Ko'rsatish usuli. Mashq sportchilarga qarab turib, xuddi «oynadagidek» usulda ko'rsatiladi. Boshlash uchun «Dastlabki holatga (bajarish usuli aytiladi—sakrab, qadamlab) TUR!» buyrug'i beriladi. Agar biror talaba xatoga yo'l qo'ysa, «Qaranglar, men qanday bajaraman» ko'rsatmasi beriladi.
So'ngra «Mashqni men bilan birga BOSHLA!» buyrug'i beriladi. O'qituvchi mashqni guruh bilan birgalikda 2—3 marta ba- jaradi. Agar xatolarga yo'l qo'yilsa, «Diqqat bilan menga qaranglar va qo'l harakatiga (yoki gavdaning boshqa qismiga) e'tibor beringlar!» ko'rsatmasi beriladi. Umumrivojlantimvchi mashqlarni 1—2-sinf o'quvchilari bilan o'tganda jami harakatlar buyruqqa binoan emas, balki topshiriq bo'yicha bajariladi. O'qituvchi: «Mendek dastlabki holatni qabul qilinglar, diqqat bilan qo'l, gavda, oyoqlarimga qaranglar. Mashqlarni men bilan birga BOSHLA!», «Diqqat bilan qarab, mendek bajaringlar», deb aytadi. Bu holda mashqni tugallash uchun «mashqni tugating» topshirig'i beriladi.
Tushuntirish usuli. O'qituvchi mashq boshlash uchun kerakli bo'lgan dastlabki holatni aytadi va birinchi, ikkinchi va h.k. sanoqlarda nima qilish kerakligini tushuntiradi.
Keyin u «Dastlabki holatni qabul QIL!» buyrug'ini beradi. Bajarilishini tekshiradi va navbatdagi: «Mashqni (qaysi tomonga bajarilishini aytadi) BOSHLA!» buyrug'ini beradi va harakat davomida har bir sanoqda nima qilish kerakligini quyidagicha aytib turadi: «Qo'llar yuqoriga, oldinga engash, to'g'rila». Kichik sinflarda o'qituvchi tushuntirishda atamalar qo'lla- maydi, balki faqatgina nima qilish kerakligini tushuntiradi. Masalan, «Oyoqlarni kerib, qo'llarni belga qo'ying. Oldinga engashing va kaftlarni polga tekkizing, hamma bajarsin! Engash, rostlan, davom et! Yana bir marta!».
. O'qituvchi mashqni ko'rsatayotib, uni qanday bajarish kerakligini tushuntiradi va eng qiyin joylariga e'tiborni qaratadi. So'ngra tushuntirish orqali o'rgatishda qo'llaniladigan buyruqlar yordamida topshiriq beradi. O'qituvchi mashqlarning bajarilishi davomida doimo talabalar harakatini to'g'rilab borib, uning to'g'ri bajarilish usulini aytib turadi.
Mashqlarni qismlarga ajratib ko'rsatish usuli. O'qituvchi: «Dastlabki holatni QABUL QIL!» buyrug'ini beradi (uni ko'rsatadi yoki tushuntiradi), keyinchalik esa «Cho'qqayib tayaning — BIR!» buyrug'ini berib, mashqlarning to'g'ri bajarilishini tekshiradi, agar talabalar xatoga yo'l qo'yishsa, uni to'g'ri bajarishni talab qiladi. «Tayanib yot! IKKI!» (to'g'ri bajarish to'g'risida yana ko'rsatma beradi). «Qo'llarni bukib — UCH!» va h.k. buyruqlarini beradi. Butun mashqni qismlarga ajratib, tuzatishlar va aniqliklar kiritilib bajarilgandan so'ng, «Mashqlarning hammasini to'liq BAJAR!» topshirig'i beriladi.
Bunday usulni qo'llash mashg'ulotlarning yuqori saviyada o'tishini ta'minlaydi. Talabalarning e'tiborini oshiradi, harakatlarni aniqlashtirib, ularni to'g'ri bajarishga imkon yaratadi.
ОУin usuli. Kichik maktab yoshidagi bolalar o'yinlarga va fantaziyaga moyil bo'lishadi. Ular turli harakatlarni o'yin tarzida oson tasawur qila olishadi, shuning uchun ko'pgina mashqlarni mazmunan o'yin singari o'tish mumkin. Mashg'ulotlarda o'z ifodasi va mazmuniga ko'ra, turli harakatlarni bajarishni talab qiladigan: «Taqiqlangan harakat», «To'plami doira bo'ylab uzatish», «Quvlash- machoq», «Кипva tun» kabi harakatli o'yinlar qo'llaniladi.
Mashqlarni signal bo'yicha ham bajarish mumkin: o'qituvchi qo'llarini yon tomoniga ko'taradi (bayroqcha bilan bo'lsa, yanada ma'qul). Bu belgi bo'yicha o'quvchilar cho'qqayib tayanishlari va d.h.ga qaytishlari, qo'llarni belga qo'yish, signal bo'yicha esa tizzalarda tik turib orqaga engashishlari kerak; qarsak chalib, zalda erkin yurishga va o'ynashga ruxsat etiladi, hushtak chalinganda esa hamma tezda o'z joyiga turishi kerak. O'z joyini kimki tezroq egal- lasa, shug'olib chiqadi. 3—4-sinflarda: «Qarmoqcha», «Xo'rozlar
jangi» (o'g'il bolalar uchun), «To'p bilan urish», «Doirada yoki chi- ziqdan bir-birini tortib olish», «Кипva tun» (murakkabroq mashq- larni kiritib), «Ketma-ketda to'ldirma to'plarni uzatish» (turli usul- larda), o'quvchilardan biri o'z jamoasi oldida poldan 10—20 sm balandlikda o'tkazadigan gimnastika tayoqchasi ustidan (ketma- ketda turib) «Sakrab o'tish» kabi o'yinlar qo'llaniladi. 10-bob. AMALIY MASHQLAR 10.1. Mashqlarning ta'rifi Amaliy mashqlar guruhiga quyidagilar kiradi:
Yuqorida keltirilgan mashqlar, inson jismoniy faoliyatining turli sohalari uchun bevosita amaliy ahamiyatga ega bo'lishidan tashqari, jismoniy kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlikni tarbiyalash uchun ham ahamiyatga ega. Harakat tuzilmalarining oddiy bo'lganligi sababli amaliy mashqlar shug'ullanuvchilarning istalgan toifasi uchun ham oson- dir. Bu mashqlarning ayrimlari bir qator jismoniy nuqsonlarni bartaraf etishda yaxshi vosita bo'lib xizmat qiladi, shuning uchun ham boshlang'ich, o'rta maktab o'quvchilari, gimnastika va boshqa sport turlari bilan shug'ullanuvchi yoshlar maktabi jismoniy tar- biyasi dasturida amaliy mashqlar salmoqli o'rin egallaganligi taso- difiy emas. Amaliy mashqlar O'zbekiston Qurolli Kuchlari jangchilarini jismoniy tayyorlashda eng muhim mashqlar hisoblanadi. Amaliy mashqlar kasbiy amaliy tayyorgarlikning samarali vositasi sifatida qo'llaniladi. Amaliy mashqlar tabiiy sharoitlardan foydalanib, ochiq joy- larda bajarilishi mumkinligi bilan ham qimmatlidir, mashg'ulot joylarini jihozlash ham oson, ham arzon. Faol dam olish vaqtida amaliy mashqlar boshqa vositalar bilan biigalikda eng yuqori malakali sportchilar tomonidan muvaffaqiyatli qo'llanilishi mumkin. Amaliy mashqlar qo'yilgan vazifalarga qarab, mashg'ulotning barcha qismlarida qo'llanilishi mumkin, asosiy mashqlarga o'rgatish esa mashg'ulotning asosiy qismida amalga oshiriladi. Har qanday mashg'ulotning tiklanish jarayoni uchun sharoit yaratish vazifasi qo'yilgan darsning yakunlovchi qismini yurish mashqisiz tasawur qilib bo'lmaydi.