Sefalosporinlar. Sefalosporinlar -laktamli antibiotiklar guruhiga ta’luqli bo’lib, penisillinga o’xshashdir. S-sefalosporin, bu guruhning birinshi antibiotigi bo’lib, 1955 yilda Sephalosporium asemonium zamburug’i hayot maxsuloti hisoblanadi. Sefalosporinlar tuzilishining o’ziga xosligi ularning molekulasi -laktamli va digidrotiazinli sikllardan tashkil topgan bisiklik tizimda ko’rinishda bo’ladi. Sefalosporinlar ikki asosiy zanjirga ega bo’ladi: uglerodning etti va ush atomi (S-7 va S- 3). Bu birikmalar antibakterial faolligini o’ta darajada yuqori, toksikligini esa kam namayon qiladi. O’zining xususiytlariga ko’ra penisillinga yqin, lekin, penisillinazaga kam sezgirligi bilan xarakterlanadi. SHunday xususiytlari mavjudligiga qaramasdan tabiiy sefalosporinlar medisina amaliyotida qo’llanilmaydi. Hozirgi vaqtda tabiiy S sefalosporinning kimyoviy modifikasiysi analoglari kimyoterapiyda keng miqyosda qo’llanilmoqda. Uning asosida minglab polisintetik sefalosporinlar olingan bo’lib, ularning orasidan eng yuqori samarador va amaliy ahamiyti qimmatli bo’lgan preparatlar sifatida sefalotin, sefaloridin, sefaloglisin, sefaleksin kabilar e’tirof etilgan. S- sefalosporinlarga yqin bo’lgan S-sefamisin antibiotigini Str.slavuligereusaktinomiseti hosil qiladi. S-sefamisin grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan yuqori biologik faollikka ega bo’lib, -laktamazalar ta’siriga bardoshli bo’ladi. Bu antibiotik asosida yuqori samarali polisintetik sefoksin preparati olingan.