O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


Neft konlarida qatlam bosimini saqlashda suv ta'minoti



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə36/96
tarix22.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#190155
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

4.8. Neft konlarida qatlam bosimini saqlashda suv ta'minoti

Qatlamga haydashga mo'ljallangan suvga muayyan talablar qo'yiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar:


1. Suv imkoni boricha toza bo'lishi, tarkibida ko'p miqdorda mexanik zarrachalar va temir birikmalari bo'lmasligi kerak. Biroq suv tarkibidagi zarrachalar va temir miqdori bo'yicha barcha konlarga to'g'ri keladigan yagona standart yo'q. Lekin oxirgi vaqtlarda shu isbotlangan-ki; mexanik zarrachalarning miqdori 20 - 30 mg/dm3 bo'lishi mumkin.
2. Suv tarkibida jnxozlarni emiruvchi oltingugurt vodorodi va karbonat kislotasi bo'lmasligi kerak.
3. Haydalayotgan suv qatlam suvlari bilan cho'kindi hosil qiluvchi va qatlam g'ovaklarni to'ldiruvchi reaksiyaga kirishmasligi kerak.
4. Suv tarkibida organik zarrachalar bo'lmasligi lozim (bakteriyalar va suv o'tlari).
Neft qatlamlariga suv haydash sohasida yig'ilgan katta malaka shuni ko'rsatadi-ki, daryolarning, artezian quduqlarining va chuqur suvli gorizontlarning suvlari ko'p hollarda bu shartlarni qoniqtiradi va ularni qatlamlarga maxsus ishlov berishsiz haydash mumkin.
Lekin ba'zi holatlarda qatlamlarga haydashga mo'ljallangan suvlar suv tozalash qurilmasida o'tkaziladigan boshlang'ich maxsus tayyorlashni talab qiladi.
Suv tayyorlash qurilmasiga kirayotgan suv uning sifatiga bog'liq holda tozalashning u yoki bu jarayonidan o'tkaziladi:
1) kaogulyasiya - muallaq holatdagi mayda zarrachalarni kattalashtirish, suvda cho'kuvchi parchalarga aylantirish;
2) filtrlash - suvni kaogulyasiyadan keyin mayda zarrachalardan oddatda qumli filtrlarda tozalash;
3) temirsizlantirish - suvdan qatlamda cho'kindi hosil qiluvchi temir oksidi va zanglarni yo'qotish;
4) yumshatish - ohak bilan ishqorlash (bundan keyin kaogulyasiya jadallashadi);
5) xlorlash - suvdagi mikroorganizm va bakteriyalarni yo'qotish;
6) barqarorlashtirish - suvni temir bilan boyishini oldini oluvchi, kimyoviy tarkibi bo'yicha barqarorlashtish. Chunki suv po'lat quvurlardan haydaladi. Bunga suv tarkibiga kichik miqdorda natriy geksometofosfat qo'shish bilan ya'ni bu moddaning 2 - 3 mg ni 1dm3 ga qo'shish bilan metalni korroziyadan to'la himoyalovchi, quvur yuzasida temir fosfat qobig'ini hosil qilish bilan erishiladi.
Qatlamga suv haydash uchun suv ta'minoti tarxi har bir hududning mahalliy sharoitidan kelib chiqib turlicha bo'lishi mumkin.
Biroq suv ta'minotining manbai sifatidagi er usti havzalaridan foydalaniladigan har qanday tarx quyidagi asosiy qismlardan iborat bo'ladi:
1. Suv olgich qurilma -uning vazifasi suv manbaidan suvni yig'ish va uni nasoslar orqali suv uzatish tarmog'iga yoki suv tozalash qurilmasiga etkazish.
2. Suvni tozalash qurilmasi (agarda suvni tozalash talab etilsa).
3. Magistral yoki tarqatuvchi suv o'kazish tarmog'i.
4. Suv uzatish tarmog'iga va uni quduqlarga haydash uchun bo'lmali nasoslar stansiyasi.
5. Haydovchi quduqlar.



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin