O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə2/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

2. Xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalanish. Organizmning morfologik funksional tarmoqlari va jismoniy sifatlari (kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, chaqqonlik va chidamlilik)ni har tomon-



lama garmonik tarbiyalash va rivojlantirish jismoniy mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda, asab tizimining moslashtirish mexanizmiga ta'sir ko'rsatilib, uning moyilligi ortishi bilan sport texnikasining asoslari shakllana boradi.

      1. Organizmning kerakli a \zolarini takomillashtirish. Talaba o'z oldiga qo'ygan maqsadni yechishda, organizm mushaklarini tarbiyalash kerak bo'lgan qismlariga ta'sir qilishda xilma-xil mashqlar tanlab bajarish usullari aniq bo'lishi natijasida, mushak-bo'g'im guruhlariga ta'sir etish orqali erishadi. Bu talabalaiga kerakli jismoniy sifatlarning rivojlanishiga ko'maklashadi va jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratadi.

      2. О'quv jarayonining qat Чуme 'yorda bo 'lishi va jismoniy yukla - malarni aniq tartibga solish. Ta'lim berish jarayonini tashkil qilish turli uslubiy usullardan foydalanish bilan bir qatorda, ta'lim berishning o'ziga xos xususiy maqsad va vazifalarini birin-ketin hal qilish tamoyiliga bog'liq. Bu holat jismoniy va boshqa sifatlarning tobora rivoj topishini ta'minlaydi. Jismoniy yuklamalarning ta'sir- lanish sur'ati va chegarasini o'zgartirish hamda mashqlami ijro etish ketma-ketligini yo'lga qo'yish, turli qo'shimcha og'irlik va qurilmalardan foydalanish orqali sportchilarni tayyorgarlik daraja- siga e'tiboran belgilasa bo'ladi.

      3. O'z oldiga qo'ygan maqsadga erishishda mashqlami uzluksiz murakkablashtirish va ularni uyg'unlashtirish jarayoni.

Mashg'ulotlar natijasida talaba ko'nikma hosil qilgandan so'ng, uning murakkab turiga o'tiladi. Keyinchalik shu mashq va uning to'plami ham murakkablashtiriladi, o'rganilgan mashqlar belgisi ikkinchisiga qo'shib bajariladi va ularga yangi yoilanma beriladi. O'rganilayotgan o'quv mashqlarining sifati (miqdor jihatdan) yangicha ifodaga ega bo'ladi hamda sportchi organizmiga ijobiy ta'sir etib, u kutgan natijaga olib keladi. Bir xil mashqlarning organizmga turlicha ta'siri natijasida har xil vazifaga erishish uchun ularni uslubiy jihatdan xilma-xil o'zgartirish (yo'naltirilganini chegaralash, mashq bajarishning o'yin yoki musobaqa shakllaridan foydalanish) yo'li bilan amalga oshirish mumkin.
Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari bir-biri bilan uzviy bog'liq- dir. Ularni qo'llashda mashg'ulotlar jarayonida beriladigan mashq­larning talaba organizmiga ko'rsatadigan ta'sirini to'g'ri hisobga оЦЬyuklama berilsa, talabalarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarni barkamol rivojlantirish vazifalari, ta'lim-tarbiya vazifalari maqsadga javob beradigan darajada yechim topadi.

1.3. Gimnastika turlari

Maxsus ishlab chiqilgan harakat shakllari gimnastika vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida insonning hayotiy muhim harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi. Ko'pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvoza- nat saqlash, uloqtirish, to'siqlardan oshib o'tish, yuk tashish va shu kabilar)dan olingan.
Jismoniy madaniyat va sport amaliyoti fanining rivoj topishi bilan butun bir harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib olingan harakatlardan iborat mashqlar paydo bo'la boshladi. Bu mashqlar, asosan, harakat asoslarini o'rgatish uchun, jismoniy sifatlarni rivoj­lantirish, turli pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun qo'llaniladi. Gavdaning ayrim a'zolariga mo'ljallangan hamda turli gimnastika jihozlarida bajarilgan mashqlar shular qatoriga kiradi.
Gimnastika mashqlari bilan shug'ullanuvchilarning tayyorgar- ligiga va pedagogik vazifalarni yechish uchun ulardan foydalanishda orttirilgan tajribalarni nazarda tutib guruhlanadi. Mashqlar an'ana- viy ravishda quyidagi gimnastika vositalariga ajratiladi:

        1. Saf mashqlari.

        2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM).

        3. Ko'makchi mashqlar (прикладные упражнения).

        4. Erkin mashqlar.

        5. Badiiy gimnastika mashqlari.

        6. Akrobatik mashqlar.

        7. Sakrashlar.

        8. Sport jihozlarida bajariladigan mashqlar.

Ushbu tarzda gimnastika vositalarining guruhlarga taqsimlanishi:

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin