285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
Qo 'llarda tayanish holatidan gavdani yozib ко'tarish. Orqaga tebranishning oxirgi holatidan oldinga tebranib kuraklarda tik turishga o'xshagan holatdan qo'llarda bukilib tayanish holatiga kelishi kerak. Tos-son bo'g'inidan keskin rostlanish lozim. Xuddi shunday tezlikda rostlanishni to'xtatib (oyoqlarni to'xtatib) va qo'llarni to'g'rilash uchun tirsak bo'g'inini taranglashtirish zarur. Oyoqlar harakatining to'xtalishi gavdaning ko'tarilishiga yordamlashadi va butun gavdani, tanani oyoqlarni ushlash nuqtasidan o'tadigan o'q atrofida aylanishga majbur qiladi. Natijada gimnast qo'llarda tayanish holatidan uchish holatiga chiqadi. O'rgatish. Yordamchi mashqlar orqali o'rgatish tavsiya qilinadi: polda (to'shakda, gilamda): qo'llar polda, ko'kraklarda tik turish holatidan yelkada yotib bukilib tayanish, so'ngra tos-son bo'g'inidan to'g'rilanib, keyinchalik oyoqlar harakatini to'xtatib o'tirish holatini qabul qilish;
qo'shpoyada qo'llarda bukilib tayanish holatidan gavdani yozib oyoqlarni kerib o'tirish holatiga ko'tarilish; navbatdagi urinishlarda yelkalarning sonlarni dastaklarga tegishidan oldinroq qo'shpoya ustida ko'tarilishiga e'tibor berish lozim;
d) murabbiy yordamida gavdani yozib tayanish; murabbiy talabaning o'ng tomonida turadi va uni qo'shpoya ostidan o'ng qo'li bilan tosi ostidan, chap qo'li bilan esa, ko'kraklari ostidan ushlab turadi. Tayanish holatiga ko'tarilgandan so'ng tos ostidan ushlash zarur. Oldinga tebranganda ko'tarilish (162-rasm). Orqaga tebranishning oxirgi holatini, tik holatini o'tgandan so'ng tos-son bo'g'inidan yengil bukilib, shu holatda tovonlarni dastaklar bilan
tezligidan oshmasligi va tana qismlarining qo'shpoya dastaklaridan ilgarilab ko'tarilishini ta'minlashi lozim. Qo'llarning oxirigacha to'g'rilanishi tovon harakatining to'xtashiga to'g'ri kelishi kerak. O'rgatish. O'ziga xos harakat vazifalarini hal qilish usuli mash- g'ulotning ketma-ket bajarilishini tavsiya qiladi: tirsaklarga tayanib, orqaga siltanib ko'tarilish;
qo'llarga tayanib tebranishdan oldinga siltanib, yelkalarni qo'llar ushlagan joyga yaqinlashtirish; shuning o'zini qo'llarda bukilib tayanish holatida bajarish; har ikki mashqni bajarganda ham qo'shpoya ustidan qo'llar sirpanmasligini va ularni tezroq tirsakda bukish tavsiya qilinadi;
d) murabbiy yordamida siltanib ko'tarilish. U yon tomonda turib, awal bir qo'li bilan, keyinchalik ikki qo'li bilan talabani sonidan ko'taradi. Oyoqlarni kerib o'tirish holatidan yelkalarda tik turish. Qo'llarni sonlarga yaqinroq ushlash, yelkalarni oldinga engashtirish va qo'llarni bukib, kuch bilan gavdani qo'shpoya dastaklaridan ko'tarish kerak. Gavda tik holatga kelgandan keyin yelkalarni qo'shpoya dastaklariga tushirib, tirsaklar yon tomonlarga uzatiladi. Tos-son bo'g'inidan to'g'rilanib, oyoqlar juftlashtiriladi.