O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Halqada bajariladigan mashqlar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə66/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

11.2.3. Halqada bajariladigan mashqlar



quyidagi usul tavsiya qilinadi: past halqada osilgan holatda gimnast biror tayanch nuqtasiga, masalan, murabbiy stul orqasida shu- g'ullanuvchiga yuz tomoni bilan turadi, u murabbiyning yelkasiga tovonlari bilan tayanadi. Shu holatda gimnastga gavdani tos-son bo'g'inidan biroz bukkan va boshni oldinga engashtiigan holni saqlab, bir necha marta qo'llarini orqaga, bosh orqasiga yo'naltirish tavsiya qilinadi. Shundan keyin bu harakatlarni oldinga tebranganda tayanmasdan, baland halqada bajarish taklif etiladi.
Navbatdagi mashg'ulotlarda tebranish mashqlarini bajarganda, oldinga tebranganda bukilish, orqaga tebranganda bukilish, oldinga tebranganda sakrab tushish va orqaga tebranganda sakrab tushish kabi mashqlar bilan qo'shib bajarish tavsiya qilinadi. Ayniqsa, diqqatni oldinga tebranishda bukilmasdan kerilib osilishni bajara olishga qaratish lozim. Bu mashq nazorat mashqi hisoblanib, talabalarning tebranish mashqlarini yuqori saviyada o'zlashtirgani to'g'risida ishonch hosil qilishga imkoniyat beradi. Bukilmasdan kerilib osilishni faqat tebranishdan keyingina bajarmasdan, shuningdek, orqaga tebranganda qo'llarni to'g'rilashdan keyin yoki qo'llarni bukib osilishdan oldinga tebrangandan keyin ham bajarish zarur.
Oldinga yelkadan aylanib bukilib osilish
(165-rasm). Bu mashqni quyidagi yordamchi mashqlardan foydalanib o'rgatish tavsiya etiladi:



  1. Oldinga engashib, qo'llarni mushtlab yuqoriga uzatgan holatdan kaftlarni katta barmoqlar bilan ichkariga va keyinchalik pastga burib (mushtlarni pronatsiya qilib) qo'llar yon tomonga uzatiladi va so'ng boshni oldinga engashtirish bilan birga tos-son bo'g'inida yanada ko'proq egilib, qo'llar sonlarga olib kelinadi. Qo'llarni yon tomongacha borishiga e'tibor qaratish zarur. Oldin bu mashqni 2—3 marta sekinroq bajarish tavsiya qilinadi.

  2. Dastlabki holat ilgarigidek, faqat halqalar yelka balandligida ushlab turiladi. Shu mashqni qo'llarni yelkadan aylantirib, tik turib orqada osilish holatida yakunlash.

  3. D.h. bir oyoqda muvozanat saqlab, qo'llar yuqoriga, past halqalarda qo'llar bilan ushlab turiladi. Osilgan oyoq bilan siltanib va tayanch oyoq bilan depsinib, qo'l va bosh bilan shunga muvofiq harakatlar bajarib, bukilib osilish holatiga kelish.

Mazkur mashqlarni o'zlashtirgandan keyin baland halqada murabbiy yordamida yelkadan aylanishni bajarishga o'tish mumkin. Dastlabki urinishlarda murabbiy shug'ullanuvchining yon tomonida turadi va sonlaridan (boldirdan emas) ko'tarib yordamlashadi. Shuni nazarda tutish kerakki, bu urinishlarda son ostidan turtib yuborish emas, balki gimnastni oyoq harakatlari bo'yicha aynan ko'tarish kerak.
Yoysimon sakrab tushish
. Bunday sakrab tushishni o'rganish uchun quyidagi mashqlardan foydalanish zarur. Past halqalarda bukilib osilish holatidan tos-son bo'g'inidan yuqoriga keskin yozilib, bukilmagan qo'llar bilan halqalarga bosgancha kuch bilan qo'llarni yuqoriga — yon tomonga yo'naltirish kerak. Bu harakat shug'ullanuvchilarda tanaga qanday kuch berish hisobiga yuqoriga yoysimon harakatlanishi to'g'risida tasawur hosil qildirish uchun zarurdir. Bu holda qo'llarni bukish va tortish xatodir, buning oldini olish kerak. Bir yo'la 2—3 urinishdan keyin sakrab tushishni, al- batta, o'qituvchining yordami va muhofaza qilishi bilan o'rtacha balandlikdagi halqalarda o'rgatishga o'tish mumkin. U yon tomonda turib, gimnastni bir qo'li bilan belidan ushlaydi va gimnast oldinga yiqilgudek bo'lsa, ikkinchi qo'lini uning ko'kragidan ushlab qolishga tayyor turadi.
Yelkalardan orqaga aylanib sakrab tushish (166-rasm). Yelkadan orqaga aylanib sakrab tushishni o'rgatishga kirishishdan oldin shug'ullanuvchilar gimnastika to'shaklarida yelkadan orqaga kerilib, umbaloq oshishni bilib olishlari lozim. Bu akrobatika elementi yelkadan aylanib sakrab tushishda gavda va oyoq harakatlari to'g'risida tasawur hosil qiladi.



Yelkalardan orqaga aylanib sakrab tushishni o'rganishdan oldin
quyidagi mashqlarni bajarish zarur:

1. D.h. bukilib tik turib, qo'llar orqaga, barmoqlar musht-
langan, qo'llarning bosh barmog'ini tashqariga burib, ularni yon
tomonga va keyinchalik oldinga uzatish. Shuning bilan birga, tos-
son bo'g'inidan to'g'rilanib, bosh orqaga engashtiriladi (qo'llarga
qaraladi). Mashq sekin bajariladi.

Ю



166-rasm.

    1. Shuning o'zini past halqalardan ushlab bajarish.

    2. Shuning o'zini bir oyoqda tik turib, ikkinchisini biroz orqaga
      uzatib oyoq uchini polga tekkizgan holda bajarish: erkin turgan
      oyoq bilan orqaga kerilib, qo'llar va bosh bilan muvofiq harakat -
      lanib, mashqni qo'llarni yuqoriga uzatib, oyoq barmoqlarida turib
      muvozanat saqlash («qaldirg'och») holatida yakunlash.


    3. Past halqalarda bukilib osilish holatidan (yordam bilan)
      tos-son bo'g'inidan yuqoriga va biroz orqaga keskin yozilib, to'g'ri
      qo'llar yon tomonga uzatiladi; halqalarga bosgancha, butun gavdani
      yuqori holatga ko'tarishga harakat qilish kerak. Mashq bir yo'la
      2—3 marta bajariladi.


    4. Past halqalarda bukilib osilish holatidan o'qituvchi yordamida
      yelkalardan orqaga aylanishni bajarish. O'qituvchi yon tomonda
      turib, bir qo'li bilan talabaning soni ostidan ushlaydi, ikkinchi qo'li
      bilan esa talabani butun gavdasini yuqoriga ko'tarish uchun yelka-
      laridan ko'taradi.


    5. Bukilib osilish holatidan o'qituvchi yordamida sakrab
      tushishni yaxlit bajarish. O'qituvchi talabaning yon tomonida turadi
      va 5-bandda ko'rsatilgandek harakat qiladi, lekin yordam bergandan
      keyin talaba halqalarni erta qo'yib yuborganda yiqilishidan saqlab
      qolish uchun bir qo'lini yelkalardan ko'krak ostiga o'tkazadi.


Kuch bilan ко'tarilish. Talabalar halqalarda tayanish malakasini
o'zlashtirganidan so'ng, «chuqur» ushlab kuch bilan ko'tarilishga


o'rgatiladi. Bunda gimnastlar yakkacho'pda, halqada bir necha bor tortilishni bajara oladigan bo'lib qoladilar.
Bundan tashqari, talabalarga qo'l mushaklarining kuchini rivoj- lantiruvchi mashqlar berish lozim:

      1. Polda yotib tayanish holatida qo'llarni bukish va to'g'rilash.

      2. Qo'shpoya va halqalarda tayangan holatda qo'llarni bukish va to'g'rilash.

Shu mashqlarni o'zlashtirib olgandan so'ng halqada kuch bilan ko'tarilishni bajarishga kirishish mumkin.
O'rgatish
. Ko'tarilishni past (yelka balandligidagi) halqada baja- rishdan boshlash kerak. Dastlabki urinishlar bukilgan qo'llarda tayanish holatiga chiqishga imkon yaratadigan darajada oyoqlar bilan ohista depsinib bajariladi. So'ngra shuning o'zini oyoqlar bilan depsinmay bajarish tavsiya etiladi. Navbatdagi urinishlarda halqalar, talabani polda tik turib, to'g'ri qo'llari bilan «chuqur» ushlash im- koniyatini beradigan balandlikka ko'tariladi. Bunda talabani osilish holatidan bukilgan qo'llarda tayanishga ko'tarilishi paytida uni belidan ushlab, yordamlashish zarur bo'ladi. Doimo qo'llarning to'g'ri turishi holatiga e'tibor berish lozim.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin