O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Qatlam bosimini saqlash va neft beraolishlikni oshirishning gazli usullari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə37/96
tarix22.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#190155
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

4.9. Qatlam bosimini saqlash va neft beraolishlikni oshirishning gazli usullari

Qatlamga gaz yoki havo haydash orqali qatlam bosimini saqlash yoki tiklash uchun qanotlari tik bo'lgan, o'tkazuvchanligi yaxshi, tarkibi bir xil tog' jinsli va kam qovushqoqli neftga to'yingan qatlamlar eng qulay ob'ektlar hisoblanadi. Bunday qatlamlarda siqilgan gaz yoki havoni gaz do'ppisiga yoki agarda u bo'lmasa, gumbazning yuqori qnsmiga haydaladi. So'nggi holatda gaz haydashdan maqsad sun'iy ravishda gaz do'ppisini tashkil qilish va shuning bilan uyumni ish tarzini gaz siquv tarziga o'tkazish bo'ladi.


Qatlam qanotlarini nishabligi 15 dan past, tog' jinslarining o'tkazuvchanligi kam va neft og'ir bo'lsa qatlam bosimini saqlash maqsadida gaz haydash samarasiz bo'lishi mumkin.
Bu holatda gaz ishini muvozanatlash juda qiyin va u xech qanday foydali ish bajarmay ishlatuvchi quduqlarga o'tib ketadi.
Haydalayotgan gaz miqdori shunday bo'lishi kerakki, zarur qatlam bosimi uzok vaqt saqlansin. Ideal holatda bu miqdor qatlam sharoitida qatlamdan olinayotgan mahsulot (neft, gaz, suv) hajmiga teng yoki ko'p bo'lishi kerak. Amalda bunga erishish qiyin. Agarda yuqorida aytilgan hajmni 70-80% ni qatlamga gaz orqali qaytarilsa ham, qatlam bosimini tushish sur'ati sekinlashtirilgani tufayli o'tkazilayotgan jarayon qoniqarli bo'ladi.
Qatlamni ishlashni boshidayoq uning bosimini saqlash uchun gaz yoki havo haydash yuqori bosimga mo'ljallangan kompressor stansiyalarini qurishni talab qiladi. Chunki haydash bosimi qatlam bosimidan 10-20 % yuqori bo'lishi zarur. Konlarni bunday kompressor stansiyalari bilan jihozlash katta kapital harajatlarni va mehnatni talab qiladi. Shuning uchun ko'p holatlarda standart chiqarilayotgan kompressorlar (5-12 MPa) ta'-minlaydigan bosim darajasida qatlam bosimini saqlash bilan chegaralanadilar, shuningdek qatlamga gaz haydashni ishlashni so'nggi davrida boshlanadi.
Gazni qatlam bosimidan yuqori bosimga siqish kerakligi tufayli qatlamga gaz haydashni suv haydashga nisbatan samarasi kamroq.
Qatlamga suv haydashda qiyinchiliklar va muammolar tug'ilganda yoki imkoniyat bo'lmagan hollarda (suvda bo'kuvchi gilli qatlamchalar bo'lganda, jinslarning o'tkazuvchanligi yomonligida haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligi etarli bo'lmaganda) gaz haydaladi.
Haydash uchun gazni neft bilan birga chiqayotgan yo'ldosh gazdan, qo'shni gaz konlarining tabiiy gazidan, magistral gaz uzatgichdan olish mumkin.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin