285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
Ishlab chiqarish gimnastikasini tashkil etish. Ishlab chiqarish gimnastikasi korxonalarda, sexda, bo'limlarda, laboratoriya va boshqa joylarda smena oldidan yoki ish kuni davomida maxsus tanaffuslarda o'tkaziladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish gimnastikasining ikki shakli mavjud:
Kirish gimnastikasi. Kirish gimnastikasining maqsadi orga- nizmdagi fiziologik jarayonlarni tezlashtirish va mehnatga funksional tayyoigarlikni oshirishdir. Mehnatga tayyorlanib kirishishda organizm yangi sharoitga, bo'lajak faoliyatga qayta moslashadi. Mehnatga kirishish jarayoni mehnatning turiga qarab, har xil bo'ladi. U 1,5—2 soatgacha davom etishi mumkin. Ishga kirishish oldidan qilinadigan gimnastika ishga tayyorlanib kirishish davrini ancha qisqartirishga yordam beradi (V. Matveyevning bergan ma'lumotlariga ko'ra, ishga tayyorlanib kirishish yarim baravar qisqaroq, shunga muvofiq ishlab chiqarish unumdorligi ancha oshar ekan). Kirishish gimnastikasi 7—10 minut davom etadi.
Jismoniy tarbiya tanajfusi. Organizmning hayotiy faoliyati uchun asab tizimining dam olishi juda katta ahamiyatga ega. Ish faoliyati davomida asab hujayralari ancha qo'zg'algan holatda bo'ladi, ish bajarish to'xtatilganda esa ular yangidan quwat oladi. Jismoniy tarbiya tanaffusi ham shunga asoslanadi. Jismoniy tarbiya tanaffuslari yordamida ish bajarish qobiliyatining qat'iy yuqori bo'lishga erishiladi va insonning jismoniy sifatlari muvaffaqiyatli kamol topib boradi.
Jismoniy tarbiya tanaffusini o'tkazish vaqti charchashning dastlabki alomatlari sezilganda belgilanadi. Chunonchi, bunda toliqish, hardamxayollik paydo bo'ladi, harakatlarni boshqarish susayadi va ish qobiliyati pasaya boshlaydi. Mashg'ulotga 5—7 minut ajratiladi.
Bir maromda bir xil mehnat qilish bilan mashg'ul kishilar uchun ikki bor jismoniy tarbiya tanaffusi o'tkazish foydali: birinchisi tushki tanaffusdan 1,5—2 soat oldin, ikkinchisi esa tushdan keyin, smena tugashiga taxminan 1,5—2 soat qolganda. «Jismoniy daqiqalar» ham o'tkazilishi mumkin. Ular 2—3#mashqdan tashkil topadi hamda jismoniy tarbiya tanaffuslarini tashkiliy sur'atda o'tkazish imkoni bo'lmagan joylarda qo'llaniladi.
Gimnastika tanlab olingan mutaxassislik, harbiy faoliyat va u yoki bu sport turida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan. Ishlab chiqarish gimnastikasi ishchi xodimlarni sog'lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish uchun xizmat qiladi, shuningdek, mehnat faoliyati jarayonida faol dam olishni ta'minlaydi. Davolash gimnastikasi esa terapevtik vositalar bilan birgalikda turli kasalliklarni davolash va jarohatlanishdan keyin tez sog'ayishning samarali vositasi sifatida qo'llaniladi.
Bu turlar gimnastikaning umumiy yo'nalishini saqlagan holda insonning ma'lum faoliyati vazifalarini aniqroq belgilashga va uni ijobiy hal qilishga imkon berib, kasbiy faoliyatga maqsadga muvofiq tayyorlanishni yoki ijodiy va yuqori ish unumdorligi bilan mehnat qilishni ta'minlaydi.