O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə101/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Musobaqaga yakun yasash. Tugagan musobaqani tez yakunlash bosh kotibning mohirona ishlashini talab qiladi. Musobaqa davomida bosh kotib har bir qaydnomada o'rtacha va yakuniy ballarning to'g'ri chiqarilganligini tekshiradi va shundan keyin, o'tgan tur natijalari bilan qo'shib, tugallangan ko'pkurash turining natijasini hisobga olgan holda ballar yig'indisini aniqlaydi. Agar musobaqa bir necha smenada o'tkazilsa, unda o'tgan smenalarning eng yaxshi natijalarini ham hisobga olmoq zarur.
U yoki bu dastur (toifa) bo'yicha musobaqaning tugallani- shidan keyin, ishtirokchilarning ko'rsatgan natijalari tekshiriladi va jamoa natijalari hisoblab chiqiladi.
G'oliblarni mukofotlash. Musobaqa g'oliblarini musobaqa yopilishidan oldin mukofotlash lozim. Ammo hisoblab chiqish murakkab bo'lsa (dasturning har xil bo'lishi, jamoalar tarkibining bir xil bo'lmasligi va h.k.lar) va uni qisqa vaqt ichida yakunlash imkoni bo'lmasa, mukofotlashni musobaqa yakuniga bag'ishlangan maxsus kechada o'tkazish kerak.
Mukofotlash marosimi har doim tantanali, ishtirokchilarga, tomoshabinlarga qiziqarli bo'lishi lozim.

Musobaqani yopish marosimi. Musobaqaning yakunlovchi marosimiga barcha ishtirokchilarni yoki faqat oxirgi smena sportchilarini jalb etish mumkin. Jamoalar o'ng qanotdan shu musobaqada egallagan o'rinlariga muvofiq joylashadi. Musobaqa yakuni e'lon qilinadi va shu zahoti g'olib jamoalar mukofotlanadi. Bayroq tushirilgandan keyin, namoyishning barcha ishtirokchilari tantanali marsh bilan g'olib jamoa ortidan zaldan chiqib ketishadi.
Musobaqa hisobotini tuzish. Musobaqa tugagandan keyin bosh hakam (bosh kotib bilan birgalikda) hisobot tuzadi, unda quyida­gilar ko'rsatiladi:

  • musobaqaning nomi va dasturi, o'tkazilgan joyi va muddati;

•jamoa va shaxsiy birmchilikning natijalari, shuningdek, toifalar
talablarini bajaigan va tasdiqlagan sportchilar to'g'risida ma'lumotlar;

  • ko'pkurash turlari (dastur) bo'yicha — hakamlar guruhining tarkibi;

  • o'tkazilgan musobaqani uyushtirish va o'tkazishdagi ayrim kamchiliklar va keyingi musobaqalarda e'tiboiga olish uchun takliflar.

Bu umumiy hisobot musobaqaning bosh hakami va bosh kotibi tomonidan imzolanib, dastlabki musobaqalar tugallangach, 30— 40 minutdan keyin, yakuniy musobaqalarda, ertasi kuni ishtirokchi tashkilotlarning vakillariga yakuniy musobaqalarda qatnashadigan sportchilar ro'yxati tarqatilib berilishi kerak.
18.6. Ommaviy musobaqalarni o'tkazish
Ommaviy musobaqalaiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazishda ularda ko'p sportchilar qatnashishini hisobga olish muhim, chunki mak- tablarda ommaviy musobaqalarni uyushtirishga boshqacha yondashish zarurligini ko'rsatmoqda. Maktab o'quvchilari orasida gimnastikadan ommaviy musobaqalar o'tkazish keng tarqalgan. Ularni birdaniga 3—4 to'da va undan ko'proq to'dada o'tkazish mumkin. Erkin mashq­larni, ertalabki gigiyenik gimnastika shaklidagi mashqlarni bajarish uchun birdaniga butun jamoani (har bir ishtirokchi uchun alohida belgilar bo'lsa, yaxshi bo'ladi) maydonchada joylashtirish kerak. Mashqlarning sifatini baholaydigan hakamlar guruhi sportchilarning mashq bajarishi yaxshi ko'rinadigan joyda o'tirishadi.
Jamoa sportchilari musobaqa dasturidagi mashqlar bajarilishini yakunlab, «erkin» holatida bo'ladi va hakamlar ko'rsatkichlar orqali ularning baholarini ko'rsatadilar, kotiblar esa bu baholarni umumiy qaydnomaga ko'chiradi. Musobaqa shunday tashkil qilinganda jamoa mashq bajarish uchun 3—5 minut vaqt sarflaydi, xolos.



Jamoalarning bir turdan ikkinchi turga o'tish tartibini bayon- nomada ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu turlarni almashtirishdagi noaniqlikni bartaraf etadi va unga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.
Zal, gimnastika maydonchasi, o'yingoh kotibi maktab hovli- sining hajmiga va hokazolaiga qarab, u yoki bu to'da uchun musobaqa dasturining turlari (jihozlar)ni sektorlar bo'yicha yoki doira bo'ylab joylashtirishi mumkin.
Ommaviy musobaqalarni boshqarish uchun bong bo'lishi kerak, bong urilganda barcha jamoalar joy almashtirish uchun tayyorla- nadilar, harakat musiqa jo'rligida amalga oshiriladi, bunda ishtirok- chilar jadvalga muvofiq navbatdagi turga o'tadi. Ommaviy musoba­qalar shu tarzda uyushtirilganda har bir jamoa sardori va kuza- tuvchi o'qituvchilarga katta mas'uliyat yuklanadi. Ular ishtirokchi- larni uyushtirishlari va o'z vaqtida musobaqaning bir turidan ikkin- chisiga almashishlarini ta'minlaydi.
Gimnastika bo'yicha ommaviy musobaqalar tashkilotlar, o'quv maskanlari va boshqa jamoalarda (semestr, yarim yillik va h.k. o'quv musobaqalari), shuningdek, «Alpomish va Barchinoy» sog'lomlash­tirish testining gimnastika talablariga binoan o'tkazilishi mumkin.
Musobaqa oxirida, kotibiyat (har bir jamoa) har bir qat- nashchi va butun jamoaning erishgan natijalarini (ommaviy muso­baqa nizomiga muvofiq) hisoblab chiqadi va bosh hakamlar hay'ati (ko'pincha, bosh hakam) aniqlangan ballar yig'indisiga ko'ra qatnashchilarni mukofotlaydi. Undan tashqari, musobaqa oxirida eng kuchli jamoalar va ishtirokchilar (shaxsiy) aniqlanadi, ular muayyan musobaqaning g'oliblari sifatida mukofotlanishadi.
18.7. Gimnastikada hakamlik qilish
Hozirgi kunlarda gimnastika musobaqalarida hakamlik qilish, har bir hakamdan shu soha bo'yicha yaxshi bilim, malaka va yetarli darajada amaliy tajribani talab qiluvchi murakkab jarayondir. Shu­ning uchun ham musobaqa hakamlariga faol va muvaffaqiyatli ish- lash uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Hakamlar musobaqa qoidasi va dasturini, qo'shimcha maxsus talablarni va bajarish murakkab bo'lgan mashqlar texnikasini mukammal bilishi shart. Hatto quyi toifali gimnastlar ishtirok etayotgan kichik (umumta'lim maktab- lari, kollej, litsey, tuman va boshq.) tashkilotlarda «Alpomish va Barchinoy» sog'liq darajasini aniqlaydigan testlar mezonlarini topshirish osonlashtirilgan o'quv dasturlari bo'yicha o'tkaziladigan

musobaqalarda hakamlik qilish uchun ham muayyan malakaga ega bo'I ish zarurdir.
Adolatli baholashga mas'uliyatli yondashish (hakamlik qilish) uchun, hakamlar musobaqaga oldindan tayyorgarlik ko'rishi zarur. Shu maqsadda hakamlar guruhi uchun maxsus seminarlar uyush- tiriladi. Sinash uchun hakamlik qilib ko'riladi (guruhlar bilan). Hakam nimani baholaydi? U mashq (majburiy dastur) mazmu- nini, sportchilarning mashqlarni bajarish mahoratini va bosh hakam- ning qo'shimcha ko'rsatmalarini yaxshi bilishi shart.
Hakamlar, sportchilar bajaradigan mashqlar musobaqa qoi- dasida yozilganga mos kelishini, mashqlarni xatosiz, elementlarning tuzilishini buzmasdan, qomatni to'g'ri tutib, katta ko'lamdagi hara­katlar bilan aniq, ishonchli hamda nafis bajarilishini talab qiladi va uni oqilona baholaydi.
Bajarilgan mashqlar 10 ball bilan baholanib, kichik xato uchun, (ahamiyatsiz) 0,1 ball; o'rtacha xato uchun (muhimroq xato uchun) 0,2 ball; qo'pol xato (buzib bajarish) uchun esa 0,3 ball; jihozlardan qulashda 0,5 ball kamaytiriladi.
Hakam gimnastlar yo'l qo'ygan hamma xatolarni ko'rishi shart. Hakam (ayniqsa, hakamlik faoliyatining boshida) xatolarni mayda, o'rta va qo'pol xatolarga mos keladigan shartli belgilardan foydalanib ifodalashi, agar element birikmasi tushirib qoldirilgani yoki buzib bajarilganini sezib qolganda, uni qaydnomada yozib, belgilab bori- shi kerak. Bularning hammasi butun mashqning bajarilishini yodda yaxshiroq tiklash va uning qaysi qismlarida qanday xatoga yo'l qo'yil- ganligini aniqlash imkonini beradi; to'g'ri baholash, ayniqsa, ha­kamlar bergan baholar orasida katta farq yuz berganda muhimdir. Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, hakam bafiarda yakuniy bahoni qo'yadi va uni ko'igazma kitobcha yordamida katta hakamga ko'rsatadi.
1997-yilda xalqaro musobaqalar qoidasiga o'zgartirish kiritilgan bo'lib, bu qoida asosida musobaqalarda xizmat qiladigan hakamlar ikki guruhga bo'linadi (tayanib sakrashlardan tashqari): «А» va «В». «А» guruhda ikki, «В» guruhida to'rt-olti hakam. Har ikki guruh, hay'at raisi rahbarligida ish olib boradi.
«А» guruh hakamlari bajarilgan mashqlarning murakkabligini, maxsus talablarga javob berganini aniqlab, ularni qo'shimcha ballar bilan baholaydi.
«В» guruh hakamlari bajarilgan mashqlarning bajarilish texni­kasi, jozibadorligining estetik bajarilishi, sportchining qaddi-qoma- tini tutishini o'rtacha ballar bilan baholaydi. Sportchi chiqishining





Л
3 w о

so

so
oo"

m
Г- 1П
\6

in

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin