Vositalar Darsning yakunlovchi qismida qo'yilgan vazifalarni yechish uchun quyidagi mashqlar turidan foydalanish mumkin:
Tinchlantiruvchi mashqlar: yurish, sekin yugurish, silki- nish, bo'sh yurish, uqalash. Faol dam olish vositasi bo'lgan bu mashqlar o'quvchi organizmida tiklanish jarayonini tezlashtiradi.
Chalg'ituvchi mashqlar: diqqatni tortadigan xotirjam o'yin- lar, musiqa topshiriqlari va boshq. Bu mashqlar o'quvchilarni bo'lajak faoliyatga tayyorlashga ko'maklashadi.
O'quvchilarning kayfiyatini ko'tarishga ko'maklashadigan mashqlar: sport o'yinlari va estafetalar, raqs harakatlari, qo'shiq aytib yurish va boshq.
Mashg'ulotning bu qismida o'quvchilarning kayfiyatini ko'tara- digan mashqlar qo'llash lozim. Bu mashqlardan foydalanganda, yurak-tomir urishi hamda nafas olish tezlashishi nazorat qilib bo- rilishi kerak, chunki ular mashq bajarganda yoki o'ynaganda o'r- tacha bo'lib, tezda o'z holiga qaytadi.
Bu mashqlarning pedagogik ahamiyati juda kattadir. Ular jamoani uyushtiradi, kishilarga tetiklik, xushchaqchaq kayfiyat bag'ishlaydi, eng asosiysi, o'quvchilarda gimnastika mashg'ulotlariga qatnashish ishtiyoqini kuchaytiradi.
18-bob. MUSOBAQALAR
18.1. Musobaqalarning ahamiyati Gimnastika musobaqalari —o'quv-mashg'ulot jarayonining tarkibiy qismidir. Ular talaba (sportchi)larning gimnastikadan tayyorgarligini tekshirishning asosiy usuli. Musobaqalar muayyan bir o'quv davri uchun (chorak, semestr, yarim yillik, butun o'quv yili) o'quv ishiga aniq va obyektiv ravishda yakun yasashga yordam beradi.
Shuningdek, ular musobaqa qatnashchilarining axloqiy- irodaviy tayyorgarligini tekshirishning samarali vositasi bo'lib xizmat qiladi va jamoada uyushqoqlik va intizomlik hissini rivojlan- tiradi va shuningdek, iroda va jasoratni tarbiyalashga yordam beradi. Musobaqada u yoki bu tashkilot qatnashchUarining ko'rsatgan nati- jalariga qarab, o'quv-mashg'ulot jarayonining kelajakdagi yo'na- lishi belgilanadi, o'quv-mashg'ulot ishining usuliga o'zgartirishlar kiritiladi.
Bundan tashqari, musobaqalar eng yaxshi ko'rgazmali tashvi- qot vositasidir. Namunali tashkil qilingan va tantanali o'tkazilgan musobaqalarni qatnashchilar ham, tomoshabinlar ham uzoq vaqt eslab qolishadi. Musobaqalar gimnastikaning yoshlar o'rtasida keng tarqalishiga va ularning gimnastika sho'balari, sport klublarining mashg'ulotlariga doimo qatnashib yurishlariga jalb etadi.
18.2. Musobaqalarning turlari O'zbekistonning turli sport tashkilot va muassasalari, shu jum- ladan, umumta'lim maktablari, o'rta va oliy o'quv maskanlari hamda KSJ (Ko'ngilli sport jamiyatlari)ning sport ishida gimnastika musobaqalarini uyushtirish va o'tkazish borasida muayyan an'analar paydo bo'ldi. Ular maqsadi, shakli, ko'lamiga qarab quyidagi tur- larga ajratiladi:
1. Yo'nalishi (maqsadi) bo'yicha: Olimpiada o'yinlari, Jahon chempionati, Multi sport o'yinlari, Mika sovrini tasnifly musobaqalar, Xalqaro gimnastika federatsiyasi boshchiligida o'tkaziladigan turnirlar, mamlakat birinchiligi, kubogi, saralash musobaqalari, eng kuchli gimnast, g'olib jamoalarni aniqlash musobaqalari, o'rtoqlik uchrashuvlari, O'zbekiston gimnastika federatsiyasi boshchiligidagi ommaviy musobaqalar (osonlashtirilgan dastur bilan, ko'pkurashi bo'yicha vah.k.).
Shaxsiy, jamoa va shaxsiy-jamoali birmchilik va saralash muso- baqalari tasnifiy (C—I), jamoali musobaqalar finali (С—IV), ko'p- kurash (С—II) va sport jihozlaridagi final musobaqalar (С—III).
Tuman, shahar, viloyat, mamlakat birinchiligi yoki chem- pionati.
Ko'ngilli sport jamiyatlari, bolalar, o'smirlar maxsus sport maktablari va terma jamoaga saralash musobaqalari.
Ochiq musobaqalar, konkurslar, biron-bir tantanali kunga bag'ishlangan musobaqalar.
Odatda, har bir musobaqaga bir necha vazifa qo'yiladi. Masalan, sport maktablarining birinchiligida gimnastika mashg'ulotiga, chorakka, o'quv yiliga yakun yasash mumkin, shuning bilan birga, eng yaxshi gimnastlarining terma jamoaga (tuman, shahar va h.k. birinchiliklari uchun) nomzodlar tarkibini ko'rsatish mumkin. Bu musobaqa nizomda aniq ko'rsatiladi.
Musobaqalar dasturi
Musobaqalarning vazifasi, qatnashuvchilar tarkibi va o'tka- zilish shartiga qarab, dasturlar bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin. Masalan, sportchining texnik tayyorgarligini aniqlash va unga biror sport toifasini berish uchun davlat (tasnif) dasturlari mavjud. Turli xil sport musobaqalari uchun dasturlarni musobaqa o'tkaza- digan tashkilotning o'zi (bolalar, o'smirlar maxsus sport maktablari, kasb-hunar kolleji va boshq.) tuzishi mumkin. Bunday musobaqalar osonlashtirilgan dastur va soddalashtirilgan qoida bo'yicha, XGF qoidasiga tayangan holda o'tkaziladi.
Musobaqalar nizomi
Musobaqa o'tkazish to'g'risidagi nizom uni o'tkazadigan tash- kilot tomonidan tasdiqlangan bo'lib, unda ishtirokchilarni va musobaqa o'tkazadigan mas'ul shaxslarni tayinlash bilan bog'liq barcha tashkiliy ishlar rejalashtiriladi. Nizom musobaqani o'tkazadigan tashkilot tomonidan sport tadbirlari taqvimi asosida ishlab chiqiladi va musobaqa boshlanishidan kamida 3 oy oldin ishtirok etadigan jamoalar (bolalar va o'smirlar sport maktablari)ga tarqatiladi.
Musobaqa nizomida quyidagilar ko'rsatiladi:
maqsad va vazifalar;
272
ishtirokchilarga musobaqaga qatnashishga ruxsat berish va
g'oliblarni aniqlash shartlari;
g'oliblarni mukofotlash.
Odatda, har bir jamoada eng yaxshi natijalar, masalan, 6 tadan
4—2 tasi hisobga olinadi. Bunda ayrim ishtirokchilar, jamoalar o'rta-
sidagi sport bellashuvining borishi aniq ifodalanadi, bu esa muso-
baqalardagi kurashni keskinlashtirib yuboradi.
18.5. Musobaqaga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish Bo'lajak musobaqaga tayyorgarlik ko'rish ishlari, musobaqaning
ko'lamidan qat'i nazar, uning boshlanishidan ancha ilgari olib
borilishi kerak. Bunda barcha tadbirlarni uch bosqichga bo'lish
maqsadga muvofiqdir.