2.7. 1917-yilgacha bo'lgan davrda gimnastika yilda Toshkentda ochilgan o'lkada yagona pedagogika bilim yurti Turkiston o'lkasidagi rus va rus-tuzem maktablari uchun o'qituvchilar tayyorlagan. Ular jismoniy tarbiya to'g'risida eng oddiy tasawurga ega bo'lishgan. O'quv rejasida ko'rsatilgandek, talabalarning gimnastik mashqlari saflanish, erkin harakatlar, gimnastika o'yinlari va gimnastik jihozlarda bajariladigan mashqlardan iborat bo'lgan.
yilda maxsus ta'lim hay'ati Turkiston o'lkasidagi cherkov qoshidagi to'rt yillik bilim yurti uchun dastur ishlab chiqdi.Ushbu dasturga muvofiq rus tili, arifmetika, geografiya, toza yozish va chevarlikni o'rganish darslari bilan bir qatorda, gimnastika mashg'ulotlaridan dars o'tish nazarda tutilgan edi. Biroq bu dastur uch yillik o'quv jarayoniga mo'ljallangan dasturga almashtirildi. Yangi dasturda gimnastikaga o'rin topilmadi. O'sha paytda gimnastika
boshlang'ich bilim yurtlarida o'tilar, ammo mutaxassislarning yetishmasligi, dars o'tish xonalari va sport jihozlari yo'qligi sababli darslar mukammal darajada o'tilmasdi. Gimnastika mashg'ulotlari faqat Toshkentdagi erkaklar gimnaziyasida muntazam ravishda o'tkazilardi. Gimnaziyalarda jismoniy tarbiya darslarini zaxiradagi harbiy zobitlar o'tishgan.
1904-yilda Toshkentda «Gimnastika va jismoniy tarbiya ha- vaskorlari jamiyati» tuzilib, uning nizomida gimnaziya talabalari jamiyatga a'zo bo'lish huquqidan mahrum ekanligi qayd etilgan. Gimnastika tushunchasiga yugurish, sakrash va irg'itish mashqlari kirgan.
Toshkentda shved va fransuz gimnastikasi o'qituvchilarini tayyorlash bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etilib, ularda o'qish haqi juda baland bo'lgan. Shu sababli kurs tinglov- chilari soni 10—15 nafardan iborat bo'lgan.
1910-yil 26-dekabrdan 1911 -yilning 2-yanvarigacha «Bilim yurtlar o'qituvchilarining birinchi Turkiston qurultoyi»da jismoniy tarbiya muammolari ko'rib chiqilib, jismoniy tarbiya bo'yicha maxsus sho'balar ochilgan, dastur mundarijalari, dars soatlari, o'qitish uslubiyatlari bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu qurultoy qatnashchilari jismoniy tarbiya darslari erkak va ayollar bilim yurtlari uchun majburiyligini ta'kidlab o'tdi.
Toshkentga 1912-yildan boshlab Peterburg, Moskva, Varshava shaharlaridan gimnastika sporti bo'yicha murabbiylar kela boshla- dilar. Harbiy okrug bosmaxonasining ishchilari gimnastika sho'basini tashkil etishdi.
1912-yilda Stokgolm shahrida o'tadigan Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish uchun Rossiya terma jamoasining saralash musobaqasi Turkiston (Toshkent)da bo'lib o'tgan. Ushbu sana O'zbekistonda sport gimnastikasining bunyod etilgan kuni, deb hisoblanadi. Keyin Qo'qon, Farg'ona va Samarqand shaharlarida gimnastika jamiyatlari tuzilgan.
1912-yilda toshkentlik gimnastlar Moskvada o'z mahoratlarini namoyish etishgan. 1915-yilda Toshkentda ayollar gimnastikasi bo'yicha o'quv kurslari ochildi. Shu kurslarni tugatgan Polina Garfung O'zbekistonda gimnastikaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Oktabr inqilobidan so'ng gimnastika ommaviy tarzda rivojlangan. Aholini jismoniy va sport orqali sog'lomlashtirish davlat ishiga aylangan. Shu tarzda gimnastika Buxoro, Kattaqo'rg'on, Namangan, Urganch shaharlariga tarqala boshlagan.
2.8. XX asrning birinchi yarmida O'zbekistonda gimnastikaning ravnaq topishi 1918-yilda «Bolalar sport klubi» ochilib, unda gimnastika mashqlari va o'yinlar o'tkazilardi. 1919-yil Toshkentda Turkiston Olimpiya o'yinlari o'tkazildi. 1920-yil 10-oktabrda O'rta Osiyo o'yinlari O'zbekiston gimnastlari yutug'i bilan yakunlandi. 1921 -yilda Turkfrontning «Yangi savodxonlik boshqarmasi» qoshida jismoniy tarbiya markaziy sho'rolari tashkil topdi. Uning maqsadi turli jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini birlashtirish va Turkiston mehnatkashlarini jismonan tarbiyalashni rejaga muvofiq boshqarish edi. 1921-yilda 2-O'rta Osiyo Olimpiada o'yinlari ochildi, gimnastika ushbu o'yindan o'rin olgan edi.
1920-yilda Farg'ona viloyat harbiy qo'mitasi qoshidagi «Всеобуч» bo'limi «Besh yillik maktablarning 1 va 2-sinflarida jismoniy tarbiyadan ta'lim berish bo'yicha qisqa dastur»ni ishlab chiqdi. Dasturda gimnastika, yugurish, sakrash o'yinlari bilan shu- g'ullanish ko'zda tutilgan. Mazkur dastur mundarijasida quyidagilar bayon etilgan: «Gimnastikaning maqsadi to'g'ri jismoniy rivoj- lanishga erishish, inson organizmi faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatish, harakatlarni koordinatsiyalash qobiliyatini yuzaga keltirish, tartib-intizomni rivojlantirish va asab tizimini mustahkamlash».
Mashg'ulotlar toza havoda yoki shamollatilgan xonalarda o'tkazilishi kerak. Jismoniy tarbiya kengashi qoshidagi ilmiy sho'ba tomonidan jismoniy tarbiya bilan shug'ullanuvchilarni tekshirish bo'yicha antropometrik o'lchov tashkil etildi. Sobiq Butunrossiya Markaziy Ijroqo'mi Hay'atining 1923-yil 27-iyuldagi qaroriga muvofiq, Turkiston Ijroqo'mi qoshida madaniyat bo'yicha o'lka sho'rolari tuzilib, unga respublikada jismoniy tarbiya va madaniyat ishlarini boshqarish topshirildi.
1927-yili Butuno'zbekiston spartakiadasi o'tkazilib, uning dasturidan gimnastika o'rin oldi. Moskvada 1928-yil o'tkazilgan sobiq Butunittifoq spartakiadasida o'zbekistonlik gimnastlar faxrli 4—5 o'rinni egallashdi. Toshkentlik gimnast Mechislav Murashko esa sobiq Ittifoqning mutlaq chempioni bo'lgan.
1929-yili Toshkentda birinchi marta jismoniy tarbiya to'garaklari tashkil topib, unda gimnastika sporti bo'yicha musobaqalar o'tkazilgan. Bu davrda gimnastikada to'rtkurash mavjud bo'lgan: yakkacho'p, halqalar, «eshak» va erkin mashqlarda sportchilar bellashgan.
O'tgan asrning 30-yillaridan boshlab, bolalar va o'smirlar orasida sport gimnastikasini rivojlantirish bo'yicha juda katta ishlar olib borildi.
1940-yilda respublika terma jamoasi tarkibida 4 nafar o'zbek yigiti
va 3 nafar qizlar bo'lgan. Ularni tarbiyalashda Toshkent shahridagi
90-maktab o'qituvchisi L.Vapoyevning xizmatlari beqiyosdir. 1943-yil
1 -yanvardan, hatto o'rta maktabning boshlang'ich sinflarida haibiy-
jismoniy tayyorgarlik bo'yicha darslar joriy qilingan. 1943-yil sentabr
oyida maktabdan tashqari muassasalarni tiklash to'g'risida maxsus
qaror qabul qilingan.
1944-yilda 118 ta maktabdan tashqari muassasa, shu jum-
ladan, 16 pionerlar uyi, 11 BSM, 7 bolalar o'yingohlari va bog'lari,
markaziy sayyohlar stansiyalari barpo etilib, ular mablag' bilan
ta'minlangan. BSMda 2000 dan ortiq maktab o'quvchilari shug'ullangan.
2.9.O'zbekistonlik gimnastlarning salmoqli qadamlari