O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta


Qattiq оziqa muhitida o’stirish



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə120/133
tarix29.12.2021
ölçüsü1,92 Mb.
#49008
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133
sanoat mikrobiologiysi fanidan maruza matnlari toshkent-2013

Qattiq оziqa muhitida o’stirish


Produsentlarni o’stirish jarayoni sovitilgan steril oziqa muhitiga ekish materialini sepishdan boshlanadi. Davriy sterilizasiy sharoitida ekishni odatda sterilazatorning o’zida uzliksiz aralashtirish yo’li bilan o’tkaziladi. Uzliksiz sterilizasiy qilish sharoitida esa oziqaga ekish sterilazatorning sovitish bo’limida amalga oshiriladi va ekilgan oziqa muhiti kultura bilan birgalikda o’stirish sexiga yuboriladi.

Kulturalarning qattiq oziqa muhiti sirtida o’stirish jarayonini har xil usullar bilan bajarish mumkin. Kyuvetalarga ekib o’stirish ananaviy usul hisoblanib, ko’p qo’l mehnatini va ko’p ishlab shiqarish maydonini talab qiladi. Produsentlarni mexanizasiylashgan qurilmalarda o’stirish birmunsha yngi usul bo’lib hisoblanadi.

Kyuvetali o’stirish usulining elementar ysheykasi bo’lib oddiy ruxlangan temir tunikadan ysalgan usti oshiq yoki yopiq va balandligi 20-50 mm li 0,25-0,50 m2 maydonga ega bo’lgan idish tashkil qiladi. Bu idishning tag qismi teshikli yoki teshiksiz bo’ladi.

Kyuvetalarga 2-2,5 sm qalinlikda namlangan, ekilgan oziqa muhiti solinadi va u o’stirish xonasiga yuboriladi. Bu erda kyuvetalar harakatlanuvshan yoki stasionar uskunalarda bir nesha qavatli qilib teriladi. Har bir qavat orasi 10-11 sm bo’ladi. Odatda bu qavatlar soni 18 ta atrofida bo’lib, umumiy bo’yi 2 m dan oshmasligi kerak. Birinshi kyuveta poldpn 20-25 sm balanlikda o’rnatiladi. Hamma temir uskunalar karroziyga qarshi material bilan qoplangan bo’lishi lozim. Kyuvetalarni o’stirish xonasiga bo’shatishda ular formalin bilan dizenfeksiy qilinadi. O’stirish xonalari har xil shakl va ko’rinishda bo’lishi mumkin. Ko’pinsha ular uzun ensiz ikki tomoniga eshik o’rnatilgan yo’lak shaklida bo’ladi. O’stirish xonasi tepasida havo haydash va havoni tozalash moslamalari o’rnatiladi. O’stirish xonalarida olib boriladigan butun texnologik jarayonlar 36-90 soat davom etadi.

Mexanizasiylashgan o’stirish qurilmalarini yratishning imkoniytlari oziqa muhiti qavatlarining orasida havoning yxshi aylanishi, zishlashib qolmasligi yoki tezda qurib qolmasligi kabi talablar bilan sheklangan. SHu bilan birga ularni shunday qurish kerakki, agarda o’stirilayotgan mikroorganizmlar ifloslanib qolsa, o’stirish tizimini to’xtatmasdan shu erdagi ifloslangan oziqa muhitlarini bemalol almashtirish va sterilizasiy qilish imkoniytitlari bo’lishi kerak. Bunday nisbatan yxshi qurilmalarga Djeffris, Xristensen, Anderkofler, Valershteyn, chexoslovakiy va VNIIFS, VNII biotexnika va boshqalar ishlab shiqargan uskunalarni kiritish mumkin.

Djeffris va Xristensen qurilmalari tuzilishi jihatidan bir-birlaridan sal farq qilsada, ishlash mexanizmi harakatlanuvshan tasma yoki transporterga asoslangan va har bir o’stirish jarayoni to’liq bajariladi. Lekin bu qurilmalarda ifloslanish hodisasi ruy bersa butun boshli tizimni to’xtatish va hamma qismlarini sterilizasiy qilish kerak bo’ladi.

Mikroorganizmlarni mexanizasiylashgan o’stirishning Anderkofler, Valershteyn va chexoslovakiy qurilmalarida o’stirishni uzliksiz olib borish, har bir qism va jihozlarni alohida sterilizasiy qilish mumkin va ifloslanish jarayonida butun tizimni to’xtatish shart emas. Ularning samaradorligi sutkasiga 0,4 t. dan 10 t. gasha bo’lishi kuzatilgan.


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin