O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Neftni suv bilan siqib chiqarish nazariysi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə29/96
tarix22.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#190155
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

4.2.Neftni suv bilan siqib chiqarish nazariysi

Hozirgi vaqtda ba`zi neft' konlarimiz o`zining tabiiy rejimida ishlatilmoqda, chunki unday konlarda sun`iy usul bilan qatlamga ta`sir qilishning lozimligi shart emas yoki o`sha ishlar uchun mavjud sharoit yo`q.


Undan tashqari qatlam sharoitida neftning qovushqoqligi 30-40 MPa*s bo`lgan holatlarda unga suv haydashdan hech qanday naf sodir bo`lmaydi, chunki siqib chiqarish frontini tashkil qilish bunday hollarda mushkul. Yangi usullarni ham qo`llash o`z imkoniyatlariga ega bo`lib, ular ham har xil sharoitlarga mos kelavermasligi mumkin.
Chekka suvlar siquvidan foydalangan holda neft' uyumini qazib chiqarish tartibi. Bunday holat suv siquvi yoki aktiv elastik suv siquvi rejimlariga xosdir. Bunday qolatlarda quduqlar faqat neftli zonada qaziladi va ularning neft' chegara chizig’iga parallel qolda xalqa shaklida joylashtiriladi. Bunda ba`zan quduqlarning neft' bilan ishlash muddatini uzaytirish uchun quduqlar orasidagi masofadan qatorlar orasidagi masofani kattaroq qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Undan tashqari xuddi yuqorida keltirilgan maqsadni ko`zda tutib, tashqari qatorda joylashgan quduqlarning yuqori qismi otiladi, qolgan quduqlarda esa qatlamning hamma qalinligi otilishi maqsadga muvofiqdir.
Bunday holatlarda quduqlarga sekin asta suv kelishi tabiiy hol, chunki vaqt o`tishi bilan uyumning o`lchovi kichrayadi, suv-neft' chegarasi kesma bo`yicha yuqoriga ko`tariladi. Navbat bilan tashqi qatordaga quduqlarni suv bosadi, so`ng suv undan keyingi qatorlarga o`tadi va q.k.
Ostki suvlar siquvchi kuchidan foydalangan holda neft' uyumini qazib chiqarish tartibi qo’llaniladi. Bunday holat massiv uyumlarni qazib chiqarishda kuzatiladi, chunki unda butun kon miqyosida uyum suvda suzib yuradi. Bunday ahvol suv siquvi va elastik suv siquvi rejimlarida uchrayveradi. Bunday qolatlarda uyumning o`lchovi kichrayaveradi, suv-neft' chegarasi doimo ko`tariladi, bir xil belgili joylarni o`z vaqtiga kelib suv bosadi. qatlam qalinligi bir necha o`n metrga ega bo`lgan hollarda quduqlarni bir tekis joylanib, ularning qatlam bilan munosabati (otilgan qismi) suv-neft' chegarasidan bir necha metr yuqoridan belgilangan bo`ladi.
Ba`zan karbonat kollektorlari mavjud bo’ladigan hollarda (qatlamning qalinligi 200-300 m ni tashkil etganda) quduqlarni markazga qarab joylashishi zichlashtiriladi (bunda albatta bizga quduqqa to`g’ri keladigan neft' miqdorini inobatga olish lozim bo`ladi). Bunday hollarda quduqning qaysi qismini qatlam bilan bog’lash mumkinligi masalasi qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligiga bog’liq bo`ladi. Qatlam o`tkazuvchanligini yuqori va neft' qovushqoqligi kam bo`lganda quduqning qatlam ro`parasidagi yuqori qismini otish maqsadga muvofikdir, chunki qatlamning pastki qismidagi neft' bunday sharoitda baribir suv bilan siqib chiqariladi. Agar neftning qovushqoqligi yuqori va qatlamning o`tkazuvchanligi notekis bo`lsa, bunday hollarda qazib chiqarish jarayonini qatlamning qalinligiga qarab bir tekisda va galma-gal pastdan yuqoriga qarab olib borish tavsiya etnladi.
Neftdan ajralib chiqadigan gaz quvvatini ishlatishga mo’ljallangan qazib chiqarish tartibi sharoitida ishlatish ob`ekti quduqlar bilan bir tekis qaziladi va quduqlarda qatlam butun qalinligi bo`yichа otiladi.
Qatlam suvlari va gaz quvvatlarini ishlatishga qaratilgan qazib chiqarish tartibi. Bunday holatni aralash rejim deb baholanadi va shunga qarab ish tutish lozim. Эng muqimi bu ikki holatdagi quvvatdan to`g’ri foydalana bilishdir. Shuning uchun qatlamning neftli qismi oluvchi quduqlar bilan bir tekis qazishnadi, lekin suvli zonaga yaqin joylashgan quduqlarning yuqori qismi, gazli zonaga yaqin quduqlarning pastki qismi otiladi, bunday holat quduqlarning tezda suv bosishi yoki gazga aylanishining oldini oladi. Suv gazga nisbatan yuvishlik xususiyatiga ko`proq ega bo`lganlign uchun gaz qalpog’ining tezligda kengayib ketishini oldini olish taqozo etiladi. Bu masalalarni А.В.Афанасьева o`z ishlarida ko`rsatgan va natija 4.1.- jadvalda keltirilgan.
Neft' uyumining hajmi gazga nisbatan ancha ko`p bo`lgan hollarda hamda suv siquvinnng kuchi etarli bo`lganda gaz qalpoqining kuchi faqat ancha qiya bo`lgai qatlamlarda namoyon bo`lishi mumkin. Bunday hollarda suv va gaz konuslari qosil bo`lishi mumkinligi va ular ishlatish sharoitlarini anchа murakkablashtirishi mumkinligini e`tibordan chetda qoldirmaslik kerak.



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin