O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə1/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA


MAXSUS TA'LIM YAZIRLIGI

O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI

I.I. MORGUNOVA

GIMNASTIKA VA UNI
O'QITISH METODIKASI

Kasb-hunar kollejlari uchun о'quv go 'llanma
3-nashri






UO'K 796.4 (075) КВК 75.6уа722 М75
Oliy va о'rta maxsus, kasb-hunar ta Timi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
O'quv qo'llanmadagi materiallarning berilishi jismoniy tarbiya fanidan mutaxassislar tayyorlaydigan O'MKHTM ta'lim standarti va namunaviy o'quv dasturiga mos bo'lib, besh qism va 22 bobdan iborat. Kitobda gimnastika sportining o'zbek tilidagi atamalari, uning rivojlanish tarixi, mashqlami o'rganish usullari, Olimpiada o'yinlaridagi o'rni, o'zbekistonlik gimnastlarning Xalqaro musobaqalardagi yutuqlari va shu sport turiga oid uslubiy ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanmaning oxirida olingan bilimlarni sinab ko'rish uchun nazorat savollari tavsiya etilgan.

Taqrizchilar:M.K. KARIMOV— O'zbekiston davlat jismoniy tar­biya institutining «Gimnastika» kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi;
N.N. MALININA — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti «Jismoniy tarbiya uslu- biyati va bolalar sporti» kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi.

ISBN 978-9943-16-029-3

© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2010-y. © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2013-y.

SO'ZBOSHI

«Gimnastika va uni o'qitish metodikasi» o'quv qo'llanmasi jismoniy tarbiya va sport bo'yicha maxsus tahsil oladigan talabalar uchun ta'lim standarti va namunaviy o'quv dasturiga muvofiq yozildi.
Sportning gimnastika turidagi hozirgi kundagi ilg'or izlanish va tajribalarni tatbiq etish hamda umumlashtirish natijasida olingan ilmiy ma'lumotlar berilmoqda. Ushbu o'quv qo'llanma gimnastika sporti bo'yicha o'zbek tilida birinchi o'quv qo'llanma bo'lib, boshqa fanlardan boblarning tuzilishi va mazmuni bilan ajralib turadi. U besh qismdan iborat bo'lib, ular quyidagilardan tarkib topgan:

  1. Gimnastika nazariyasi va uslubiyatining umumiy muammolari.

  2. Gimnastikaning asosiy vositalari.

  3. Gimnastika turlari.

  4. Mashg'ulotlarni o'tkazish shakllari.

  5. Tayyoigarligi turli darajada bo'lganlar bilan o'tiladigan mashg'u- lotlar xususiyatlari.

O'quv qo'llanmaning gimnastika atamalari bobi dotsent A.Yefe- menko tomonidan shu sohada olib borilgan izlanishlarga, «O'zbek tilining izohli lug'ati»ga, «Jismoniy tarbiya va sport lug'ati»ga hamda respublikamizda ko'pdan buyon ishlab kelayotgan o'qituvchilar va murabbiylarning amaliy mashg'ulotlarda qo'llab kelgan atamalarga tayanib tuzildi. Albatta, ayrim ibora (atama)lar ona tilida oldin qo'lla- nilmagani uchun, ulardan foydalanilganda muallif sabr-toqatli bo'lishni so'raydi.
Ushbu o'quv qo'llanmadagi ma'lumotlardan nafaqat o'rta maxsus o'quv yurtlari, kasb-hunar kolleji o'quvchilari, balki jismoniy tarbiya instituti talabalari, universitetlardagi jismoniy madaniyat fakul- tetlarining talabalari, jismoniy tarbiya o'qituvchilari va BO'SM murab- biylari foydalanishlari mumkin. Shuningdek, jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlaydigan o'quv muassasalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi. Muallif ushbu o'quv qo'llanmani tayyorlashda o'z yordamini ayamagan ustozi dotsent A.N. Normurodovga o'z minnatdorchiligini izhor etadi.
Muallif ushbu o'quv qo'llanma xususida gimnastika sporti muta- xassislari o'z fikr-mulohazalarini Toshkent shahri, Chexov ko'chasi, 12-uy, ToshDSHI «Jismoniy tarbiya» kafedrasiga bildirishlarini so'raydi.


I qism. GIMNASTIKA NAZARIYASIVA


USLUBIYATINING UMUMIY MUAMMOLARI


l-ЪоЬ. SPORT TURI USLUBIYATI VA MUAMMOLARI
1.1. Gimnastika to'g'risida qisqacha ma'lumot
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya — xalqimizni ko'tarinki ruhda, sog'lom tarbiyalashning tarkibiy qismi bo'lib, respublikamiz aholisini mehnatga, Vatan himoyasiga tayyorlashning, jismoniy jihatdan barkamol tarbiyalashning eng oson vositasidir.
Bugungi kunda O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, gimnastikaning rivojlanish tarixi hamda uning taraqqiyo- tini tasawur qilish uchun sobiq Ittifoq davriga ko'z tashlamasdan o4ish mumkin emas.
Turkiston hududida XVII—XIX asrda jismoniy tarbiya va sportning, shu jumladan, gimnastikaning mazkur mintaqada rivojlanishi va taraqqiy etishi Rossiyadagi jismoniy tarbiya va sport tarixiga bevosita bog'liq bo'lganini inkor qilib bo'lmaydi.
Ayni paytda O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning vosita- metodologiyasining yagona tizimi yaratilgan. Mazkur vositalarning eng ommaviylaridan biri bo'lgan gimnastika bu tizimda haqli ravishda muhim o'rin egalladi. Gimnastika mashg• ■ulotlarining eng muhim vazifasi yosh avlodni bolalik chog'idan boshlab, jismoniy va aqliy jihatdan sog'lom qilib tarbiyalash, ulardagi jismoniy va ma'naviy kuchlarni garmonik tarzda rivojlantirishdan iborat.
«Gimnastika» yunoncha «gimnos»
so'zidan kelib chiqqan bo'lib, «yalang'och» ma'nosini bildiradi. Shuningdek, yunoncha gymnotike (gymmazomurabbiy, mashq qildiraman so'zidan olingan) odam salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlari — jismoniy sifatlari: kuchi, chaqqonligi, tezkorligi, chidamliligi va boshqa jismoniy sifatlarini tarbiyalash, takomillashtirish uchun ishlatiladigan maxsus tanlangan jismoniy mashql^r uslubiyatlar tarmog'idir.
Gimnastikaning asosiy vazifalari:
1. Inson organizmining shakl va faoliyatini, jismoniy sifatlarini har tomonlama tarbiyalashga, takomillashtirishga, salomatligini

mustahkamlashga, umrini uzaytirishga hamda faol yashashga xizmat qiladi.

    1. Muhim hayotiy harakat, ko'nikma va malakalari (shu jum­ladan, amaliy va sport ko'nikmalari)ni shakllantiradi va maxsus bilimlar bilan qurollantiradi.

    2. Axloqiy, irodaviy va estetik xislatlarni tarbiyalaydigan, jis­moniy tarbiya sohasidagi zamonaviy yangi pedagogik texnologiya, fan yutuqlari asosida yaratilgan gimnastika mamlakatimizda yanada rivojlantirilib, odamlar hayotiga keng tatbiq etilmoqda.

Gimnastika o'quv-pedagogik va ilmiy fan sifatida o'z ichiga:

  • gimnastika nazariyasi;

  • gimnastika tarixi;

  • gimnastika o'qitish uslubiyati;

  • gimnastika ilmiy izlanish va ilmiy-uslubiy ishlarni qamrab oladi.

Bolalar va o'smirlarni jismonan hamda aqliy barkamol qilib
shakllantirishda gimnastikaning o'rni katta. Uning xilma-xil vosita va usullari boshlang'ich jismoniy tarbiya vazifalarini bajarishda yuqori o'rin tutadi. Bolalar va o'smirlarda jismoniy, aqliy hamda harakat sifatlarini tarbiyalash uchun asos yaratilib, organizmni funksional, jismoniy mashqlar vositasi ta'sirida tashqi muhitga qarshilik ko'rsatish imkoniyatlari o'stiriladi.
Gimnastikaning juda katta gigiyenik-sog'lomlashtirish ahamiyati bor. Qadimgi zamonning atoqli mutafakkirlaridan Galen, Gippokrat, Plutarx, Beruniy, Ibn Sino gimnastikaning davolash va sog'lom- lashtirish vositasi sifatiga yuqori baho berishgan. O'z o'mida rus olimlari I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, I.N. Mechnikov, P.F. Lesgafllar jismoniy mashqlarga, jumladan, gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib, «bu mashqlarning hayotiy faoliyat hamda ish unumdorligini oshi- rishini, organizmning kasallikka chidamliligini tarbiyalash va faol dam olishning eng yaxshi vositasi», deb tan olishgan.
Sportning bu turi bilan hamma — bolalar-u kattalar, keksalar-u yoshlar, jismonan chiniqqanlar, jismoniy tayyorgarligi yuqori bo'lganlar-u va endi boshlovchilar, sog'lom kishilar-u kasallikka chalinganlar ham shug'ullanishi mumkin.
Gimnastika bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumta'lim maktablarida, o'rta maxsus va oliy ta'lim maskan- larida, ko'ngilli sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, davolash va dam olish uylarida, sanatoriylarda va harbiy qismlarda shug'ullanishadi. Gimnastikaning bunchalik keng yoyilganligiga sabab, uning mashqlari hammaga tushunarli va xilma-xilligida hamda



jismoniy tarbiya fanining turli maqsad va vazifalarini bajarish uchun mashqlar ko'lamini tanlash imkoniyatining kattaligidadir.
Uning ta'lim-taibiyaviy ahamiyati beqiyos. O'quv yuklamalarining aniq taqsimlanishi shartliligi bois, talabalar harakatlarining tahlilini keng qo'llashda, o'rganilgan harakat faoliyatlarini xilma-xil bajarishda, murakkablashtirilishida, harakatlarni cheksiz mukammallashtirishda, shakl va muvofiqlashtirish jihatidan turli bo'lgan ko'p mashqlarni o'rganishda — bularning hammasi shug'ullanuvchilarga tana a'zolari imkoniyatini baholash va harakat faoliyatining umumiy qonuniyatlarini aniqlab olib o'rganishga imkon yaratadi.
Gimnastika odamni estetik tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Mashqlarni bajarish va namoyish etish texnikasi gimnastikaga xos uslub talab qiladigan darajada mukammal bo'lishi uchun harakatlar ravon va ifodali bo'lishi, mashq bajaruvchining harakatlari tomoshabinga yoqadigan, nafis bo'lishi kerak. Gimnastika mashqlari natijasida shug'ullanuvchining qaddi-qomati kelishgan bo'ladi. Gavda tuzilishidagi nuqsonlar bartaraf etiladi. Gavdaning ayrim qismlari rivojlanishida, umuman, tana shakllanishida mutanosiblikka erishiladi.
Gimnastikaning pedagogik jarayondagi o'rni yuksakdir. U bilan shug'ullanuvchilar ongli ruhda, faollik va mehnatga ijodiy muno- sabatda bo'lishi bilan ajralib turishadi. Mashg'ulotlarning qat'iy, bir tartibda olib borilishi, ta'lim jarayoni shug'ullanuvchilarning maksimal faolligini tashkil etish ularni intizomli qilib tarbiyalaydi.
Gimnastika aqliy ta'lim bilan jismoniy tarbiya birligining yorqin namunasidir. Qo'llaniladigan uslublar sportchilarning intellektual faoliyati faolligini rag'batlantirish imkonini beradi. Markaziy asab tarmoqlarining moyilligini, uning mushak faoliyatining turli holat- lariga moslasha olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. P.F. Lesgaft gimnastikaning boshlang'ich va o'rta ta'lim maktabidagi ahamiyatining o'rnini belgilab, bunday degan edi: «Aqliy va jismo­niy ta'lim o'zaro shunchalik chambarchas bog'lanib ketadiki, natijada, ular maktabning iyralmas maqsad va vazifasini tashkil etadi, chunki har qanday bir yoqlama tarbiya, ta'lim berishdagi uyg'unlikni buzadi, albatta, barkamol inson bo'lib shakllanish uchun sharoit yaratib bermaydi».
Jismoniy tarbiya o'zaro aloqador ikki yo'nalishda amalga oshiri- ladi. Bulardan biri umumtayyorlov yo'nalishi bo'lsa, ikkinchisi ixtisoslashgan-amaliy (kasbiy-amaliy, harbiy-amaliy va sport-amaliy) yo'nalishdir. Gimnastikaning vositalari, uning mashg'ulotlarni

tashkil etishdagi uslub va usullari har ikki yo'nalishda ham keng qo'Ilaniladi. Uning odam oiganizmiga o'ta ta'sirchanligi boshlang'kh mashg'ulotlarning bosqichlarida, odamning jismoniy sifatlarini har tomonlama va garmonik tarbiyalash poydevori yaratilayotgan vaqtda namoyon bo'ladi. Gimnastikaning asosiy faoliyati uning ko'p asrlik taraqqiyot tarixi davomida shakllandi va qaror topdi. Jismoniy mashg'ulotlarning ko'p qirrali mazmuni, aniq maqsad va vazifalari yanada takomillashdi. Mashqlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda uning odam organizmiga ta'sir etishi qat'iy bir tartibda olib borilsa, ayrim tarmoqlarga tanlab va lokal (alohida bo'g'imlariga) ta'sir ko'rsatadi. Bu esa gimnastikadan jismoniy madaniyatning ixtisoslashgan-amaliy shakllarida foydalanishni belgilab beradi. Uchuvchilar tarkibi va fazogirlarning jismoniy tayyor- garlik ko'rishi, gimnastikadan ayrim sport turlarida (suzuvchi, bokschi, futbolchining gimnastik mashqlari) gimnastika mashqla- rida amaliy faoliyatda foydalanish fikriga misol bo'lishi mumkin. Insonning sport faoliyatida gimnastikaning to'rt asosiy mustaqil turi va 25 sog'lomlashtirish-ko'makchi turlari bor:

    1. sport gimnastikasi;

    2. nafis gimnastika;

    3. trampolin;

    4. akrobatika (305-betga qarang).

Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va trampolin Olimpiada o'yinlari dasturidan o'rin olgan. Akrobatika musobaqalarining eng yuqori pog'onasi — Jahon chempionati.
1.2. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari
Gimnastikada mashqlarni qat'iy bir me'yorda bajarish, talabalar faoliyatini aniq uyushtirish uslubiga xos bo'lib, uning natijasida yangi- yangi malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun qulay sharoit yuzaga kelib, mehnat qobiliyatini oshirish borasida yuqori ko'tarinki muhit yaratiladi. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
7.Inson organizmiga har tomonlama ta \sir ко\rsatish
. Insonning barcha organlari fiinksiyalari gimnastika mashqlari yordamida ijobiy rivojlanadi va takomillashadi. Gimnastika mashg'ulotlari orqali kishini umumiy jismonan va aqlan tarbiyalash hamda uning jismoniy sifatlarini har tomonlama barkamollikka yetkazishga erishish mumkin.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin