O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Galina Yakovlevna Shamray (Ru- denko)



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə12/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Galina Yakovlevna Shamray (Ru-
denko)
— sobiq Ittifoqda xizmat ko'rsatgan
sport ustasi, gimnastika sporti bo'yicha
birinchi mutlaq jahon chempioni (1954),
gimnastika xodasida mashq bajarishda
mamlakat chempioni (1955), 1952-yilgi
Olimpiada o'yinlarida terma jamoa a'zosi.
Jamoa tarkibida Olimpiada chempioni,
«Hurmat belgisi» ordeni sovrindori.
Galina Yakovlevna Shamray 1931 -yil
5-oktabrda Toshkentda tug'ilgan. Gimnas-
tika bilan Ikkinchi Jahon urushidan so'ng shug'ullana boshlagan.
Ushbu sport turiga yoshligidan qiziqqan. Sport zaliga opasi olib
kelgan. Birinchi murabbiysi V.V. Vnuchkov. 1949-yilda Galina milliy
terma jamoa tarkibiga tushgan. Galina hayotida eng baxtli hodisa, bu
albatta, 1952-yilda Xelsinki shahrida bo'lib o'tgan XV Olimpiada
o'yinlaridir. G. Shamray SSSR terma jamoasi tarkibida oltin medal
sohibasi bo'lgan.
1954-yil Galina uchun omad keltirdi. U Rim shahrida o'tkazilgan
Jahon chempionatidan mutlaq chempion va ikki oltin medal
sohibasi bo'lib qaytdi.
1957-yildan Galina Shamray Moskva shahrida gimnastikadan
murabbiy va hakamlik lavozimini bajargan. Hozirgi kunda u Moskva
shahrida istiqomat qiladi.
Sergey Yiktorovich Diomedov- xizmat ko'rsatgan sport ustasi,
sport gimnastikasi bo'yicha mamlakat chempioni (1964—1966,

Toshkentdagi olimlar uyi qoshida ochilgan bolalar sho'basiga N.V. Kravchenko murabbiylik qilgan.

    1. yilda Toshkentda bo'lib o'tgan 1-O'rta Osiyo va Qozo- g'iston Respublikalari spartakiadasida jamoa birinchiligida birinchi o'rinni o'zbekistonlik gimnastlar qo'lga kiritishdi. 1935—37-yillarda «Spartak», «Lokomotiv», «Dinamo» ko'ngilli sport jamiyatlarining tashkil topishi respublikada gimnastikaning yanada rivojlanishiga turtki bo'ldi. Ushbu sport jamiyatlarida gimnastika BO'SMlar tashkil etilib, unda 100 dan ortiq yosh sportchilar tahsil olishgan. Ularga o'sha davrning yetakchi murabbiylari N. Salnikov, N. Kotin, A. Pe- tuxovlar saboq berishgan. Ushbu maktablarda saboq olgan sport ustasi A. Abramyan, mamlakatning mutlaq chempioni G. Kono- valova, A. Borodin, N. Tarasov va V. Merkulovlar esa o'z davrining ilg'or sportchilari edi.

    2. yili Toshkentda jismoniy tarbiya texnikumi ochilib, unda Moskva institutining bitiruvchisi Yan Xalilovich Murtazin, Rashid Hamidov va Umar Asadovlar gimnastikadan saboq berishgan. 1936-yilda texnikum talabalari R. Hamidov va P. Zaviruxa respublika chempionlari unvoniga sazovor bo'lishdi.

Shu texnikum bitiruvchilari: dotsent Muhammadali Tojiyev, G.D. Joijaladze — O'zDJTIda «Gimnastika» kafedrasi mudiri, Karim Jo'rayev, Rixsi Olimova-Qoziyeva, A. Yefemenko — ToshDU «Jis­moniy tarbiya» kafedrasi mudiri, 1990—2000-yillarda O'zbekiston Respublikasi Gimnastika federatsiyasining raisi, dotsent Y.A. Is'hoqov va boshqalar O'zbekiston Respublikasida sport gimnastikasi rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shishgan.

    1. yilda O'zbekistonda ilk bor sport gimnastikasidan bolalar orasida birinchilik bo'lib o'tdi. V. Lebedev va R. Tomilina respublika chempioni unvoniga sazovor bo'lgan. Bu hoi respublikada gimnas­tikaning kelgusida rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etib, gimnastika bo'yicha Olimpiada o'yinlari ishtirokchilari va chempion- larini, sobiq Ittifoq va O'zbekiston mutlaq chempionlari — G. Sham- ray, A. Markov, S. Chuksiyeva, V. Xrimpach, E. Sirkin, V. Bonda- renko, R. Bolshakova va P. Pankratyev kabi yuksak mahoratli sportchilarning o'sib chiqishiga sabab bo'ldi. Leningrad shahrida 1938-yili o'tkazilgan Butunittifoq musobaqalarida respubHkamizning yosh gimnastlari 5-o'rinni,1939-yili esa 4-o'rinni egallashgan.

Ikkinchi Jahon urushidan oldingi yillarda mahalliy millatga mansub gimnastlar bilan ishlash yaxshi yo'lga qo'yilgan edi.





Elvira Fuadovna Saadi 1952-yil 2-yan-
varda Toshkent shahrida tug'ilgan. 12 yoshi-
da gimnastika bilan shug'ullanadL
«Dinamo» jamiyati murabbiyi Vladimir
FilippovichAksenovElvirada gimnastlarga
xos egiluvchanlik, mehnatsevarlik va
mashq bajarishda o'ziga xos elementlarni
ko'ra bildi.
1970-yili Elvira Saadi nomzodi mam-
lakat terma jamoasi ustozlari nazariga tu-
shadi, yana bir yildan so'ng u mamlakat
chempionatini kumush medal sovrindori
bo'ldi. Mamlakat kubogida esa Elvira
5-o'rinni va xodada hamda erkin mashq bajarishda ikkita oltin me-
dalni qo'lga kiritadi. Va nihoyat, Elvira Saadi 1972-yili Myunxenda
o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish uchun milliy olim-
piada teima jamoaga kirdi. Olimpiada chempioni bo'ldi.
1974-yili Elvira jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi.
1976-yil Kanadaning Monreal shahrida ikkinchi marta Olimpiada
chempioni bo'ldi. 1976-yil sport sohasida katta xizmatlari uchun
Elvira Fuadovna Saadi «Xalqlar do'stligi» ordeni bilan mukofotlandi.
Elvira Saadi katta sportni tark etmadi. U mamlakat va Rossiya
terma jamoasining murabbiyi lavozimida ishlab keldi. Hozirgi kunda
E. Saadi Kanada Olimpiada terma jamoasini xalqaro musobaqalaiga
tayyorlamoqda.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin