O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə94/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Darsda shug'ullanuvchilar oldiga qo Qiladigan talablar. O'qituv­chi dars vazifasini belgilash va uni yechish uchun, albatta, yangi pedtexnologiya vositalarni tanlaydi. Eng muhimi, dars dasturida ko'rsatilgan hamma mashqlarning o'quvchilar tomonidan yuqori sifatda bajarilishiga erishish. Bunda o'quv jarayoni boshqarilmaydigan bir tadbirga aylanib qoladi.


O'qituvchi darsda o'quvchilarning xatti-harakatini nazorat ostida olib borishi, ulardan mashg'ulot jarayonida mashqning sifatli darajada bajarilishini talab qilishi lozim.
O'qituvchining gimnastika darsini tashkillashtirishi va o'quv- chilarga yuqori darajada talabchan bo'lishi, uning obro'sini ko'tarib, o'quvchining fanga bo'lgan qiziqishini oshiradi.
O'quvchilarga bo'lgan talabchanlik, o'qituvchi kutgan natijaga erishish uchun zamin yaratishda quyidagilarga rioya qilish shart:

            1. Topshiriqdan chetga chiqadigan hech bir hodisaga yo'l qo'y- maslik.

            2. O'quvchilardan mashqlarning sifatli bajarilishini talab qilish, biroq bu talab ularning tayyorgarlik darajasidan yuqori bo'lmasin.

            3. Mashqlarni bajarganda yo'l qo'yilgan xatolar o'quvchilar ruhini, kayfiyatini buzmasligi kerak.

Darsda intizom yuqori darajada o'rnatilishi shart. Bu o'quvchi­larning dars davomida mehnat intizomini saqlash degani emas, albatta. O'quvchilar bilan dars intizomini shunday o'rnatish kerakki, o'qi­tuvchi istagan vaqtda o'quvchilarni mashq bajarishga jalb qila olsin.
17.3. Darsning tayyorgarlik qismi
Darsning tayyorgarlik qismida, shug'ullanuvchilarni darsning asosiy qismi vazifalarini unumli yechishga tayyorlash kiradi.
Tayyorgarlik qismi — guruhni uyushtirish va shug'ullanuvchi- larning faol va yuqori kayfiyat bilan shug'ullanishiga psixologik zamin yaratadi. Tayyorgarlik qismi o'z vazifasiga ko'ra, uch katta guruhga bo'linadi:
• mushaklar chigilini yozish fiziologik (sog'lomlashtirish), bilim berish va tarbiyaviy.
Fiziologik maqsadga yetish vazifalari:
a) dars shug'ullanuvchilarning markaziy asab tarmog'ini tay­yorlash va vegetativ funksiyalar hamda sensor tizimlarni faol ish- lashga tayyorlash. Bunda o'quvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash, organizm faoliyatini oshirish va mehnat faolligming samaradorligini ta'minlaydigan qulay sharoit yaratish;

b) o'quvchilardan mashq bajarishda taalluqli mushak zo'ri- qishini, chidamlilikni, tezkorlikni talab qiladigan faoliyatga, hara- kat-tayanch apparatlari va bo'g'imlarning tayyorligini ta'minlash;
d) harakat apparatlarini katta amplitudada harakat qilishga tayyorlash.
Bunda shug'ullanuvchilarni oldindan har tomonlama tayyor­lash, ularni turli xil jarohatlanish va zo'riqishdan saqlashga zamin yaratiladi. Yuqorida qayd qilib o'tilganlarga rioya qilish o'quvchilarni mehnat unumdorligi va dars saviyasini ko'tarishga olib keladi. Bu esa o'z o'rnida darsni uslubiy to'g'ri tashkil etishga bog'liq.
Darsning tayyorgarlik qismi yakunida mashg'ulotlar hajmi, shiddatini kerakli darajada (160—180 d/ur) oshirish, shug'ullanuv- chining dars asosiy qismiga tayyorligini oshiradi, jismoniy, pisixologik zo'riqishlarga tayyorlaydi va intizomni, ularning mashq­larni bajarishga bo'lgan diqqatini oshirishga olib keladi. Juda past yoki haddan ko'p jismoniy mashqlarni bajarish teskari natijani beradi.
Bilim berish vazifalari:

              1. Shug'ullanuvchilar o'rganiladigan mashqlar texnikasi to'g'ri­sida ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak, ularni qo'llashda harakat fao­liyatini belgilab bergan gigiyenik, davolash, sportda har xil para- metrlar (zo'riqish darajasi, yo'nalish ko'lami, jadalligi va bajarish tezligi) bilan bajarish ko'nikmasini shakllantirish, dam olish, ovqat- lanish, gimnastika mashqlari bilan shug'ullanish va boshq.

              2. Harakat faoliyatining alohida qismlarini yoki tugallangan oddiy harakatlarni o'zlashtirish.

              3. O'quvchilarning yangi harakat faoliyatini tez va sifatli o'zlash- tirib olish imkoniyatlarini oshiradigan harakat bazasi, darsga tay­yorgarlik qismidagi ta'lim berish vazifalarini hal qilish (umumrivoj­lantiruvchi, qo'shimcha, sport-gimnastik mashqlar, qaddi-qomatni to'g'ri tutish) natijasida o'zlashtiriladigan ko'nikma va malakalar hosil qiladi.

              4. Mashqlarni bajarishda gimnastlarga xos yondashish, saf hara- katida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kushlari Ustavi talabiga rioya qilishga o'rgatadi.

              5. Psixomotor qobiliyatini rivojlantiradi.

Tarbiyaviy vazifalari:

                1. Gimnastika mashg'ulotlariga chuqur ishonch, zo'r ishtiyoq bilan faol shug'ullanish.

                2. Tashqi ko'rinish, tozalik va gigiyenani saqlashga o'rgatish. Kamtarlikni, mehnatsevarlikni, o'qituvchi bergan vazifalarni



mas'uliyat bilan bajarishni, o'rtoqlari va o'zidan kattaga hurmat bilan qarash, yordamga muhtojlarga doimo ko'maklashishga tayyor bo'lish.

                1. Harakatda qaddi-qomatni to'g'ri tutishni, o'zini o'zi hurmat qilishni, mardlikni, yuqori darajada o'z irodasini namoyon qilish.

                2. Jamoa bilan birga bo'lishni, sheriklariga beg'araz yordamga tayyor bo'lish, ma'naviy-ma'rifiy jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etish.

                3. Pedagoglar tomonidan guruh, jamoa, sinfga berilgan har qan- day topshiriqni mas'uliyat bilan bajarish.

                4. Yangi mashqlar texnikasini o'zlashtirishga ijodiy yondashish.

Darsdagi sog'lomlashtirish, ta'lim va tarbiyaviy maqsadlar bir
biri bilan chambarchas bog'liq, lekin ulaiga ajratilgan vaqt mashg'u­lot tashkillashtirish sharoiti, kutilmagan va oldindan rejalash- tirilmagan hodisalar sababida o'zgarishi mumkin.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin