sanoat mikrobiologiysi fanidan maruza matnlari toshkent-2013
Kapsula bakteriy hujayrasi ushun shart bo’lgan qism emas. Faqatgina u himoy vazifasini bajarib, bakteriyni mexanik ta’sirlardan va qurib qolishdan saqlab turadi. Kapsula hujayrani qalin yoki yupqa parda bilan o’rab olishi mumkin.
Hujayra devori ko’p qavatli bo’lib, u ba’zida esa o’n qavatdan iborat bo’lishi mumkin. Eukariotlarning hujayra devori oqsil-shakar kompleksi, prokariotlar hujayra devori esa murein deb atalmish glikopeptid saqlaydi. Bu moddalar mikrob hujayrasiga o’ziga xos shakl va mustaxkamlik berib turadi. Hujayra devori - etarli mustahkam birikma bo’lib, uning qalinligi 150280 nm ni tashkil etadi va devoridagi diametri 3,6 nm bo’lgan teshikshalar orqali hujayraga oziqa moddalari, hujayradan esa har xil metabolitlar (hujayrada sintez bo’lgan moddlar) kirib-shiqib turadi. Bunday hujayra devori hujayra ishidagi ma’lum osmotik bosimga shidamli bo’ladi. Prokariotlar, hujayra devorining tuzilishi va tarkibiy qismi bo’yisha ikki guruhga bo’linadi: grammusbat va grammanfiy.