O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. O’qituvchi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə100/117
tarix23.01.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#80323
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi

4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.

O’qituvchi,
15 minut

5

O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi (Kimyo tarixi, 5-14-bet).
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi,
10 minut

Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:



  1. Fizikaviy kimyoning rivojlanish tarixi.

  2. Fizikaviy kimyoning asosiy bo’limlari

  3. Tеrmodinamikaning asosiy tushunchalari.

  4. Termodinamika qonunlari.

  5. Gidratlar nazariyasi.

  6. Lyuis va Arrenius nazariyalari.

  7. O`zbеkistonda fizik kimyoning rivojlanishi.

Fizikaviy kimyo - moddalarning xossalarini, ularning tuzilishini va kimyoviy reaksiyalarning borishini fizika vositalari yordamida tekshiradigan fan bo’lib, natijalarni, ko’pincha matematik usulda ifodalaydi. M.V.Lomonosov moddalarning massasini saqlanish qonunini kashf etgandan keyin, kimyo faniga tarozida tortish usuli kiritiladi va kimyo bilan fizika o’rtasidagi mustahkam aloqa bog’lanadi. M.V.Lomonosov 1752-1753 o’quv yilida Peterburg universitetida dunyoda birinchi bo’lib, fizikaviy kimyo kursidan ma’ruza o’qidi va laboratoriya tashkil qildi.


U fizikaviy kimyoning vazifalarini ko’rsatdi, gazlarning molekulyar kinetik nazariyasi va eritmalar haqidagi ta’limotga asos soldi.
Lomonosov birinchi bo’lib fizikaviy kimyodan asar yozdi va uni “chin fizikaviy kimyo kursi”deb atadi.
Bu asarda fizikaviy kimyoga quyidagicha ta’rif berilgan: Fizikaviy kimyo aralash jismlarda kimyoviy operatsiyalar vaqtida bo’ladigan hodisalarni fizika qonun-qoidalari va tajribalari asosida izohlab beruvchi fandir.
N.N.Beketov 1860 yildan boshlab Xarkov Universitetida “Fizikaviy va kimyoviy hodisalar o’rtasidagi munosabat” degan kursdan, 1865 yilda esa “Fizikaviy kimyo” kursidan ma’ruza o’qidi. Moddalarning kimyoviy tuzilishi haqidagi ta’limotni rivojlantirishda A.M.Butlerovning xizmati katta bo’ldi.
U 1861 yilda organik moddalarning tuzilish nazariyasini yaratdi. Shu vaqtdan boshlab, organik kimyo muayyan nazariya asosida rivojlanib kelmoqda.
Fizikaviy kimyoning rivojlanishida mashhur rus olimi D.I.Mendeleyevning xizmati kattadir. U elementlarning davriy sistemasini tuzdi, eritmalar nazariyasini yaratdi, moddalar kritik haroratiga ega ekanligini oldindan aytib berdi.
Fizikaviy kimyo faqat XX asr boshlarida mustaqil fan sifatiga kelib, fan bilan ishlab chiqarish o’rtasida mustahkam aloqa bog’landi. V.Gibbs, V.Nernst va G.L.Gellmgols XIX asr oxirida, XX asr boshlarida termodinamika prinsiplarini kimyoviy protsesslarida tadbiq qildilar.
1885 yilda Vant-Goff eritmalarning osmotik nazariyasini kashf etdilar. 1887 yilda esa S.Arrenius elektrolitik dissotsialanish nazariyasini kashf etdi.
Xuddi shu yili Ostvald bilan Vant-Goff nemis tilida “Fizikaviy kimyo” jurnalini chiqara boshladi. Fizikaviy kimyoni Rossiyada rivojlanishida kimyogarlardan N.A.Menshutkin, V.F.Alekseyev, V.F.Luginin, V.A.Kistyakovskiy, T.E.Lovis, G.I.Gess, G.A.Kargin va D.P.Konovalov kabilar o’z xissalarini qo’shdilar.
Fizikaviy kimyo biologiyada ham katta ahamiyatga ega. Chunki biolog olimlar o’z ilmiy ishlarida fizikaviy kimyoning eksperimental metodlaridan va nazariyalaridan keng foydalanadilar.
Fizikaviy kimyoning asosiy bo’limlari:

  1. Moddalarning tuzilishi haqidagi ta’limot.

  2. Gaz, suyuqlik, qattiq jismlar haqidagi ta’limot.

  3. Eritmalar haqidagi ta’limot.

  4. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi va kataliz.

  5. Elektrokimyo.

  6. Termokimyo va termodinamika, kimyoviy muvozanat.

  7. Fotokimyo.

  8. Adsorsiya hodisalari haqida ta’limot bo’limlari bor.

O’zbekistonda fizikaviy kimyo 1920-27 yillarda taraqqiy eta boshladi. 1927 yilda ToshDu da birinchi bo’lib fizikaviy kimyo kafedrasi tashkil etildi.
Professor D.V.Alekseyev bu kafedraga rahbarlik qildi.
O’zbekistonda fizikaviy kimyoning rivojlanishiga akademik X.U.Usmonov, K.S.Axmedov, prof R.S.Tillayev, T.S.Sirliboyev hamda akademik Sh.Tolipovlarning xissalari katta.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin