O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə83/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Muhofaza qilish va yordam ко\rsatish. Muhofaza qilinganda yerga
kelib tushish joyida biroz yonroqda turiladi. O'rgatishda o'qituvchi
sakrovchini ikki qo'li bilan tirsagining yuqorirog'idan ushlaydi,
sakrash o'zlashtirilgach, bir qo'l bilan bilakdan, ikkinchisi bilan
tirsakning yuqorirog'idan yoki ko'krak ostidan ushlaydi (oldinga
yiqilayotganda) yoki (orqaga yiqilayotganda) belidan ushlash kerak.
Uzunasiga qo'yilgan yog'och ot ustidan bir oyoqda depsinib,
burchak qilib sakrash
(178-rasm).



O'ng tomonga burchak hosil qilib sakrashda «ko'prikcha»dan
chap oyoq bilan depsinish kerak va ayni vaqtda o'ng qo'l bilan yog'och
otga tayanish kerak. Siltanuvchi oyoq jihoz ustiga, yuqoriga yo'nal-
tiriladi, depsinuvchi oyoq depsingandan keyin jihoz ustida siltanuvchi
oyoqqa tez jipslanishi zarur. Gavda imkon boricha to'g'rilanadi.
Qo'llar jihozga birin-ketin tayanishi lozim: oldin o'ng qo'l,
keyin ikki qo'l va nihoyat chap qo'l. Shug'ullanuvchining gavdasi
tayanch ustida bukilgan bo'lib, jihoz ustidan o'tgandan keyin
to'g'rilanishi kerak. Yugurib kelish masofasi uzoq bo'lmasligi darkor.
«Ko'prikcha» yog'och otga parallel qilib jihozning yaqin qismi
oldida yon tomonga qo'yiladi.
Muhofaza qilish uchun yerga tushish joyida, yon tomondan
o'ngga qarab turish kerak. O'ng qo'l bilan sakrovchining belidan va
chap qo'l bilan esa orqasidan ushlab, yordam berish zarur.



О \rgatish:

                1. orqada tayanib bir sonda o'tirgan holatdan oyoqlar bilan
                  oldinga va o'ng tomonga siltanib yog'och otdan sakrab, chap yon
                  bilan yerga tushish;

                2. yog'och otda oyoqlarni kerib o'tirgan holatdan yog'och ot
                  ustiga qo'llar bilan tayanib va oyoqlar bilan siltanib o'ng (chap)
                  tomonga burchak hosil qilib yerga tushish.

Ко ,ndalang qo yilgan yog 'och otdan (dastali va dastasiz) burchak
hosil qilib sakrash
(179-rasm). Ikki tomonga ham sakraladi. To'g'-
ridan yugurib kelgandan keyin,
«ko'prikcha»dan oyoqlar bilan
depsinib, to'g'ri qo'llar bilan ji-
hozga tayanib, chap (o'ng)ga 90°ga
burilish kerak. Burilishni oyoq va
gavdaning birin-ketin harakati
bilan boshlab, uni yog'och ot ustida
tugallash kerak. Burilish vaqtida
gavda tik, oyoqlar esa unga nisbatan
to'g'ri burchak hosil qilib turgan
179-rasm. bo'lishi lozim. O'ng tomonga bur-
chak hosil qilib sakrashda (chapga
burilish paytida) tana og'irligi o'ng qo'lga o'tkaziladi, chap qo'l
jihozdan qattiq itariladi va oyoqlar jihoz ustidan o'ta olishi uchun,
qisqa vaqtga uni bo'shatib qo'yadi, shundan keyin, chap qo'l yana
dastadan ushlaydi. Shu zahoti o'ng qo'l jihozdan sakraladigan
tomonga va bir qancha oldinroqqa kuchli itariladi, tana og'irligi
chap qo'lga o'tkaziladi. Yerga tushish vaqtida o'ng qo'l oldinga yoki
yon tomonga uzatiladi.
Sakraganda tosni baland ko'tarmasdan, uni yog'och ot ustiga
(dastasiga) yaqinroq tutish kerak. Bunday sakrashga xos xato —
ikki qo'l bilan bir vaqtda kuchli itarilishi kerakki, buning natijasida
tos ot ustidan ko'tarilib ketadi.
Оirgatish:

                  1. yotib tayanish holatidan o'ng oyoqni chapga siltab o'tish,
                    chap tomonga burilib, chap oyoqni o'ng oyoqqa juftlashtirib
                    o'tirish;

                  2. shuning o'zi, lekin ikki oyoq bilan bir vaqtda depsinib
                    bajarish;

d) past qo'shpoyada tayangan holda tebranib, oldinga siltanganda
burchak hosil qilib sakrab yerga tushish.



224

Muhofaza qilish va yordam ко 'rsatish. Yerga tushish joyida turib, bir qo'l bilan gimnastning tirsagi yuqorisidan, ikkinchi qo'l bilan belidan yoki tosdan ushlab turish kerak.
Uzunasiga qo'yilgan yog'och otdan (uzoq qismidan depsinib) oyoqlarni kerib sakrash. Bu mashq oyoqlarni yuqoriga siltab bajariladi, buning uchun tez yugurib kelish hamda oyoq bilan kuchli depsinish kerak. Qo'llar jihozga gavdaga nisbatan biroz oldin qo'yiladi. Oyoqlarni yon tomonlarga kerish qo'llar bilan kuchli itarilish va gavdaning tos-son bo'g'inidan bukilishi bilan bir vaqtda boshlanadi. Tos yuqoriga yo'naltiriladi. Qo'llar bilan kuchli itarilishdan keyin rostlanish, asosan, yelka kamarini orqaga ko'tarish hisobiga bo'ladi.
O'rgatish:

                    1. oyoqlarni kerib, 50—100 sm balandlikdan kerishib sakrash;

                    2. qo'llar bilan tayanib turgan joyda sakrash. Mashqni bajarish vaqtida oyoqlar yon tomonga to'liq yozilganda tosning yelka balandligiga ko'tarilishiga e'tibor berish kerak;

  1. yugurib kelib, balandligi 120 sm qilib qatlangan to'shaklar ustiga tushish;

  2. yog'och otning bir qismida cho'qqayib o'tirgancha qo'llar bilan yog'och otning keyingi qismidan depsinib, oyoqlarni kerib sakrash;

  3. «ko'prikcha»ni yoni bilan qo'yib, uzunasiga qo'yilgan yog'och otdan oyoqlarni kerib sakrash, asta-sekin «ko'prikcha»ni yog'och otga to'g'rilab siljitish;

  4. ustiga to'shak qo'yilgan yog'och otdan oyoqlarni kerib sakrash;

  5. shuning o'zini to'shaksiz bajarish.

Muhofaza qilish va yordam ko'rsatish. O'qituvchi jihozning yonida yerga tushish joyida turib, talabaning ko'kragi ostidan va tirsagining yuqorisidan ushlaydi.
14-bob. AKROBATIKA MASHQLARI 14.1. Mashqlarning ta'rifi va tasnifi
Akrobatika mashqlari, asosan, turli o'qlar atroflda aylanma shakidagi harakatlar (umbaloq oshish, salto va boshq.)dan iborat. Ular akrobatika poyandozi va maxsus tuzilmali asboblar (depsinish «ko'prikcha»si, sakratuvchi xoda, batut va boshq.)da bajariladi.
Akrobatika mashqlarining ko'pchilik qismini g'ayritabiiy sharoitlarda yakka yoki sherigi yordamida bajariladigan (akrobatik piramidalar) muvozanatli mashqlar tashkil qiladi.
15 - 361 225



  • tczkor topshiriqlar — mashq qanday bajarilishi kerakligi n'g'risida ko'rsatmalar;

  • nazorat topshiriqlar — o'rganilgan mashq (harakat)ni bajara ilishni tekshiruvchi omillar.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin