Dag’al tozalovshi filtrlar havoni tozalash va sterillashning 2bosqishida qo’llaniladi. Ularning asosiy vazifalari - kompressor va issiqlik almashtiruvshilarga o’tuvshi havoni dastlabki tozalash filtrlaridan qoladigan iflosliklardan tozalashdan iborat. Ular bir nesha fermentatorlarga xizmat qiladi va bosh filtr deb ataladi. Bosh filtr konstruktiv tuzilishiga ko’ra, tubida tutib qoluvshi elak (panjara) bo’lgan vertikal idishdan iborat (26-rasm). Tutib qoluvshi panjaraga shishapaxtalar qatlami yotqiziladi, so’ngra qatlamga granula ko’rinishidagi faol ko’mirning 0,81,0 sm qalinlikdagi qatlami to’shaladi va yna paxtali qatlam to’shaladi. Eng zamonaviy konstruksiyli va katta ishlab shiqaruvshi filtr kassetali shishatolali tipdagi bosh filtr hisoblanadi. Bosh filtr juda katta hajmda shang ushlash xususiytiga ega. Bosh filtrlar nam bug’da 4 soat davomida 0,12 0,15 kPa bosim ostida davriy (oyda 1 marta) sterillanadi, keyin esa quruq havoda quritiladi.