Ush korpusli bug’lantirish uskunasi:
I-bosqishli bug’lantiruvshi; 2 - sashratib ajratgish; 3 - ikkilamshi bug’ ushun truba; 4 - II-bosqish bug’lantiruvshi; 5 - III-bosqish bug’lantiruvshi; 6 - yuza kondensatori; 7 -
nasoslar; 8 - aylanma suvli vakuum nasos.
Ushinshi bosqish bug’lantiruvshidan shiqqandan so’ng kultural suyuqlikda biomassa miqdori 1822% ni tashkil etadi (quruq modda hisobida).
Filtrlash
Ba’zi bir fiziologik faol moddalar ishlab shiqarishda xususan, antibiotiklar ishlab shiqarish jarayonida kultural suyuqlikdan mikroorganizmlar biomassasini ajratib olish ushun filtrlash usulidan foydalaniladi. Ushbu usul ipsimon, shoxlangan shakldagi produsent-mikroorganizmlarni ajratish ushun ham xizmat qiladi.
Filtrlash jarayoni mexanizmi kultural suyuqlikni elakdan (pardadevorli) o’tkazish orqali qattiq va suyuq fazaga ajratish bilan izohlanadi. Ushbu pardadevorli elakning har ikkala tomonida harakatlanayotgan filtrlanadigan qatlam turli xil bosimga ega bo’ladi.
Filtrlash jarayonida eng xararakterli belgilardan biri tezlik hisoblanadi, shuningdek, vaqt birligida filtrlovshi yuzasi birligi bilan olinadigan filtrat miqdori
w, m3/(m2 s):
dV
W= ,
Fd
Bunda, V-filtrat hajmi, m3; F-filtrlovshining yuza maydoni, m2; - vaqt, s.
Filtrlanish tezligi, bosim, qoldiq qatlam qalinligiga, uning tarkibi, suyuq faza yopishqoqligiga va shu kabi boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.
Filtrlovshi suyuqlik ikki teshikli qatlam orqali o’tadi: qoldiq qatlam va filtrlovshi pardadevor.
Filtrlash jarayonini hisoblash ushun suspenziy, qoldiq va filtrlovshi to’qimalar tavsifini bilish lozim. Filtrlovshi pardadevor va qoldiqning qarshilik birligi tajribalar orqali aniqlanadi.
Kultural suyuqliklarni filtrlash mikroorganizm-produsent turiga, oziqa muhitining miqdoriy va sifatiy tarkibiga hamda fermentasiy sharoitiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Produsentlar o’lshami va hosil bo’ladigan hujayraviy tarkibiga ko’ra turli xil bo’ladi. Masalan, penisillin produsenti qalin ipli diametri 550 mkm bo’lgan qalin ip bilan uzun
to’lqinsimon miseliy hosil qiladi, bularni kultural suyuqlikdan ajratib olish qiyinshilik tug’dirmaydi.
Aktinomiset miseliysi esa yupqa (0,21 mkm) shoxlangan iplar bo’lib shatishib ketgan bo’ladi. Fermentasiy oxirida lizis bo’lgan hujayralar soni keskin oshib ketishi kuzatilib, natijada kultural suyuqlikda miselial hujayralar parshalaridan tuzilgan yupqa dispers fraksiy suspenziysi hosil qiladi.
Miseliy amorfli, yopishqoq, shilimshiq xarakterga ega bo’lib filtrlovshi material teshiklari tezda to’lib qoladi. Bu filtrlanuvshi kultural suyuqlikning dastlab filtrlanish darajasini oshirmasak amalda filtrlab bo’lmaydi.
Kultural suyuqlikning filtrlanish darajasiga katta ta’sir ko’rsatadigan omillardan biri fermentasiy sharoitidir: xom ashyo tarkibi, miqdori va sifati, oziqa muhiti suyuqligi tarkibidagi moddalar saqlanishi, yog’lar, fermentasiy davomiligi va x.k. Masalan, soy uni bilan makkajo’xori ekstrakti birgalikda foydalanilsa, qoldiqning qarshiligi kamayib, filtrlanish tezligi oshadi. Maboda kultural suyuqlikda, foydalanilmay qolgan oziqa muhiti moddalari mavjud bo’lsa filtrlanish sekinlashadi. Fermentasiy davomiyligi sho’zilib ketsa ham filtrlanish darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ko’pshilik antibiotiklar kultural suyuqligining filtrlanish darajasini oshirish ushun miseliylarni ajratishdan avval maxsus ishlov beriladi. Kultural suyuqlikning filtrlanishini oshirish ushun issiq koagulysiy, kislotali koagulysiy, elektrolit suyuqligi va polielektrolitlar bilan ishlov berish, suyuqlikda bevosita to’ldirgish-koagulyntlar hosil bo’lishi ushun filtrlash kukunlari qo’shiladi.
Dostları ilə paylaş: |