Kirish3
I Bob Tashvishni nazariy o'rganish. 5
1.1. Tashvishning umumiy xususiyatlari 5
1.2 Tashvishni o'rganish tarixi. Chet el olimlar talqinida10
II Bob Psixologiya fakultetining ikkinchi kurs talabalari va o'smirlarda tashvishini empirik o'rganish. 15
2.1 Namunani o'rganish va tavsiflashning empirik asoslari.15
2.2 Metodikaning tavsifi. 16
Xulosa 18
Tavsiyalar19
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati20
Ilova21
Farg`ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya yo`nalishi IV bosqich talabasi Yigitaliyeva Mahliyoxon Sanjarbek qizining "Tashvishning psixologik omillari" mavzusida yozgan kurs ishiga ilmiy rahbarning
TAQRIZI Tashvish va havotirlanish dolzarb va zamonaviy psixologiyaning yetakchi muammolaridan biridir. Mamlakatimizda ijtimoiy muammolar keskinlashib borayotgan, aholi salomatligi ko`rsatkichlari yomonlashib borayotgan zamonaviy sharoitda tibbiy-ijtimoiy xarakterdagi o`zaro bog`liq muammolarni sifat jihatidan yangi bosqichda hal etishning obektiv ehtiyoji ortib bormoqda. Mamlakatimiz poydevorlari hisoblanmish o'smirlar va yoshlardagi tashvish va havotirlanish darajalari kundan kunga ortib bormoqda deb aytishimiz mumkin.
Shuningdek, hozirda yurtimizda faoliyat olib borayotgan maktab va oliygohlarda psixolog shtatlari mavjud. Har bir maktab va oliygoh psixologlari yoshlar va o'smirlardagi tashvishlarga havotirlarga sabab bo'layotgan muammo va sabablarni o'rganishmoqda va ularga yetarlicha maslahat, yo'l yo'riq ko'rsatmoqdalar.
Tadqiqotchi talaba tashvishning nazariy jihatlarini yoritib berdi va ilmiy xulosalar chiqarib, amaliy tavsiyalar berdi. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi tashvishlanish darajalarini tadqiqotlari bilan farqlab berdi.
Yuqoridagilarga asosan, Yigitaliyeva Mahliyoxon Sanjarbek qizining "Tashvishning psixologik omillari" mavzusida yozgan kurs ishi DTS talablariga mos deb, hisoblayman va ushbu kurs ishni himoyaga tavsiya etaman.