285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
2-bob. TARIXIY TAHLIL 2.1. Gimnastikaning vujudga kelishi Jismoniy tarbjya fanining vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o'zgarishi bilan, inson haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek, urush olib borish usullarining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan. Bular gimnastikaning mazmunan o'zgarishiga, uning o'qitish uslubiyati va hatto, mashqlarni bajarish texnikasining tubdan o'zgarishiga ham bevosita ta'sir ko'rsatgan.
XVIII—XIX asrdagi gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar Qadimgi Rimda hamda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida esa o'rta asrlar davridayoq harbiy-jismoniy tayyorgarlik ko'rishda qo'llanilgan edi. Yog'och otda, narvon va raqib qal'alariga hujum qilishni o'rgatishda qo'llanadigan boshqa jihozlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni sayyor yurgan dorbozlar namoyish qilishgan.
Uyg'onish davri gumanistlari yoshlarni har tomonlama tarbiya- lashga katta ahamiyat bera boshlashdi. Gimnastika mashg'ulotlarini ular inson sog'lig'ini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivoj- lantirishda eng yaxshi vositasi, deb bilishardi. XVI asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha asarlar paydo bo'ladi. Bulardan eng mashhuri I. Merkurialisning gimnastika san'ati haqidagi asari. Muallif gimnastikani: harbiy gimnastika, davolash gimnastikasi va atletik gimnastikadan iborat uch turga ajratdi. Sog'lomlashtirish gimnas- tikasini, ya'ni raqibdan ustun chiqish hissi bilan bog'liq bo'lmagan gimnastikani, u asosiy jismoniy tarbiya vositasi, deb hisoblagan.
Ayni vaqtda gimnastikada boshqa yo'nalish ham rivojlangan bo'lib, uning asosini shug'ullanuvchilarning chaqqonligi tashkil etgan. Fransuz gumanist-yozuvchisi Fransua Rablening(1494— 1553-yillar atrofida) «Gargantyua va Pantagryuel» asarida tarbiya- lanuvchilar turli mashqlar bilan, shu jumladan, yakkacho'pda, yog'och otda mashq qilishgani, arqonga tirmashib chiqqanligi, akrobatik mashqlar bajarishgani haqida ma'lumot berilgan. Shu sababli, XV asrdayoq zodagon yoshlar maktablarda ayrim gimnastika jihozlari va mashqlaridan foydalanilgan. Ular keyinchalik sport gimnastikasiga asos bo'lgan, deb hisoblash o'rinli.