Yekaterina Xilko- 1982- yil 23-martda Toshkent shahrida tug'ilgan. Tramplin bo'yicha xalqaro toifali sport ustasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi. Batutda sakrash bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chem
pioni. Sidneyda bo'lib o'tgan XXVII Olimpiadada ishtirok etib,
4-o'rinni egallagan. Afinadagi XXVIII Olimpiya o'yinlari ish- tirokchisi (4-o'rin) va XXIX Pekin (2008-yil) Olimpiada o'yinlarida tramplinda sakrashda bronza medali sovrindori. «O'zbekiston iftixori» ordeni bilan mukofotlangan.
2.10. Mustaqillikdan keyingi davrda gimnastikaning rivojlanishi Mustaqil O'zbekiston Respublikasi gimnastlari, murabbiylari yangi sharoitda katta yutuqlarga erishishmoqda. Sportchilarimiz xalqaro sport maydonlarida o'z kuchlarini sinab ko'rishga puxta tayyorgarlik ko'rishyapti. Bu hoi o'zbek sportchilariga Jahon, Olimpiada o'yinlariga mustaqil ravishda chiqishga imkon yaratdi. O'zbekistonlik gimnastlar O. Chusovitina, R. Galiyeva sport gimnastikasi bo'yicha Jahon chempionatlarida ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo'lishgan. 1996-yilgi Olimpiada o'yinlarida O. Chusovitina, A. Dzyundzyak, I. Valiyevlar gimnastika ko'pkurashida kuchlilar 10 ligi qatoridan o'rin olishdi.
yilda O'zbekistonda Sport gimnastikasi federatsiyasi tashkil topib, uni Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) o'z tarkibiga qabul qildi.
yilda Xirosimada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida O. Chusovitina tayanib sakrash va qo'shpoyalarda 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
1998-yilda Bankokda o'tkazilgan musobaqalarda E. Gor- deyeva, A. Dzyundzyak, B. Bayatanova, S. Bahriddinova, O. Chusovitina kabi mahoratli sportchilar ishtirok etishdi. Bugungi kunda respublikada R.G. Sarkisov, R.S. Sirkin, A. Olushev kabi malakali sport murabbiylari ishlamoqda. Olimpiya zaxiralari qatorida ayol- lar orasida V. Ochilova, N. Almatova, F. Xo'jayeva, A. Kambekova, R. Nasibulina, A. Habibrahmonova, erkaklardan A. Markelov, I. Valiyev, A. Fokin, A. Karimjonov, R. Ailov, K. Hasanov, I. Rah- matov kabi sportchilar o'sib chiqdi.
O'zbekiston gimnastika federatsiyasi vakillari FIJ va Osiyo uyushmasi anjumanlarida ishtirok etishadi. Barcha ishlar Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ bilan hamkorlikda olib boriladi. Muntazam ravishda hay'at yig'ilishlari o'tkazilib, terma jamoa a'zolarini tasdiqlash masalalari, sportchilarning bo'lib o'tgan musobaqalarda erishgan yutuqlari muhokama etiladi. Yetakchi sportchilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishlari uchun mablag' ajratadigan homiylar bilan ishlar olib boriladi.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi gimnastika federatsiyasi va ushbu go'zal sport turining ravnaq topishiga kuchini ayamaydigan insonlar o'z hissasini qo'shib kelishmoqda. Mahoratli gimnastlar O. Chusovitina, N. Dzyundzyak, ularning izdoshlari mahoratini oshirishda xizmat qilayotgan S. Kuznetsova va boshqa taniqli murabbiylar o'z ustozlari V. Vnuchkova, G. Petrov, V. Aksenov, Z. Bondarenko, V. Kurlyand, R. Sarkisovlar qoldirgan merosdan unumli foydalanib, mamlakatimiz sport shon-sharafini xalqaro musobaqalarda baland ko'tarishmoqda.