285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
VositalarDarsning tayyorgarlik qismida, o'rtacha tezlikda bajariladigan mashqlar: saf mashqlari, joydan joyga ko'chishlarning turli xillari (yurish, yugurish, sakrash, raqs harakatlarining turli xillari), gimnastika jihozida va jihozisiz, yuk bilan, gimnastika devori va o'rindiqlarida bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar hamda sport o'yinlari qo'llaniladi. Yuqori shiddatda bajariladigan mashqlar darsning keyingi, asosiy qismida o'quvchilarning mehnat qobiliyatini pasaytirib qo'yishi mumkin. Shuning uchun darsning tayyorgarlik qismida o'quvchilarda kuch, chidamlik va hatto, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga jiddiy e'tibor berish kerak.
Darsning tayyorgarlik qismi uchun mashqlar tanlash gimnastika darsining asosiy qismiga qo'yilgan vazifaga, mashg'ulotni o'tish sharoitiga va eng awalo, uning oldiga qanday vazifalar qo'yili- shiga, guruhdagi o'quvchilarning jismoniy tayyorgarligiga, jinsiga va ularning salomatlik darajasiga bog'liq.
Darsning tayyorgarlik qismida qo'llaniladigan mashqlar xilma- xildir. O'quvchilar dars davomida turli xil rejimda (kuch ishlatish va bo'shashish maromi, mushak guruhlarining mashq bajarishda uzliksiz almashinib turishi) ishlashga majbur bo'lishib, butun tayanch-harakat apparatini faol ishga soladigan ko'p sonli va turli xil mashqlarni bajaradilar.
Mashqlarni takrorlash.Darsning tayyorgarlik qismi, aksari, saf mashqlarini bajarishdan boshlanadi. Harakat turlarini (sport o'yinlari, yurish, yugurish) saf mashqlari o'rnida yoki bevosita saf mashqlaridan so'ng qo'llash mumkin. Umumrivojlantiruvchi mashqlar to'plarni darsning tayyorgarlik qismini yakunlaydi. Ba'zan
(asosiy qismning mazmuniga qarab) umumrivojlantiruvchi mashqlar bajarilishi, boshqa mashqlardan oldinroq o'tilishi mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar to'plarni ularning bajarilish jadalligining oshib borishiga qarab, uning oldiga qo'yilgan vazifasiga qarab takrorlanadi. Mashg'ulotning boshida mo'tadil ko'lamda va sekin bajariladigan mashqlar tavsiya qilinib, ularning bajarilish miqdori cheklanadi. Mashqlar to'plamini bajarish davomida harakat ko'lami, sur'ati va miqdorini oshirib bormoq kerak.
Darsning tayyorgarlik qismini o'tishga oid umumiy uslubiy ко 'rsatmalar. Gimnastika darsining tayyorgarlik qismini o'tkazishda o'qituvchi quyidagilarni amalga oshira bilishi kerak:
o'quvchilarga mashqni tushuntirishning turli usullaridan foydalanishni;
ko'maklashish, ularda to'g'ri va chiroyli qaddi-qomatni shakllantirishni;
qo'yilgan xatolarni tuzatish, mashqlarni bajarishda gimnastika harakatlariga rioya qilishni;
o'quvchilarni maydonchada (zalda) tez va qulay joylash- tirishni.
O'qituvchi darsni tushuntirishda turli usullardan foydalanishi mumkin (ko'rsatish, ifodalash va og'zaki aytib berish):
Tushuntirishning oddiy usuli bu bevosita ko'rsatish va tushuntirish. Bu usul o'quvchilarning har qanday tayyorgarlik va sport taba- qasiga mos kelaveradi hamda o'qituvchiga muayyan mashqning vazifasini, tafsilotini tushuntirgan holda ko'rsatib berish imkonini beradi.
Bo'laklarga ajratib tushuntirish usuli. O'qituvchi mashqni oddiy harakatlarga ajratib ko'rsatadi va tushuntiradi, shuningdek, bir yo'la o'quvchilarga harakatlarni bajarishni taklif etadi, shu bois mashqning har bir qismining aniq bajarilishiga erishadi.
Og'zaki tushuntirish. O'qituvchi mashqni ko'rsatmasdan og'zaki tushuntiradi. Bunday usul o'quvchilarning e'tiborini kuchay- tiradi va ularning mustaqilligini tarbiyalashga ko'maklashadi. Maktab- gacha va kichik maktab yoshidagi bolalar bilan mashg'ulot o'tayot- ganda, o'qituvchi darsni bolalarni himoya qilish tarzida olib borishi mumkin. Bolalar esa uni o'z tasawurlarida go'yo harakat tajribalariga mos keladigan harakatlarni bajarayotgan holda tinglashadi.
Ko'rsatish usuli bilan tushuntirish. O'qituvchi mashqni so'z- siz, faqat ko'rsatadi. Mashqni ko'rsatgandan keyin u mashqni boshlash va tugallash uchun zarur bo'lgan buyruqlarni beradi yoki
Darsning tayyorlov qismi umumrivojlantiruvchi mashqlar to'plarni bilan tugallanadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar to'plamini bajarish osoyishtalik bilan boshlanib, asta-sekin shiddati o'zgaradi (qo'llar, oyoqlar va bo'yinning cho'zilish va qisqarish mushaklari uchun). Bo'yin, qo'l, tana, oyoq va butun gavda mushaklari uchun mashqlar berish ketma-ketlik tartibi qabul qilingan. U asta-sekin yurish, chuqur nafas olish va mushaklarni susaytirish mashqlari bilan tugallanadi.