O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Oktabr inqilobidan oldingi Rossiyada gimnastika



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə9/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

2.4. Oktabr inqilobidan oldingi Rossiyada gimnastika
Gimnastika shakllari Rossiya xalqlari turmushida, shu jum­ladan, Turkiston xalqlari hayotida ham uzoq vaqtlardan beri mavjud bo'lgan. Bayram shodiyonalariga, qiziqchilarga akrobatlaming chiqishlari ham qo'shilib ketgan. Markaziy Osiyoda dorbozlar o'z chiqishlarida gimnastik mashqlardan foydalanib kelishgan. Ko'pgina polvonlar kurashga tushish oldidan mushaklarning chigilini yechish vositasi sifatida yengilroq toshlar bilan bajariladigan mashqlardan foydalangan. Deyarli barcha millat vakillari ot minish va chavan- dozlikni yaxshi ko'rgan.
Mashhur harbiy sarkardalar (Temur Malik, Amir Temur, Bobur) tayyorgarlik darajasini oshirishga intilishgan. Bu gimnastika­ning taraqqiy etishiga turtki bo'ldi. Ulug' jahongir Amir Temur o'z qo'shinlarini harbiy yurishlarga tayyorlashda to'siqlarni zabt etish, qilichbozlik, nayzabozlik, narvonlar bilan qal'alarni zabt



etish, chopib ketayotgan ot ustida turli gimnastik mashqlarni bajarish majburiy bo'lgan, shuningdek, suzish va boshqa gimnastik mashqlarni qo'llagan. Bu mashqlar navkarlarning jismonan barka- mol bo'lishida katta samara bergan.
Rossiya tarixida ham qo'shinlarning jismoniy tayyorgarlik ko'rishiga Pyotr I davridayoq asos solingan edi. Pyotr I tashkil etgan va keyinchalik gvardiyachi polklarga (Semyonovskiy va Preobra- jenskiy polklari) aylangan «Yermak» polklarida askarlar to'siq- lardan o'tishga hamda boshqa harbiy ko'nikma va malakalarni egal- lab olishga o'rgatish maqsadida turli jismoniy mashqlar qo'llanilgan. Pyotr I ning farmoyishiga ko'ra, gimnastika harbiy-dengiz o'quv maskanlarida joriy qilingan. Atoqli rus sarkardalari A. Rumyansev, A. Suvorov, admiral F. Ushakov va boshqalar rus qo'shinlarining jismoniy tayyorgarlik tizimini takomillashtirishga ko'p e'tibor berishgan.
A. V. Suvorov (1730—1800) o'z harbiy-jismoniy tayyorgarlik tizimini yaratib, unga harbiy-dala gimnastikasi, ertalabki gimnas­tika, chiniqish mashqlarini asos qilib olgan edi. Shu maqsadda yugurish, suzish, to'siqlardan o'tish, har xil buyumlarni joydan joyga tashish, nayzabozlik janglari qo'llanilar edi. A. V. Suvorov an'analarini M. I. Kutuzov davom ettirdi.
Chor Rossiyasi armiyasida jismoniy tayyorgarlik asoslarini ishlab chiqishda M. I. Dragomirovning (1830—1915) xizmatlari katta. U qo'shinlarga ta'lim berishning suvorovcha tizimini to'ldirib, har xil qo'shin turlari uchun jismoniy tayyorgarlik vazifalarini belgilab berdi, qo'shinda o'tkaziladigan gimnastika mashg'ulotlari uslubiyatini ishlab chiqdi. Quruqlikdagi va dengiz qo'shinlari uchun maxsus jismoniy tayyorgarlik qo'llanmasini yaratishda P. F. Lesgaft ham ishtirok etdi. Bu hoi qo'llanmaning ilmiy asoslanishiga va uning uzoq vaqt o'zgarmay qolishida ijobiy rol o'ynadi. Keyinchalik rus qo'shinida gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarga ko'proq ahamiyat berila boshladi. 1910-yildan boshlab esa gimnastikaning «lochinlar tizimi» jismoniy tarbiyaga asos qilib olindi.
Davlat to'ntarilishiga qadar, o'quv maskanlarida turli tizim- lardan olingan gimnastika mashg'ulotlari o'qitilar edi.
Rossiyada gimnastika taraqqiyotida mashhur anatom va pedagog olim P. F. Lesgaft muhim o'rin egalladi. U 1875-yilda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida bo'lib, shu mamlakatlarda jismoniy tarbiya qanday yo'lga qo'yilganligi bilan tanishdi. 1880-yilda P.F. Les- gaftning «G'arbiy Yevropa mamlakatlarida gimnastika o'qituvchi-

larini tayyorlash» kitobi chop etildi. Unda gimnastika tizimlariga ta'rif berilgan va bu tizimlarning ilmiy jihatdan asossiz ekanligi ta'kidlangan edi.
P.F. Lesgaft maktab yoshidagi bolalarga gimnastika negizida jismoniy ta'lim berish tizimini ishlab chiqdi, bunda u gigiyenik vazifalarni emas, balki pedagogik vazifalarni nazarda tutdi. P.F. Lesgaft eng kam kuch sarflab, bolalar va o'smirlarni mumkin qadar tez gavdasini boshqarishga o'rgatish muhim, deb hisoblagan. Buning uchun ular murabbiyga oddiygina taqlid qilmay, o'z harakatlarini anglay bilishlari kerak edi.
P.F. Lesgaft «xususiy usullar»ni, ya'ni harakat san'atini ixtisos ravishida o'rgatishga qarshi bo'lgan. Shunga asosan, u gimnastika jihozlaridagi mashqlarni, akrobatik mashqlarni shug'ullanuvchilarga «jismoniy tarbiyada ma'lumot bera olmaydi», deb rad etgan edi. P.F. Lesgaftning bunday keskin fikr bildirishi ko'p jihatdan o'sha davrdagi sport gimnastikasining mazmuni va takomillashmagan uslublari bilan bog'liq bo'lgan.
P. F. Lesgaftning jismoniy tarbiya fani oldidagi xizmati shundaki, u birinchi bo'lib bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqdi, bu esa sobiq Ittifoqda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining taraqqiy etishiga ancha ta'sir ko'rsatdi.
XIX asr oxirida sport gimnastikasining rivoj topishi xalqaro sport aloqalarining rivojlanishi bilan uzviy bog'liq bo'ldi.
2.5. Sobiq Ittifoqda gimnastikaning taraqqiyoti
1917-yilgi Oktabr to'ntarishidan keyin mamlakatda gimnas­tikaning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar paydo bo'ldi. Bunda mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va sotsial hayoti bilan uzviy bog'liq bo'lgan bir qancha bosqichlari ko'zga tashlanadi. Shu davrda o'rtaga qo'yilgan yangi vazifalar gimnastika mazmunini ham belgilab berdi.
Inqilobdan keyingi dastlabki davrda (o'tgan asrning 30-yil- larigacha ham) gimnastikadan ommani jismonan tayyorlash va jismoniy rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida foydalanildi. Butun kuchni, interventlar va oq gvardiyachilar bilan kurashga sarflana- yotgan yillarda, jismoniy tarbiya, gimnastika sho'rolar hokimiyatini o'rnatish va uni mustahkamlashga qaratilgan edi. Aholini jismonan tarbiyalashni uyushtirishda 1918-yilda Qizil Armiya uchun zaxiralar tayyorlash maqsadida tuzilgan «Всеобуч» yetakchi rol o'ynaydi.




Unga o'sha davrning taniqli davlat va jamoat arbobi N.I. Podvoyskiy boshchilik qilgan. Qo'shinga zaxira tayyorlash dasturlarida gimnastika mashg'ulotlariga katta ahamiyat berilgan bo'lib, amaliy gimnastika ham, jihozlarda bajariladigan mashqlar va ularning to'plami qo'llanilgan edi. Mamlakatning hamma joyida yoshlarning barcha tabaqalarini birlashtirgan harbiy-sport markazlari barpo etiladi.
1925-yilda sobiq RKP(b) Markaziy Qo'mitasi «Partiyaning fizkultura sohasidagi vazifalari to'g'risida» maxsus qaror qabul qildi. Unda sho'rolar jismoniy tarbiyasining g'oyaviy-uslubiy mohiyati va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati ochib berilib, uning taraqqiyot yo'llari ko'rsatib berilgan edi. Qaror gimnastikaning mamlakatda taraqqiy etishiga yordam berdi. Gimnastikaning mavjud tizimlari, bu boradagi ishlarning uslublari va mazmuniga tanqidiy yondashilib, qayta ко'rib chiqila boshlandi.
Jismoniy tarbiya 1926—1927-yillardan boshlang'ich maktab- larda, 1929-yildan esa oliy o'quv maskanlarida o'quv fani sifatida kiritildi. Jismoniy tarbiya fanidan yangi dasturlar vujudga keldi, ularda gimnastika muhim o'rin egallagan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari ko'plab yangi vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan malakali o'qituvchi-murabbiylarni tayyorlay boshladi. Bu mutaxassislar gimnastika nazariyasi va uslubiyatini ishlab chiqishda yetakchi rol o'ynay boshladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini yo'lga qo'yish, gimnastikaning ilmiy bazasini yaratish, uning tar- biyaviy ahamiyatini tushunib yetish, darsning namunaviy dasturini ishlab chiqish va shu kabi vazifalarni bajarishga urinib ko'rildi. Biroq mashg'ulotlar mazmuni birdan o'zgarmadi. Uzoq vaqt davomida gimnastika umumiy jismoniy tayyorgarlik xususiyatlarini o'ziga saqlab qolgan edi, xolos.
1929-yilda gimnastika bo'yicha Butunittifoq ilmiy-uslubiy konferensiyasi bo'lib o'tdi, u vaziyatdan kelib chiqqan tashkiliy- uslubiy masalalarni hal qildi. Bu konferensiyada gimnastika birinchi bor alohida turlarga bo'lindi. Shu vaqtdan boshlab, ertalabki gimnastika mashg'ulotlari radio orqali eshittiriladigan bo'ldi. O'sha yillarda gimnastika sho'ro xalqini jismonan tarbiyalashning asosiy mazmunini tashkil etgan edi.
1931-yilda mamlakat yoshlar tashkiloti tashabbusi bilan «Meh- nat va SSSR mudofaasiga bo'l tayyor!» jismoniy mashqlar to'plamining joriy etilishi mamlakat harakatida muhim voqea bo'ldi. Bu gimnastika taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.

ГТО(«Mehnatga va vatan mudofaasiga bo'l tayyor!») kompleksi bo'yicha ishlar yo'lga qo'yila borgan sari, umumiy jismoniy tay­yorgarlik vazifalari umumiy jismoniy tayyorgarlik sho'balarida va ГТОmezonlarini topshirishga tayyorlov guruhlarida hal qilina boshlandi, lekin gimnastika (sog'lomlashtirish gimnastikasi) jismoniy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri bo'lib qoldi va takomillashdi. U odamlarga salomatlikni mustahkamlashda, hayotiy zarur harakat ko'nikmalarini shakllantirishda yordam berib, mehnat faoliyati tartibiga yanada kengroq kirib bordi. Ana shunda gimnastika sport turlarining rivojlanishi uchun imkoniyat paydo bo'ldi.
1933-yilda Moskvada gimnastika bo'yicha xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Bu konferensiya ayni vaqtda birinchi Butunittifoq kon­ferensiyasi edi. Unda gimnastika taraqqiyotining eng muhim masalalari ko'rib chiqilib, ular yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Konferensiya sho'rolar jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning o'rni va ahamiyatini belgilab berdi.
Gimnastika tasnifi (nisbatan mustaqil turlarga bo'linishi), mazmuni, mashg'ulotlar uslubiyati va uning tashkiliy shakllarini tasdiqladi, atamalar masalasi va boshqa masalalarni muhokama qildi. Konferensiya gimnastikaning sport turi sifatida taraqqiy etishiga yordam bergan muhim voqea bo'ldi.
1930-yildan boshlab, har yili Moskva, Leningradda, sobiq ittifoqdosh respublikalarning poytaxtlarida va boshqa ko'pgina shaharlarda o'tkazib turilgan ommaviy gimnastika chiqishlarini mamlakat aholisi juda katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Moskvadagi Qizil Maydonda Butunittifoq jismoniy tarbiya va sportchilari kuni o'tkazilganidan buyon, chiqishlar rang-barang tus oldi va texnik jihatdan ancha takomillashdi. Unutilmas tomosha bo'lgan xilma-xil gimnastika mashqlari bu chiqishlarning asosiy mazmunini tashkil etardi. Ular sho'rolar gimnastikasini targ'ibot va tashviqot qilishning muhim vositasi bo'ldi hamda ko'plab yosh- larni gimnastika bilan muntazam shug'ullanishga jalb qildi.
Gimnastika turi yagona dasturining joriy etilishi, kasaba uyushmalari KSJ (ko'ngilli sport jamiyatlari)ning tashkil etilishi va turli ko'lamdagi ommaviy musobaqalar, shu jumladan, o'quvchilar o'rtasidagi bellashuvlarning muntazam o'tkazilib turilishi, yangi gimnastika atamasining qabul qilinishi va boshqa ko'pgina tadbirlar sport gimnastikasining rivojlanishini beqiyos rag'batlantirdi. Sport gimnastikasi ommaviy sport turi bo'lib qoldi.



Jismoniy madaniyat harakati oldida turgan yangi vazifalarni hal qilishda ГТОto'plamasi mezonlarini topshirish uchun amalga oshiriladigan tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish zarur edi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda, hatto sport gimnastika muso- baqalariga ham ITOning turli amaliy mashqlari qo'shilar, bu sportchilarni jangovar harakatlarga tayyorlashga yordam bergan.
Gimnastikaning taraqqiy topishida jismoniy tarbiya institut- larining gimnastika kafedralari muhim o'rin egallagan. Kafedralarda malakali mutaxassislar tayyorlash bilan birga, katta ilmiy va uslubiy ishlar olib borildi. Jismoniy tarbiya institutlaridagi aspiranturalarda gimnastika bo'yicha ilmiy-pedagog mutaxassislar tayyorlana bosh- landi. Dastlabki nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, ilmiy asarlar kengroq e'lon qilinadigan bo'ldi. Darslik va uslubiy qo'llanmalar, ayrim masalalarga doir qo'llanmalar, yagona tasnifly dasturlar, musobaqa qoidalari nashr etildi. 1937-yildan «Gimnastika» jurnali nashr etila boshlandi (1940-yilgacha chiqqan).
Sho'rolar gimnastikasi o'tgan yillar ish tajribasidan foydalanib shakllandi. Mamlakatda turli tizimlarning eng maqsadga muvofiq mashqlari qo'llanildi. Mashg'ulotlardan ko'zda tutilgan maqsad qanday vositalardan foydalanilmasin, bu vositalar yordamida umumjismoniy (gimnastikaning sog'lomlashtiruvchi turlari), jangovar (amaliy turlar) va sport (sport turlari) tayyorgarligi masa- lalari yaxshi hal qilinardi. Ishga ijodiy yondashish gimnastikada mavjud bo'lgan hamma qimmatli tajribalardan foydalanib, mamlakat jismoniy madaniyat va sport harakati talablariga mos bo'lgan o'z gimnastika tizimini yaratish imkonini berdi.
1941-yilda o'tkazilgan yoshlarning ommaviy Butunittifoq musobaqalari urushdan oldingi davrdagi muhim tadbirlardan bo'ldi. Musobaqalarda 7496000 yigit-qiz ishtirok etdi.
Urush yillari mamlakat aholisi uchun og'ir davr bo'ldi. Fashist- lar Germaniyasining mamlakatga xiyonatkorona bostirib kirishi sobiq Ittifoq xalqlari turmushini o'zgartirishga, uni Vatan himoyasi va dushmanni tor-mor qilishiga qaratishga majbur qildi. Jismoniy tarbiya va sport vositalaridan qurolli kuch, uning zaxiralarini tayyorlash hamda yarador jangchilarni davolab, safga qaytarish uchun foydalanildi. Minglab gimnastika o'qituvchilari va murab- biylari urushning birinclii kunlaridayoq Qizil Armiya safiga, qiruv- chi batalyonlarga, partizan otryadlariga qo'shildilar, xotin-qizlar gospitallarda sog'lomlashtiruvchilar batalyonlarida davolash jismoniy tarbiya uslubchilari sifatida fidokorona mehnat qilishdi. Urush

tajribasi davolash gimnastikasining yarador jangchilar jangovar- ligini tiklovchi juda katta samarali vosita ekanligini shubhasiz isbotlab berdi.
Bu davrda gimnastika mazmunan o'zgardi, harbiy qo'shinga zaxira tayyorlashga yordam beradigan amaliy mashqlar mashg'ulot­larning asosi bo'lib qoldi, sanoqli gimnastlargina mashg'ulotlarni davom ettira olishdi.
1945-yil avgustda Moskvadagi Qizil Maydonda sho'ro xalq- larining Ikkinchi Jahon urushida erishgan g'alabasiga bag'ishlangan Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport xodimlarining namoyishi bo'ldi. Bu namoyishga tayyorgarlik ko'rish jarayoni barcha sobiq Ittifoq respublikalarida gimnastika mashg'ulotlarini jonlantirib yubordi.
Urushdan keyingi davrda tinch bunyodkorlik, mehnat bilan shug'ullanishga o'tish sho'ro xalqi faoliyatining barcha sohalarini, shujumladan, jismoniy tarbiyadagi faoliyatini faollashtirib yubordi. Sport inshootlari tiklandi, ommaviy sport ishlari qayta yo'lga qo'- yildi, turli musobaqalar o'tkazildi.
Markazqo'mning 1948-yil 27-dekabrdagi «Mamlakatda ommaviy jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish va sho'ro sportchilari mahoratini oshirish to'g'risida»gi qarori mamlakatda gimnastika taraqqiyotida katta o'rin tutdi. Bu qaror chiqqandan so'ng sport inshootlari qurila boshlandi, sport jihozlari ko'paydi, barcha sport turlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratildi. Gimnas­tika birinchi galda rivojlanishi kerak bo'lgan sport turlari qatorida tilga olindi. Maktablar va boshqa o'quv maskanlarining dasturlari takomillashtirila boshlandi, o'rta va katta yoshdagilar uchun ko'plab salomatlik guruhlari tashkil etildi, ishlab chiqarish gimnastikasining ko'lami kengaydi, radio-televideniya yordamida ertalabki gigiyenik gimnastika bilan mustaqil va uyushgan holda shug'ullanish yanada jonlandi. Jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlash va ularning mala- kasini oshirishgajiddiy e'tibor berildi. 1948-yil dekabrda Leningradda bo'lib o'tgan II Butunittifoq konferensiyasi gimnastika taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etdi. Konferensiyada gimnastika sohasidagi ishlar tajribasi umumlashtirildi, uning vazifalari ta'riflanib, gimnastika­ning vositalari, turlari va xillari aniqlandi, ularni yanada rivojlan­tirish yo'llari belgilab berildi. Konferensiya badiiy gimnastikani mustaqil sport turi sifatida ajratish to'g'risida qaror qabul qildi.
1966-yilda sobiq Markaziy Qo'mita va SSSR Vazirlar Kengashi «Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari



to'g'risida» qaror qabul qildi. Bu qaror gimnastikaning yanada rivoj topishiga yordam berdi.
1968-yil aprelida Moskvada gimnastika bo'yicha III Butunittifoq konferensiyasi bo'lib o'tdi. Unda 20 yil mobaynida bajarilgan ishlar tahlil qilib chiqilib, gimnastikaning barcha turlarini yanada rivoj­lantirish istiqbollari belgilandi, gimnastikani sho'ro xalqlarining mehnat faoliyati tartibiga va turmushiga tatbiq etish rejasi belgilandi. Aholining barcha tabaqalari bilan mashg'ulotlar o'tkazish uchun yangi dasturlar ishlab chiqish yuzasidan qarorlar qabul qilindi, sport gimnastikasi bo'yicha terma jamoalar uchun zaxira tayyorlash tartibi ishlab chiqildi. Gimnastika sohasidagi jami mutaxassislarning bundan keyingi ishlari ana shu vazifalarni yechishga qaratildi.
Mamlakatda giinnastikaning insonni jismoniy kamol toptirish borasidagi yangi vazifalarni yanada aniq hal qilishga yordam beradigan hamma turlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratildi. Nazariy va uslubiy masalalarini ishlab chiqish jismoniy tarbiya institutlarining gimnastika kafedralarida va yangi tashkil etilgan ilmiy tekshirish institutlarida amalga oshirildi. Darsliklar va saralash dasturlari, uslubiy qo'llanmalar takomillashtirildi, maxsus tadqi- qotlar olib borildi hamda dissertatsiyalar himoya qilindi.
Gimnastika taraqqiyotidagi bundan keyingi vazifa jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning rolini oshirish, mamlakat aholisini keng qatlamlari gimnastikaning biron-bir turi bilan muntazam shug'ullanishiga erishish va xalqaro maydonda mamlakatning sport sharafini himoya qilishga qodir yuksak malakali gimnastikachilar tayyorlab yetishtirishdan iborat edi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin