O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə58/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Orqaga siltanib bajariladigan harakatlar. Bu guruhdagi mashq- larga keskin orqaga siltanib bajariladigan mashqlar kiradi. Ular quyidagilardir: orqaga siltanib orqaga burilish (yakkacho'p va hal- qada); orqaga siltanib qo'llarni bukib osilish; orqaga siltanib oldinga yelkadan aylanish (halqada), orqaga siltangancha sakrab tushish (yakkacho'pda, qo'shpoyada va halqada); orqaga siltanib ko'tarilish (qo'shpoyada).

Bulardan qiyini orqaga siltanib ko'tarilish hisoblanadi.

          1. Gavdani yozib bajariladigan harakatlar. Bu guruhga bukilib osilish (yakkacho'pda, qo'shpoyada, halqada) yoki qo'llarda bukilib tayanish holatidan (qo'shpoyada) bajariladigan mashqlar kiradi. Masalan, tebranib turib va minib tayanish holatidan orqaga tushishdan keyin bir oyoq bilan ko'tarilish, tebranishdan yoki taya­nish holatidan orqaga tushishdan keyin gavdani yozib ko'tarilish, tebranishdan keyin (yakkacho'pda) yoki turli tayanish holatlaridan orqaga tushishdan keyin ikki oyoq bilan ko'tarilish (yakkacho'pda va baland-past qo'shpoyada); qo'llarda tayanishdan yoki bukilib tayanishdan gavdani yozib ko'tarilish (qo'shpoyada).

Bu mashqlardan keyingi murakkabi — ikki oyoq bilan ko'ta- rilishdir.
Gimnastika umumiy kursida o'rganiladigan ayrim mashqlarni qayd etib o'tilgan tasnif guruhlarining birontasiga ham kiritib bo'lmaydi, chunki biz ongli ravishda bu guruhlar sonini chekladik. Bu mashqlarning texnikasi va ularni o'rgatish usuli o'quv qo'llan- maning tegishli o'rinlarida bayon qilinadi.
Siltanma mashqlar gimnast tanasining to'liq doira yoki uning qismlari bo'ylab siljishidan iborat ekanligi yuqorida ta'kidlab o'tildi. Bunday siljishlar zarurligi tufayli «o'q» tushunchasi bilan bog'liq. Gimnast tanasiga nisbatan quyidagi o'qlar ajratiladi:

            1. yuzalik (frontal) o'qlar frontal yuzalikda joylashgan, ya'ni har ikki yelka va tos-son bo'g'inlaridan o'tadigan yuzalikdagi o'qlar;

            2. old-orqa (sagittal) o'qlar — frontal o'qqa perpendikular o'ta­digan sagittal yuzalikda joylashgan o'qdir. Sagittal o'qlar, o'z nav- batida, frontal yuzalikka nisbatan perpendikulardir;

d) uzunasiga joylashgan o'qlar — sagittal yuzalikda joylashgan bo'lib, frontal yuzalikka parallel bo'ladi.
Har bir guruhda o'qlar son-sanoqsizdir, ammo bir nuqtadan— gimnast tanasining umumiy og'irlik markazidan (UOM) kesisha-





158-rasm.

X-

Bosh markaziy




frontal;

Y —

Bosh markaziy




tik;

Z —

Bosh markaziy




sagittal.


digan uchta o'q mavjud. Ular asosiy markaziy (erkin) o'qlar (shunga muvofiq frontal, sagittal va uzunasiga joylashgan) deb ataladi (158-rasm). Gimnastika mashqlarining texnikasini o'l^ganishda erkin o'qlar katta ahamiyatga ega, chunki erkin uchish holatida (tayanch- siz holatda) turg'un aylanishlar faqat ularning atrofida sodir bo'lishi mumkin.
O'qlar real (masalan, yakkacho'pning temiri) va tasawurdagi (halqada ushlash nuqtasini birlashtiruvchi to'g'ri chiziq) bo'lishi mumkin.
11.2. Gimnastika jihozlarida asosiy mashqlarni bajarish texnikasi va ularni o'rgatish usullari
11.2.1. Yakkacho'pda bajariladigan mashqlar

Sport gimnastikasida yakkacho'p shunday jihozki, unda faqat tebranish, siltanish mashqlari bajariladi. Shuning uchun gim- nastning mahorati uning mushak quwatini kam sarf qiJib, o'zining harakat kuchidan oqilona foydalanishdan iborat bo'ladi. Biroq panjalarni bukish uchun ancha yuqori bo'lishi kerak, chunki katta ko'lamdagi tebranish mashqlarini bajarishda hosil bo'ladigan va gimnastni yakkacho'pdan uzishga intiladigan markazdan qochuvchi



harakat kuchi hosil bo'ladi. Yakkacho'pning o'qi (gorizontal, dumaloq metall shaklida) gimnast aylanma harakatlar bajaradigan mavjud (haqiqiy) temirdan iborat. O'qni ushlashning besh usuli bor:

              1. ustidan ushlash: osilish holatida kaftlar pastga qaratilgan bo'ladi;

              2. pastdan ushlash: shu holatda har ikki qo'l ham oxirigacha supinatsiya qilingan bo'lib, kaftlar yuqoriga qaratilgan, katta barmoq tashqariga qaratilgan bo'ladi;

                1. har xil ushlash: bir qo'l — yuqoridan, ikkinchisi — pastdan ushlagan bo'ladi;

                2. teskari ushlash: har ikki qo'l ham oxirigacha pronatsiya- langan kaftlar gimnastning o'ziga qaratilgan, katta barmoqlar tash­qariga qaratilgan bo'ladi;

                3. chalishtirib ushlash: kaftlarning ichki yuzalari tashqariga qaratilgan, bilaklar kaft-bilak bo'g'ini oldida bir-birining ustiga chalishtirilgan, kichik barmoqlar bir-biriga tegib turib, katta bar­moqlar tashqariga yo'naltirilgan bo'ladi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan ushlash usullari ushlash kengligi bilan ham farqlanadi. Ustidan ushlaganda kaftlar orasidagi masofa yelka kengligidan kichik bo'ladi. Pastdan ushlaganda — yelkalardan biroz kengroq; har xil ushlaganda — taxminan yelka kengligida; teskari ushlashda — ko'pincha, yelkadan kengroq (ammo shaxsiy bo'ladi, chunki awal yelka bo'g'inining harakatchanligiga bog'liq) bo'ladi. Ushlashning barcha hollarida katta barmoq qolgan to'rt barmoqqa qarama-qarshi joylashadi.
Hozirgi davrda yakkacho'pda bajariladigan mashqlar kishini hayratda qoldiradi, chunki ular hech to'xtamasdan, qaltis vaziyatda bajariladi. Bu hoi, hatto, sport gimnastikasini yaxshi tushun- maydigan kishiga ham, yaxshi gimnastga ham xatosiz harakatlar uyg'unligini, dadillikni, o'z harakatlarini fazo va (tayanch holda) dastakli otda boshqara olish kabi sifatlarni ko'ra olish imkoniyatini beradi. Yakkacho'pda bajariladigan asosiy mashqlar quyidagilardan iborat:
baland yakkacho'pdagi bu holat beistisno hamma mashqlarni boshlash uchun dastlabki holatdir. Osilishda tananing to'g'ri holati yetarli ko'lamda tebranishni boshlash va keyinchalik siltanish uchun, ayniqsa, muhimdir. Osilish holatida gimnastning tanasi maksimal to'g'rilangan bo'lishi kerak. Bunga ko'krak-o'mrov va yelka bo'g'i- nidan cho'zilish, shuningdek, bel qismidagi mushaklarni bo'shash-

tirish orqali erishiladi. Tirsak bo'g'inlari ham to'g'rilangan, lekin taranglashmagan bo'lishi zarur. Oyoqlar tos-son va tizza bo'g'in- laridan to'g'rilangan, oyoq uchlari cho'zilgan va juftlashtirilgan bo'ladi. Osilish holatiga quyida bayon etiladigan ko'rsatmalarga rioya qilgan holda yaxlit o'rgatish usuli bilan o'zlashtirish lozim.
Tana pastki qismlarini tarbiyalashda uning to'g'ri holati zarur bo'lgan mushak guruhlarini tarang tortish orqali erishiladi, bu esa tebranish davomida ham saqlanadi. Osilish holatida bukilish yoki yozilish (kerishish) taqiqlanadi. Ko'pincha, boshning noto'g'ri holati: orqaga yoki oldinga tashlash, ko'krakka engashtirish bu xatoliklarga sabab bo'ladi. To'g'ri holatda bosh ham to'g'ri tutiladi va u qo'llar orasida bo'ladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin