O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə87/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

15.1. Asosiy gimnastika 15.1.1.Asosiy gimnastika va unga xos xususiyatlar
Asosiy gimnastika— gimnastika sportining mustaqil turlaridan biri bo'lib, turli yoshdagi kishilar jismoniy tarbiyasining eng maqsadga muvofiq vositasidir. U maktabgacha, maktab, akademik litsey, o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarida o'quv fani dastu- ridan o'rin olgan, chunki o'zining mazmuni va yo'nalishi bo'yicha o'quvchi-talabalarning jismonan tarbiyalash vazifalariga mos keladi.
/. Asosiy gimnastika jismoniy tarbiya fanining ommabop vosita­sidir.Asosiy gimnastikaning turli-tuman vositalari orasidan kichik, o'rta va katta yoshdagi bolalar, keksa yoshdagi kishilar bajara oladigan mashqlarni tanlash mumkin.
Asosiy gimnastika mashg'ulotlarida saflanish, umumrivojlan- tiruvchi va amaliy mashqlar, tayanib va tayanmay sakrashlar (uzunlikka, balandlikka, balandlikdan, to'ldirma to'plar, gimnastika o'rindiqlari, to'shaklardan oshib) va eng oddiy tayanib sakrashlar, osilish va tayanish mashqlari, eng oddiy akrobatika mashqlari (dumalash, umbaloq oshish, kuraklarda, boshda tik turishlar, yon tomonga to'ntarilishlar), badiiy gimnastikaning oddiy mashqlari (tayanch holida oyoq va gavda harakatlari, raqs harakatlari) qo'lla­niladi. Bu mashqlarning bajarish texnikasi oddiy, shu sababli, o'rgatishda ularni ko'p takrorlash talab qilinmaydi.
2. Asosiy gimnastikaning sog'lomlashtiruvchi vazifasi. Asosiy gimnastika insonning butun ichki-tashqi organ va tarmoqlarini har tomonlama uyg'un rivojlantirish, shug'ullanuvchilar sog'lig'ini mustahkamlash, organizmning tashqi muhitga bo'lgan qarshiligini oshirish va yaxshilash, hayotiy faoliyat, mehnat qobiliyati va unum-

dorligini oshirish, to'g'ri qomatni shakllantirish va shug'ullanuv- chilarning jismoniy fazilatlarini rivojlantirish uchun katta sog'lom- lashtiruvchi-gigiyenik ahamiyatga ega.
Asosiy gimnastika mashqlari yordamida jismoniy tayyorgarlikning har tomonlama yuqori darajasiga erishish mumkin, bunday darajaga erishmay turib, sog'lomlashtirishga qaratilgan tamoyillarni amalga oshirish, shuningdek, xalqimizning farovon hayotini, Vatanga bo'l­gan muhabbatini va Vatan himoyasiga tayyorligini ta'minlab bo'lmaydi.
Mashqlarning insonni sog'lomlashtirish yo'nalishida xizmat qiladigan bo'lishiga gavdaning barcha qismlari uchun mos keladigan, o'zgaruvchan jadallikda bajariladigan mashqlarni tanlash orqali erishiladi. Mashqlarni tanlashda shug'ullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini, sog'liq darajasini, yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgar- ligini, shuningdek, harakat apparatining anatomik tuzilishini hisobga olish zarur. Barcha mushak guruhlarini ishga solish uchun ularning fiinksional xususiyati va hajmini hisobga olish kerak. Katta mushak guruhlari ko'p quwat sarflashni talab qiladigan jismoniy va aqliy ishni bajarishi lozim. Jismoniy yuklamalarni boshqara borish, uni asta- sekin oshirib borish, shug'ullanuvchilarga mo'ljallangan mashqlarni bajarishda ularning sog'lig'i va jismoniy tayyorligini inobatga olish zarur.

          1. Asosiy gimnastikaning amaliy ahamiyati. Asosiy gimnastika mashg'ulotlari jarayonida yurish, yugurish, muvozanat saqlash, uloqtirish, tirmashib chiqish, yukni bir joydan ikkinchi joyga olib o'tish, turli to'siqlardan oshib o'tish kabi hayotiy zarur harakat malakalari shakllanadi va takomillashadi.

Qayd etib o'tilgan harakat malakalari kishilarning mehnat va harbiy faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Ularni o'rganish harakat tajribasini boyitadi, kuch, tezlik, chaqqonlik va chidamlilikni rivojlantirishga imkon beradi.

          1. Asosiy gimnastika —harakat tajribasini boyitishning samarali vositasidir. Asosiy gimnastika mashg'ulotlari jarayonida ko'pgina harakatlarning elementlari o'rganiladi. Shug'ullanuvchilar tuzilmasi va texnikasi jihatidan turlicha bo'lgan mashqlar tarkibini o'zlashtirib olgach, harakatning yangi shakllarini muvaffaqiyatli egallab, turli harakat topshiriqlarini uddalay olishadi. Bu oliy asab faoliyatining qonuniyati bilan izohlanadi, ya'ni mavjud shartli reflekslar asosida yangi yuqori darajali shartli reflekslar hosil bo'ladi. Har qanday yangi harakat malakasi oldin o'rganilgan harakat faoliyati zaminida



shakllanadi. Нагbir o'rganilayotgan harakatning elementlari (qismi) mavjud. Demak, kishi qanchalik ko'p harakat malakasiga ega bo'lsa, uning harakat tajribasi qanchalik boy bo'lsa, uni yangi harakat faoliyatiga shunchalik oson va tez o'rgatish mumkin. Bolalar bilan o'tkaziladigan asosiy gimnastika mashg'ulotlarida bu masalani hal qilish, ayniqsa, muhimdir.
5.Asosiy gimnastikaning ta 'lim-tarbiyaviy ahamiyati
. Mash- g'ulotlar jarayonida ta'lim-tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Gimnastika darslari intizomli va qat'iy tartibda o'tishi bilan ajralib turadi, chunki mashqlar sanoq yoki musiqa jo'rligida bajariladi.
Gimnastika mashg'ulotlarida turli harakatlarni bajarishga va bu harakatlarni fazoda, vaqt birligida va mushak ishga solish darajasi bo'yicha aniq bajarishga o'rgatiladi. Maktab yoshidagi bolalarni o'z harakatlarini barcha parametrlarda aniq baholay olishga, gavdaning turli harakatlarini boshqara olish va eslab qolishga o'rgatish lozim.
Keksa yoshdagi kishilar harakat aniqligiga va ularni bajarish uyg'unligini asta-sekin murakkablashtirib borishga e'tibor berishlari zarur. Shu maqsadda gavdaning alohida qismlari bilan o'rganilayotgan harakatlarni bir necha qismlarga va kombinatsiyalaiga (8—10 sanoqda) birlashtirish tavsiya etiladi. Bunday mashqlarni o'rganish orqali eslab qolish va bajarilayotgan harakat faoliyatini anglash qobiliyati rivojlanadi, talabalarning ruhiy holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatiladi.
Asosiy gimnastika mashg'ulotlari jarayonida aqliy ta'lim va jismoniy taxbiya biigalikda muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. P. F. Lesgaft maktabda gimnastika tizimi haqida fikr yuritib, bunday yozgan edi: «Aqliy va jismoniy ta'lim o'zaro shunday chambarchas bog'liq- ki, ular maktabning ajralmas vazifasini tashkil qilishi lozim, chunki har qanday bir tomonlama rivojlanish ta'limda muvofiqlikni buzadi va odamning barkamol rivojlanishi uchun sharoit yaratmaydi».
Shunday qilib, asosiy gimnastika mashg'ulotlari jarayonida har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlikni, hayotiy zarur bo'lgan harakat malakalarini shakllantirish va aksari harakatlar texnikasi asoslariga o'rgatish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Asosiy gimnastika, sport gimnastikasi va boshqa sport turlariga o'tishning tayyorlovchi bosqichi bo'lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin