285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
Darsning zichligi. Darsning umumiy zichligi (foiz hisobida) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
7\.-100 P= —
umum rp » LU bu yerda, Pumum—darsning umumiy zichligi;Tf— foydali faoliyat uchun (mashg'ulotga to'g'ridan to'g'ri daxldor harakatlar uchun) sarf qilinadigan vaqt, bunga mashqlarni bajarish, ularni bajargandan keyin organizmning tiklanishi zarur bo'lgancha dam olish, o'qituvchining amalda ko'rsatishi va og'zaki aytib berishini tahlil qilish kiradi; Tu—dars jadvali bo'yicha belgilangan umumiy vaqt.
Mashg'ulotning umumiy zichligi mashg'ulot to'g'ri uyushtiril- ganda 100 % ga yaqin bo'lishi kerak. Bu ko'rsatkichning pasayishi o'qituvchi yo'l qo'ygan xatolar natijasida kelib chiqadi. Jumladan:
1. Mashg'ulot joyi va sport jihozlarini o'z vaqtida tayyorlamaslik, mashq bajarishda ketma-ketlikni rejalashtirmaslik natijasida darsda o'quvchilar sababsiz o'z navbatini uzoq kutib qolishiga olib keladi.
O'qituvchining darsga tayyor emasligi.
O'qituvchining darsni uzoq yoki samarasiz tushuntirishi.
O'quvchilarning darsda intizomni yuqori darajada saqlama- ganligi.
Darsning motor zichligi —mashg'ulotda bevosita mashq bajarish uchun sarf qilingan sof vaqti mashg'ulotning umumiy vaqtiga nisbati (foiz hisobida) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
=rmioo mot rp ' lU bu yerda, Pmot— darsning motor zichligi; Tm—mashq bajarish uchun sarflangan sof vaqt.
Motor zichligining umumiy zichlikdan farqi, 100 % ga yet- maydi. Motor zichligining umumiy ko'rsatkichga nisbati, mashg'ulotda mashqlarni bajarish sifatiga baho berib bo'lmaydi. Motor zichlik mashg'ulot davomida doimo o'zgarib turishi mumkin. O'zga- rishlarning paydo bo'lishiga sabab, eng awalo, qo'llaniladigan mashqlar tarkibining har xil bo'lishi, ularni qo'llash joyi va uslu- biyatining farqi. Masalan, darsning tayyorgarlik qismi uchun o'rtacha tezlikda bajariladigan mashqlar frontal usulda bajarilishi va dam olish uchun kichik tanaffuslar bilan (ayrim hollarda tanafTussiz) o'tkazilishi.
Motor zichligi ko'rsatkichi darsning tayyorgarlik qismida har doim yuqori bo'ladi. Sport gimnastikasi darsining asosiy qismida katta zo'riqish talab qiluvchi mashqlar qo'llanishi, motor zichligining ko'rsatkichlarining past bo'lishiga olib keladi. Shuningdek, mashg'ulot (dars)ning tayyorlov qismi o'rtasida ham motor zichligi ko'rsatkichlari mashg'ulot turiga (gimnastika ko'p kurashi nazarda tutiladi) qarab o'zgarishi mumkin.
Darsning motor zichligini yuqori darajaga ko'tarish uchun quyidagi usullarni qo'llash mumkin:
jihozlarda ayrim mashqlarni (tortilish, tortilib aylanib chiqish, yotgan holda qo'llarni bukib to'g'rilash va h.k.) ikki, uch o'quv- chi bir paytda bajarishi;
sport jihozlari va bajarish vositalarini ko'paytirish;
kirish va tayyorlash mashqlarini bajarishda qo'shimcha joylar tashkil etish;
darsni o'tishda aylanma usullarni qo'llash.
Ushbu usullarni qo'llashdagi samara, asosan, o'quvchilarning faolligiga bog'liq.