285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
Elvira Fuadovna Saadi— sport gimnastikasi bo'yicha mam-
lakatda xizmat ko'rsatgan sport ustasi (1974), Jahon chempioni,
bir necha bor xalqaro musobaqalar g'olibi va sovrindori (1972,
1976), ikki marta Olimpiada chempioni, «Xalqlar do'stligi» ordeni
sohibasi.
biyasiga oladi. G.S. Titovnomli Olimpiada zaxiralari tayyorlovchi
maxsus sport maktab-internatda o'qiydi. Andrey Fedorovich
Rodionenko Oksanani o'z tarbiyasiga olib, uni Moskvaga, o'quv
mashg'ulotlariga taklif etadi. 1990-yildan Oksana Chusovitina — sport
gimnastikasi bo'yicha sobiq Ittifoq terma jamoasining a'zosi. Oksana
o'sha yilning yozida terma jamoa tarkibida AQSHning Sietl shahrida
«Yaxshi niyat o'yinlari» musobaqasida ishtirok etib, jamoa tarkibida
oltin medal sohibasi bo'ldi. 1989-yil Oksana sport ustasi mezonini
bajaradi. 1990-yilda esa xalqaro toifali sport ustasi unvoniga sazovor
bo'lgan, 1991-yili SSSRda xizmat ko'rsatgan sport ustasi.
yili Parijda o'tkazilgan Jahon chempionatida bronza
medaliga erishadi. Ispaniyaning Barselona shahrida bo'lib o'tgan
XXV Olimpiada o'yinlarida Oksana jamoa tarkibidagi yana bir
o'zbekistonlik gimnast Rozaliya Galiyeva bilan birgalikda MDH
(Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi) oltin medal sohibasi bo'lishdi.
yil Angliyada bo^ib o'tgan Jahon chempionatida Oksana
Chusovitina tayanib sakrash mashqida 9,710 ball to'plab, uchinchi
o'rinni egalladi. Shu yili Ispaniyada o'tkazilgan xalqaro musobaqada
xodada mashq bajarish bo'yicha (9,55 ball) ikkinchi o'rin, tayanib
sakrashda (9,95 ball) ikkinchi o'rin, qo'shpoyada (9,65 ball)
ikkinchi o'rin, erkin mashqlar bajarishda (9,72 ball) ikkinchi o'rin,
natijada ko'p kurashda (38,35 ball) ikkinchi o'rinni egalladi.
Oksana Chusovitina besh Olimpiada o'yinlarida qatnashib,
yuqori o'rinlarni egallagani uchun Ginnes rekordlari kitobiga
tushgan jahon gimnast ayollari orasida yagona sportchidir.