285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
Osilish— bu turg'un muvozanat holatdir va ularda muvozanatni
saqlab turish qo'shimcha kuch ishlatishni talab qilmaydi (156-rasm). Yuqorida qayd qilinganlarni inobat-
ga olgan holda shunday xulosaga kelish
mumkin (mashqlarning murakkabligi
biz ko'rib chiqmagan omillarga ham
bog'liq bo'lishi mumkin), ya'ni osilish
***mashqlari, asosan, tayanish holatida
bajariladigan mashqlardan osonroq
bo'ladi, bu taxminiy xulosa, albatta. 2.Kuch ishlatiladigan harakatlar —
bu bir statik (turg'un) holatdan ikkin- 156-rasm. chisiga ohista o'tishdir. Bu guruh mashqlariga quyidagilar kiradi: qo'llarni bukib osilish
holatiga o'tish (tortilish), qo'llarni bukib osilishdan osilishga tushish
(tortilishga teskari bo'lgan harakat), osilishdan kuch bilan bukilib osilish, orqada osilgancha kuch bilan
bukilib osilish, kuch bilan tayanish
holatiga chiqish (yakkacho'pda, qo'sh-
poyada, halqada). Bu guruhdagi mashqlarning qiyin
darajasi to'g'risida shuni aytish mum-
kinki, tayanish holatidan osilishga o'tish
(tushish) osilish holatidan tayanishga
o'tish (ko'tarilish)dan osonroq, chunki:
pastga tushishda mushaklar
tananing asta-sekin va bir maromda
tushishini ta'minlaydi, ko'tarilishda esa
tana og'irligini yengib, yuqoriga harakat
qilish uchun kuch ishlatishni talab qi-
ladi. Ikkinchi holat fiziologik nuqtayi nazardan murakkabdir;
pastga tushishda muvozanatni ushlab turish sharoiti sodda-
lashadi, ko'tarilishda esa murakkablashadi. Buning sababi statik
mashqlarni yozishda bayon etilgan (157-rasm).
Tebranish mashqlari gimnast tanasining to'liq doira (ayla-
nishlar) yoki uning qismlari bo'ylab (tebranish, ko'tarilish, sakrab
tushish) harakatlari bilan ifodalanadi. Fikrimizni yaxshiroq bayon qilish uchun bir necha atamali
tushunchalarni qayd qilib o'tish zarur. Agar gimnast yakkacho'pda,
halqada osilish holatida yoki qo'shpoyada tayanish holatida tebransa,
unda u goh ko'krak bilan oldinga, goh yelka bilan orqaga yo'naladi.
Ko'krak bilan oldinga siljish oldinga tebranish, yelka bilan orqaga
siljish esa orqaga tebranish deyiladi. Tebranish mashqlarining tasnifi ancha murakkab va unga
kiradigan barcha elementlarni bilish umumiy kurs talabalari uchun
zarur emas. Shuning uchun, tebranishning uch asosiy guruhini
qayd etish bilan cheklanamiz. 1.Oldinga tebranib bajariladigan harakatlar. Bu guruhga keskin
oldinga siltanib bajariladigan mashqlar kiradi. Unga quyidagi
mashqlar misol bo'ladi: oldinga siltanib orqaga burilish (yakka-
cho'pda, halqada); oldinga siltanib qo'llarni bukib osilish; oldinga
siltanib bukilib va kerilib osilish (halqada); oldinga siltanib sakrab
tushish (yakkacho'pda, qo'shpoyada va halqada); oldinga siltanib
ko'tarilish (qo'shpoyada va halqalarda).
157-rasm.
Qayd etilgan mashqlardan eng murakkabi oldinga siltanib ko'ta- rilishdir.