O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə69/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

O'rgatish. Yaxlit usul bilan olib boriladi. O'qituvchiga orqadan turib (yog'och ot orqasidan) qo'lni qayta ushlash va siltanib o'tish vaqtida gimnastni belidan ushlab «kuzatish» tavsiya qilinadi.
Orqaga tayanish holatidan burchak уasab, chapga-orqaga sakrab tushish. Odatda, chap oyoqni oldinda tutib tayanish holatidan bir oyoqni (masalan, o'ng oyoqni) siltab o'tishdan keyin bajariladi. O'ng oyoqni oldinga siltab o'tish «Bir oyoqni oldinda tutib tayanish holatidan bir tomonlama siltanib o'tishlar» bo'limida bayon etil- ganidek bajariladi. O'ng qo'lni dastaga qo'ygandan keyin, o'ng oyoq bilan gorizontal yuzalikda o'ng tomondan chapga siltaniladi, oyoqlar imkoni boricha erta jipslashtiriladi, gimnast qo'li bilan yog'och otning chap dastasidan orqaga bel tomonga itarib yuborib, muvozanatini yo'qotadi. Muvozanatning bunday yo'qotilishi unga ikki oyog'ini chap dasta ustidan o'tkazishga va shuning bilan 90° ga burilishga imkon beradi. Mashq to'g'ri bajarilganda gimnastika jihoziga



chaqqonlik jismoniy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishdan iboratdir. Qo'shpoya yog'ochlaridan ushlashning quyidagi turlari mavjud:

    1. ustidan ushlash (osilish). Barmoqlarning ichki tomoni orqaga qaratilib, bosh barmoqlar bir-biriga qaratilgan bo'ladi. Besh barmoqning hammasi yog'och ustini qoplab oladi;

    2. pastdan ushlash (osilish). Barmoqlarning ichki tomoni oldinga qaratilib, bosh barmoqlar esa tashqariga qaratiladi. Besh barmoqning hammasi yog'ochni talabadan qarama-qarshi tomon- dan qoplab oladi.

Besh barmoq bilan yog'ochni pastdan ushlash, shuningdek, har xil va teskari ushlashlarga ham taalluqlidir. Tayanish holatida ushlashning hamma xillarida ham har bir qo'lning to'rt barmog'i ushlashga taalluqli tomondan (odatdagidek), bosh barmoq esa yog'ochni qarama-qarshi tomondan qoplab oladi.
Asosiy mashqlar
Bukilib-yozilib tebranish
. Yuqoridagi qo'shpoya yog'ochida osilish holatidan oyoqlar tos-son bo'g'inidan bukilib, oldinga ko'tariladi. Keyin oyoqlarni pastga va orqaga siltab bel qismidan kerishgancha tos-son bo'g'inidan to'la rostlanib va ayni vaqtda qo'llarni bukmasdan osilib turib, yelkalarni oldinga yo'naltirish zarur. (Harakatlarning hammasi butun muayyan bir tezlikda to'xtatilmay, zarurligicha takrorlanishi lozim.)
O'rgatish:

      1. gimnastika devorida burchak yasab va tik turib (kerilib) osilish;

      2. past yakkacho'pda burchak yasab osilish va oyoqlarni orqada tutib yotib osilish;

d) yuqoridagi qo'shpoya yog'ochiga osilib, bukilib, yozilib tebranish.
Muhofaza qilish va yordam ко'rsatish. O'qituvchi talabaning o'ng tomonida turib chap qo'li bilan o'ng qo'lining yelkaga yaqinroq joyidan ushlaydi, o'ng qo'li bilan esa son ostidan ushlab yordam- lashadi.
Qo'shpoyaningyuqoridagi yog'ochida osilishdan cho'qqayib osi­lishga o'tish. Bukilib-yozilib tebranishdan keyin oldinga siltanib, oyoqlarni tos-son va tizza bo'g'inidan bukib, ko'krakka yaqinroq ko'tariladi va pastki yog'ochga qo'yiladi, qo'shpoya yog'ochini barmoqlar bilan (barmoqlarni bukib) tepadan ushlanadi.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin