkimyogarlarning risolalaridan keskin farq qiladi. Har bir ishlab chiqarish va laboratoriya jarayonlari bajarilishini koʻrsatuvchi 275 ta rasm va loyihalar chizilgan.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin