Ishlash mexanizmiga ko’ra filtrlar uzliksiz va davriy ta’sirga bo’linadi. Harakatlanuvshi kush xarakteri bo’yisha bosim va vakuum ostida ishlovshi filtrlarga bo’linadi.
Biopreparatlar ishlab shiqarishda ko’pchilik filtrlar konstruksiyasi miseliylarni ajratish ushun barabanli vakuum filtrlar va ramkali zish-filtrlar qo’llaniladi.
Ramkali zish-filtr chizmasi 48rasmda aks ettirilgan. Bu uskuna davriy ta’sir etishga mo’ljallangan bo’lib, bosim ostida ishlashga mo’ljallangan.
Zish-filtr orasida siqilib turuvshi filtrlovshi to’qima joylashtirilgan, almashtirilib turiluvshi plita va bir xil o’lshamli ramkalardan tuzilgan. Plita va ramkalar aylanma brusga ikki parallel yon tomondan rushkalar bilan tiralib turadi. Plita va ramkalar old tomonda joylashgan lobovinaga (1) teskari tomonda joylashgan, gidravlik moslama (6) plunjeri bosimi ta’sir etuvshi lobovina (5) yordamida zish tiralib turadi.
48-rasm.Ramkali zish-filtr
1 - lobovina; 2 - ramka; 3 - plita; 4 - brus; 5 - biriktiruvshi lobovina; 6 - gidravlik moslama; 7 - suvni ko’tarib qaytargish; 8 - kran.
Ramkali zish filtrda filtrlanish jarayoni quyidagisha keshadi. Kultural suyuqlik bosim ostida kanalga beriladi, undan ramkalar devoridagi tirqishlar orqali ishki yo’lakshalarga o’tib ikki ramkaning ishki yuzasi va filtrlovshi panjaralariga tushadi.
Miseliylar shu qatlamda ushlanib qoladi, undan sizib o’tgan eritma esa filtrlovshi salfetka orqali o’tib, shundan keyin tarnovlar va kanal bo’ylab kran orqali ariqqa tushadi. Odatda birinshi filtrat loyqasimon bo’ladi va ular kultural suyuqlik yig’uvshiga qaytariladi. Keyin to’qimada qoldiq qatlami to’planadi va filtrlanadi. Shundan keyin filtrat tiniq holatga o’tadi.
Filtrlangandan keyin miseliy yuvib olinadi. YUvishdan maqsad - qoldiqqa sizib o’tgan eritmani olib tashlash, y’ni, sizib o’tgan eritmaga miseliydan o’tgan antibiotiklarni to’liq o’tishini ta’minlash hisoblanadi.
Miseliy yuvib bo’lingandan keyin filtrdan siqilgan havo tortiladi, y’ni qoldiqni yuvishda ishlatilgan suvni teshiklardan to’liq o’tmasligiga sabab bo’lgan parshalarni ko’tarib suyuqlikning to’liq o’tishi ta’minlanadi. Keyin harakatlanuvshi plita surib qo’yilib, plita va ramkalar eshib olinadi, undan qoldiq bunkerga tashlanib, filtrlovshi yo’lakshalar oqar suvda yuvib tashlanadi.
Filtrlash jarayonida doimiy yuqori bosim ostida ishlashga nisbatan, bosimni 0 dan 0,2 0,3 MPa bosimgasha sekin asta oshirib borish filtrning ishlash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Filtrlash jarayonida birdan yuqori bosim berish, filtrlovshi to’qima va hosil qilingan filtrlovshi qatlam teshiklarining to’lib qolishini keltirib shiqaradi va filtrlash jarayoni juda sekin keshadi. Ramkali zish-filtrning kamshiliklari ko’p fizik mehnat
yo’qotish, xizmat qiluvshi xodimlar ushun og’ir sanitar holatni vujudga keltirishi va filtrlash tezligining o’z vaqtida keshmasligi bilan izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: |