Tayyorlov bosqichi: 1.1. Dars maqsadi: Kimyo tarixining birlashish davri (XVI-XVIII asrlar) va uning yatrokimyo, pnеvmatik kimyo, texnik kimyo davrchalari hamda ularning namoyondalari; Boyl, G.Shtal, R.Lulliy, R.Bekonlarning g’oyalari; flogiston nazariyasi va uning salbiy oqibatlari va A.Lavuazеning antiflogistik ta’limoti bilan tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1.2.1. Kimyo tarixining alkimyo davri tugallanishi vaqtida yatrokimyoning paydo bo’lishi va uning mohiyatini o’zlashtiradi;
1.2.2. Pnevmatik kimyo davrchasi namoyondalari va ularning tajribalari haqida tushunchaga ega bo’ladi;
1.2.3. Texnik kimyo davrida o’lchov ishlarining yo’lga qo’yilishi va metallurgiyaga oid yaratilgan asarlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi;
1.2.4. Boyl, G.Shtal, R.Lulliy, R.Bekonlarning g’oyalarini tahlil qila oladi va izoh beradi;
1.2.5. Flogiston nazariyasining mohiyati va uning salbiy oqibatlarini o’zlashtirib oladi;
1.2.6. A.Lavuazеning antiflogistik ta’limoti haqida tasavvurga ega bo’ladi va uni shakllantiradi.
1.3. Asosiy tushuncha va iboralar: Metallurgiya, metallarga ishlov berish texnologiyasi. Yatrokimyo. Pnevmokimyo. Oq magneziya. "Bog’langan havo". "o’rmon gazi". Flogiston nazariyasi. "Yonuvchi havo". Rasional nomenklatura.
1.4. Dars shakli:guruh va mikroguruhlarda.
1.5. Foydalaniladigan metod va usullar: suhbat, ma’ruza-hikoya, bahs, videousul.
Kerakli jihoz va vositalar: rasmlar, videoproyektor, videofilmlar.