O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə61/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

12 - 36!

177




saqlanadi. Keyingi barcha harakatlar «Bukilib yozilib tebranish» bo'limida bayon etilganiga mos keladi.
Yoysimon holatda sakrab tushish
. Bosh bilan pastga turish holatigacha bo'lgan harakatlar «Yoysimon siltanish» bo'limida bayon etilganiga to'g'ri keladi. Ammo yoysimon siltanishdan farqli o'laroq, tos-son bo'g'inidan oxirigacha to'g'rilanib, bosh orqaga engash- tiriladi va yakkacho'p qo'yib yuboriladi. Yerga tushishgacha bo'lgan uchish holatida qo'llar yuqoriga-tashqariga ko'tarilgan bo'lib, qomat kerishgan holda ushlab turiladi.
O'rgatish (past yakkacho'pda):

  1. tik turib osilish holatidan sakrab, yoysimon sakrab tu­shish (yordam bilan);

  2. shuning o'zi, lekin yakkacho'pda parallel holda undan 1 m uzoqlikda tortilgan chizimcha ustidan bajarish. Chizimchaning balandligi o'zgartirib boriladi: dastlabki urinishlarda chizimcha yakkacho'pdan 30 sm pastda bo'ladi, navbatdagi urinishlarda esa undan ham balandroq bo'lishi mumkin;

d) tayanish holatidan chizimcha ustidan yoysimon sakrab yerga tushish (yordam bilan).
Qayd etilgan barcha hollarda murabbiy, masalan, talabaning chap tomonida, uning oldida turib yordam ko'rsatadi. Murabbiy o'ng qo'lini yakkacho'p ostidan o'tkazib talabaning chap bilagidan teskari ushlaydi, chap qo'li ichkariga maksimal burilgan bo'lib, tosni yakkacho'pga bosadi.
Agar yoysimon sakrab yerga tushish to'liq o'zlashtirib olingan bo'lsa, yoysimon siltanishni o'rgatish oson bo'ladi.

161-rasm.

O'rgatish. Har ikki mashq hafh yaxlit o'rgatish usulida tushun- tiriladi. Oldinga aylanishni o'rgatishda murabbiy yon tomonda (masalan, chap tomonda) va orqada turadi. Orqaga aylanishni o'rgatishda — yon tomonda va oldinda turadi.
Oldinga aylanishda murabbiy chap qo'lini o'q ostidan o'tkazib, talabaning bilagidan teskari ushlaydi. Aylanishni boshlash bilan murabbiy shug'ullanuvchini chap qo'li bilan aylantiradi, aylanish tugashi bilan o'ng qo'li bilan belidan ushlaydi.
Orqaga aylanganda murabbiy o'ng qo'li bilan bilakdan ushlaydi, chap qo'li bilan esa mashq tugatilishidan oldin talabaning ko'k- ragidan ko'taradi.
Tayanib orqaga aylanish. Gimnast tayanish holatidan qo'llarni biroz bukish orqali oldinga engashib, tos-son bo'g'inidan bukiladi, keyin keskin to'g'rilanib, qo'llarini to'g'rilab yakkacho'p ustiga ko'tariladi (siltanadi). Tayanish holatiga erkin qaytib, sonlar bilan yakkacho'pga tegishi bilan tos-son bo'g'inidan biroz bukilib, boshni orqaga yo'naltiradi va shu holatni saqlagancha orqaga aylanadi. Butun aylanish davomida tosni yakkacho'pga yaqin ushlash juda muhimdir. Aylanish tugashidan oldin kaft tayanch holatiga buriladi va tos- son bo'g'inidan juda tez to'g'rilanadi.
O'rgatish (past yakkacho'pda):

      1. tayanish holatidan qo'llar bilan o'qdan ushlagancha, orqaga siltanib sakrab tushish;

      2. orqaga siltanib, tos-son bo'g'inidan biroz bukilgancha tayanish holatiga qaytish;

d) murabbiy yordamida aylanish. Murabbiy oldinda va chapda turadi.
O'ng qo'li bilan talabaning chap bilagidan teskari ushlaydi (o'q ostidan), chap qo'li bilan sondan ushlab, orqaga siltanishga yordam beradi, gimnast tayanish holatiga qaytgach, qo'lini ichkariga burib, shu qo'li bilan tosni turnikka bosadi, shu bilan aylanishni tugatishga yordam beradi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin